Bolaligimizdan bizni ko'p marotaba yuvish sochlarga zarar yetkazishi, to'g'ri parvarish esa soch turmagi hajmini mo'jizaviy ravishda o'zgartirishi mumkinligiga ishontirib kelishadi. Biroq, ma'lum bo'lishicha, ushbu haqiqatlarning aksariyati uydirmadan boshqa narsa emas

  •  
  •  
  •  
  •  

1-uydirma. Sochlar ko’p martta kesilsa, shuncha tez o’sadi

© depositphotos

Sochlar uchidan emas, balki ildizidan o’sgani tufayli kesish o’sish tezligiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bundan tashqari, keng tarqalgan fikrdan farqli o’laroq sochni kal qilib qirdirish sochning qalinligiga ta’ir qilmaydi, chunki har bir insondagi soch piyozchalarining soni genetik asosga ega

2-uydirma. Sochlarning tabiiy quritish fendan yaxshiroq

© depositphotos

Agar sochlaringiz kalta bo’lib, bir necha daqiqada qurisa ularni quritish uchun fendan foydalanish shart emas. Biroq, uzun sochlarni fen bilan quritgan afzal, chunki suv molekulalari soch tarkibiga singib, ulardan keratinni yuvdirib yuboradi va sochlarni sinuvchan hamda quruq qilib qo’yadi.

3-uydirma. Sochlar shampunga «o’rganib qoladi»

© depositphotos

Sochlar ham huddi tirnoqlar kabi o’lik to’qimadan iborat bo’lgani uchun hech qanday «o’rganib qolish» haqida gap bo’lishi mumkin emas. Boshqacha aytganda, agar uzoq vaqt davomida boshingizni bitta turdagi shampun bilan yuvsangiz, sochlar tezroq kirlanishi yoki sekinroq o’sishi mumkin emas – bunga ko’plab omillar ta’sir qilishi mumkin, har holda sochlarning u yoki bu markaga «o’rganib qolishi» emas.

4-uydirma. Quruq bosh terisi — qazg’oqning asosiy sababi

© depositphotos

Bu yerda hammasi aniq teskarisidir. Qazg’oq bosh terisi yog’li odamlarda bo’ladi, shuning uchun bunday muammo yuzaga kelganida kutilganidan teskari ravishda vaziyatni faqat og’irlashtiradigan soch uchun moylarni qo’llashni to’xtatish kerak.

5-uydirma. Sochning ayri uchlarini tiklash mumkin

© depositphotos   © depositphotos

Ayri soch uchlarini maxsus niqoblar yoki moylar yordamida bir oz vaqtga «yashirish mumkin». Biroq, ularni yo’qotish uchun baribir vaqti-vaqti bilan sochlarni kesib turishga to’g’ri keladi.

6-uydirma. Tez-tez tarash sochlarni sog’lomlashtiradi

© depositphotos   © depositphotos

Sochlarni tez-tez tarash teri yog’larini sochlarga taqsimlaydi va ular ancha tez kirlanadi. Biroq, o’z-o’zidan tarash sochlarning salomatligiga hech qanday ta’sir qilmaydi va hattoki, zarar yetkazishi mumkin. Shu bois sochlarni faqat zaruriyat tug’ilganida tarash kerak – ana shunda sochlarga yog’ning kam miqdori taqsimlanadi va ularning iflos bo’lib ko’rinishiga emas, balki yaltirab turishiga yordam beradi.

7-uydirma. To’g’ri parvarish sochlarni qalinlashtiradi

© depositphotos

Sоchlarning qalinligi, huddi soch piyozchalarining soni singari genga bog’liq bo’ladi, shuning uchun hech qanday ta’sir ko’rsata olmaydi. Lekin, parvarish vositalari sochlarga yaxshi hajm berishi mumkin.

8-uydirma. Sochlar qancha ko’p yuvilsa, shuncha yog’liroq bo’ladi

© depositphotos   © depositphotos

Sochlarning rangi, qalinligi va jingalakligi kabi yog’ hujayralari tomonidan ajraladigan yog’ miqdori genga bog’liqdir. Shu bois, sochlarni kam yoki ko’p yuvish, afsuski, ularning ifloslanishi tezligiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Biroq, to’g’ri tanlangan parvarish, yog’ bezlarining ishlashini tartibga solishi mumkin va sochlar sekinroq ifloslanadi.

9-uydirma. Oq soch yulib olinsa, uning o’rnida 2 yoki 3 tasi o’sib chiqadi

© depositphotos

Har bir insonning soch miqdori parvarishga yoki to’g’ri ovqatlanishga bog’liq bo’lmagani sababli, bitta sochning o’rnida bir nechtasi o’sib chiqa olmaydi. Biroq, оq sochlarini yulishning keragi yo’q, chunki bu follikulaga zarar yetkazishi yoki sochning ichkariga o’sishiga olib kelishi mumkin.

10-uydirma. Sovuq suv kutikulani yopib qo’yadi va sochlar silliq bo’lib qoladi

© depositphotos

Soch o’lik to’qimalardan tashkil topgani uchun na sovuq va na issiq suv kutikulaning holatiga qandaydir ta’sir ko’rsatishi mumkin emas.