E'tibor bilan qarasangiz, baxtli odamlar xuddi baxtsizlari kabi o'zaro o'xshashligini sezasiz. Aksariyat hollarda bunga o'xshash fikrlash va odatlar sabab bo'ladi.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

E’tibor bilan qarasangiz, baxtli odamlar xuddi baxtsizlari kabi o’zaro o’xshashligini sezasiz. Aksariyat hollarda bunga o’xshash fikrlash va odatlar sabab bo’ladi.

Psixologlar hayoti va shaxsiyati sizga yoqadigan odamni kuzatishni hamda uning hatti-harakatidagi ayrim xususiyatlarni “o’zingizga o’zlashtirishni” masalahat beradilar. Bu yomon narsa emas, aksincha bunday psixologik o’yinning taqlid qilish yoki o’zlikni yo’qotish bilan hech qanday aloqasi yo’q. Hammamiz ham bir oz “ko’zgumiz” va keyinchalik shaxsiyatimizning mutanosib bo’lagiga aylanadigan yaxshi narsani aks ettirganimiz ma’qul.

Lifehaq.uz bizni baxtsiz qila oladigan odatlarni e’tiboringizga taqdim etadi. Ularni o’rganishimiz, so’ngra hayotimizdan chiqarib yuborganimiz ma’qul.

  • Boshqalarga qarab yashash. Atrofdagilar nima deb o’ylashiga yo’nalganlik hamda barchaga yoqish istagi – asabiylik tomon to’g’ri yo’ldir. Tobelik faqatgina begona odamlarning fikriga emas, balki qarindoshlar, do’stlar, yaqinlarning baholashi va qarashlariga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Noxush vaziyatlarga va noqulay istimoslarga “yo’q” deyishni o’rganing. Bu sizning hayotingiz.

Odamlarga “yo’q” deyish hamda bu bilan o’zingni otang, onang, davlating, xalqing va butun insoniyatga hiyonat qilgandek his qilmaslik qobiliyatini eng asosiy ijtimoiy ko’nikmalardan biri deb hisoblayman.
  • Standartlarga mos bo’lishga intilish. Siz noyobsiz, u noyob, barcha noyob! Ruhiy salomatlik va ilgari odimlash uchun o’zingizni faqatgina o’tmishdagi holatingizga taqqoslashingiz mumkin. Siz yaxshiroq, omadliroq va aqlliroqmisiz? Demak, hammasi reja bo’yicha ketmoqda.
  • Kelajakdan qo’rqish. Oldinga harakat qilishni istamaslik hammasi yomon tugashiga oid doimiy hayollar, “yillar o’tib ketganligi” qabilidagi fikrlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. U yoki bu narsani bajarishga qaror qilsangiz, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomon natijani tasavvur qiling. Bu vaziyatda nima qilasiz? Eng yomon voqealar rivojida siz amalga oshiradigan choralarni o’ylab ko’ring va qo’rquv ortga chekinadi.
  • Atrofdagilarni tanqid qilish va ularni tuzatishga urinish. Boshqa odamlarni tanqid qilish va kamsitish ko’pincha hasaddan kelib chiqadi. Psixoterapevtlarning aytishicha, o’ziga ishonmagan odamlar boshqalarga xushomad qilishga qiynaladi – ularning nazdida bu ularni pastga uradi. Atrofdagilarni “qayta andozalash”ga kelsak, baxtli odam begona hatti-harakatlarni qabul qilish yoki masofa saqlashni faqat o’zi uchun qaror qiladi.
  • Odamlarga ishonmaslik. “Ishonma, qo’rqma, so’rama!” – shu va shu kabi boshqa maqomlarni kuchli va mustaqil ayollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o’qish mumkin. Odamlardan muntazam yomonlikni kutish va iltimoslarni aytish uyatli ekanligiga o’zini ishontirish hali hech kimni baxtliroq qilmagan.
  • Hayot adolatsizligiga ishonish. “Arzimagan odamlar ham yaxshi yashaydi. Mendan boshqa hamma” – bu tom ma’noda hayotni zaharlaydigan fikr. Pul yo’q, chunki aloqalar va omad yo’q yoki hammasi bolalikdan boshlangan. Qachonlardir buvingiz pul, bu – yomonlik ekanligiga ishontirgan. Bunday fikrlardan xalos bo’lishda samarali natijaga erishish uchun o’zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qilishingiz (hech bo’lmaganda ma’lum vaqtga) hamda o’z vazifalaringizga diqqatni qaratishingiz, o’zingizni “hozir va shu yerda” qabul qilishingiz zarur.
  • Shikoyat va g’iybat qilish odati. Shikoyat qilish ehtiyoji hayotni yopiq doiraga aylantiradi. Psixologlar oddiy mashqni tavsiya qiladilar – atrofingizda yuz berayotgan barcha yaxshi narsalarni atayin qayd etish. Hayotning ijobiy jihatlariga diqqatni qaratish fikrlashni o’zgartiradi – sinab ko’ring!
  • Hamma narsani nazorat qilish ehtiyoji. Doim shay turish odati hayotni yaxshigina zaharlaydi. Bunday istak ko’pincha boshqa odamlarning hatti-harakatini qabul qilish qobiliyati pastligidan darak beradi. Ehtimol, mutlaq nazorat ixlosmandlari uchun buni o’qish yoqmas, ammo sizning ishtirokingizsiz hayot o’zgarib ketmasligi aniq. Bir oz tin oling va buni o’z ko’zlaringiz bilan ko’rasiz.
  • Ishni ortga surishga intilish. Vaqt qadri – omadli va baxtli odamlarning “sirli” qurollaridan biridir. Ijtimoiy tarmoqlarda muntazam o’tirish, ishlarni ortga surish, davomiy seriallar – bularning bari joriy ishlar hech qanday hursandchilik olib kelmasligidan darak beradi. Demak, hayotda nimanidir o’zgartirish kerak.
  • O’zingizga nisbatan o’ta jiddiy munosabat. “Jiddiy yuz qiyofasi – aqldan darak bermaydi, janoblar. Yer yuzidagi barcha ahmoqliklar aynan shu qiyofa bilan amalga oshiriladi. Kuling, janoblar, kuling!”. Grigoriy Gorinning qalamiga mansub mazkur so’zlar baxtli insonning hayotga bo’lgan yondashuvini yaqqol aks ettiradi.

Xo’sh, o’zingizda shunday odatlardan birini topdingizmi?