Rostgo‘ylik, qisqa gapirish, aniq so‘zlash va suhbatdoshni tinglash qobiliyati – yaxshi suhbati garovi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Ularning baridan foydalanish yoki bir nechtasini tanlab olish mumkin. 

Selesta Xedli (Celeste Headlee)
Radioboshlovchi, jurnalist, «Gaplashib olishimiz kerak» kitobi muallifi.

1. Chalg‘imang

Bu bor-yo‘g‘i telefon yoki planshetni olib qo‘yish degani emas. Hozirgi on bilan yashang. Boshliq bilan bo‘lgan nizo yoki kechki ovqatga nima tayyorlash kerakligi haqida o‘ylamang. Suhbatni yakunlashni istasangiz, shunday qiling, fikrlaringiz haqida o‘ylagan holda suhbatlashishda davom etmang.

2. O‘z fikringizni o‘tkazishga harakat qilmang

Agar o‘z fikringizga javob yoki tanqid olishni istamasangiz, blog yuriting. Suhbatni biror nima o‘rganish maqsadida boshlash zarur. Teleboshlovchi Bill Nay aytganidek: “Kim bilan tanishmang, u siz xabardor bo‘lmagan nimanidir biladi”. Suhbatdoshni astoydil tinglash uchun shaxsiy fikrlaringizni chetga surib turishga harakat qiling.

3. Mukammal javob talab etadigan savollar bering

Jurnalistlardan o‘rnak oling. Savollarni “kim”, “nima”, “qachon”, “qayerda”, “nima uchun”, “qanday qilib” so‘zlaridan boshlang. Aks holda suhbatdosh “ha” yoki “yo‘q” deb javob beradi. Voqea yoki hissiyotni tasvirlab berishini so‘rang. Suhbatdosh o‘ylanib qoladi, javob esa qiziqarli bo‘ladi.

4. Suhbat borishini kuzating

Ko‘pincha miyamizga qandaydir fikr keladi va suhbatdoshni tinglash o‘rniga o‘zimiz bergan savol haqida o‘ylashga tushamiz. Savol suhbatdosh aytgan fikrlarni qaytarishi ham mumkin. Aynan shunday holat yuz bermasligi uchun yuzaga kelgan fikrlarni qo‘yib yuborishni o‘rganing. Ular kelib, ketadi, bor-yo‘g‘i ularga “yopishib olmaslik” zarur.

5. Nimanidir bilmasangiz, ochiqchasiga ayting

Radioboshlovchilar efirda o‘zlari bilmagan mavzuning eksperti sifatida fikr bildirmaslik uchun shaxsiy nutqlarini diqqat bilan tinglashlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu qoidaga amal qilishga odatlaning. So‘zlarni havoga uloqtirish yaramaydi. O‘zingizga biroz past baho berib, sug‘urtalangan ma’qul.

6. Tajribangizni suhbatdosh tajribasi bilan taqqoslamang

Suhbatdosh yaqin insonini yo‘qotgani haqida so‘zlasa, siz ham aynan shunday vaziyatni boshdan o‘tkazganingizni aytmang. Ishdagi muammolaridan so‘z ochsa, o‘z boshlig‘ingiz haqida gapirishni boshlamang. O‘z tajribangizni o‘zgalarniki bilan taqqoslash yaramaydi. Muhimi – gap siz haqingizda emas. Qanday ajoyib inson ekanligingiz va nimalarni boshdan o‘tkazganingizni aytib, diqqatni o‘zingizga qaratmang.

7. Qayta-qayta takrorlamang

Bu juda takabburona va zerikarli, biroq hammamiz aynan shunday qilamiz. Ayniqsa, ishdagi suhbatlar va bolalar bilan muloqotlarda bu hol yuz beradi. Fikrimizni to‘liq aytishni istab, uni qayta-qayta takrorlaymiz. Bu odatdan xalos bo‘lishga harakat qiling.

8. Detallarga chuqurlashmang

Suhbat davomida siz eslashga harakat qiladigan aniq sana, familiya va boshqa detallar odamlarni havotirga solmaydi. Bu ularga qiziq emas. Siz qanday inson ekanligingiz, ular bilan umumiy jihatlaringiz qiziqtiradi. Shunday ekan, ortiqcha ma’lumotlar haqida unuting.

9. Tinglang

Bu suhbat uchun eng muhim ko‘nikma. Albatta, o‘zingiz gapirishingiz oson va yoqimli. Tinglash uchun esa quvvat sarflash, harakat qilish zurur. Biroq bu muhim omillarsiz haqiqiy suhbat bo‘lmaydi. Siz bor-yo‘g‘i uzuq-yuluq gaplarni ketma-ket talaffuz etasiz.

10. Qisqaroq qiling

Ushbu jumla mazkur mavzuga oid barcha narsani anglatadi. Mazkur qoidalar bir narsaga borib taqaladi: odamlarga qiziqish bildiring. Suhbatlashing, tinglang va doim hayron qolishga shay turing.