Har bir davlatda mukammal o'quv jarayoniga oid tasavvur mavjud bo'lib, ularning orasidagi farq biz kutganimizdan ko'proq bo'lib chiqdi. Dunyoning 10ta davlatidagi maktablarning tuzilishini ko'rib chiqamiz. Maqola oxirida esa sizni bonus kutadi: unda auditoriyalar mavjud bo'lmagan kollej bilan tanishasiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Fransiya

  • O’quv yili: Sentyabr — iyul
  • Dars davomiyligi: Fandan kelib chiqib (55 daqiqadan 2 soatgacha)
  • O’quv haftasi davomiyligi: 5 kun (chorshanba – qisqartirilgan kun)
  • Imtihonlar: Bor
  • Uy vazifalari: Bor

Farq qiluvchi hususiyati: Bu yerda ko’pincha ikkinchi yilga qolgan va sinfda “sakragan” bolalarni uchratish mumkin, shu bois aralash sinflar kamyob hol emas. Maktabda oddiy tanaffuslardan tashqari, tushlikka ikki soatli tanaffus bor: bolalar uyiga borib, oilasi bilan tushlik qilishi mumkin. Maktabda telefondan foydalanish qat’iy taqiqlangan, tanaffuslarni esa bolalar albatta ko’chada o’tkazadi.

2. Yaponiya

  • O’quv yili: Aprel — mart
  • Dars davomiyligi: 45 daqiqa (boshlang’ich sinflar), 50 daqiqa (o’rta va katta sinflar)
  • O’quv haftasi davomiyligi: 6 kun
  • Imtihonlar: Yiliga bir necha marta
  • Uy vazifalari: Yo’q (boshlang’ich maktabda), juda ko’p (o’rta va katta maktabda)

Farq qiluvchi hususiyati:  Darslar ertalabki soat 8-30da boshlanib, kechgacha davom etadi. Aksariyat bolalar yana qo’shimcha o’quvch muassasalariga (dzyuku) ham boradilar; shuningdek yakshanba kunlari ham o’qish normal holat hisoblanadi. Yaponiyaliklar uchun ta’til (20 iyuldan 1 sentyabrgacha, 26 dekabrdan 7 yanvargacha va 25 martdan 1 aprelgacha), bu – yaxshilab …o’qish kerak bo’lgan davr.

3. Isroil

  • O’quv yili: Sentyabr — iyun
  • Dars davomiyligi: Qo’shilgan darslar qo’llaniladi – 90 daqiqa
  • O’quv haftasi davomiyligi: 6 kun
  • Imtihonlar: Bor
  • Uy vazifalari: Yo’q (1-6 sinflarda)

Farq qiluvchi hususiyati: Oraliq bosqichdagi maktablarda o’quvchilar o’zlashtirishi va qobiliyatiga qarab guruhlarga bo’linadi. Bolalar o’rta maktabga tayyorlanadi, o’zlashtirishga bo’lgan talablar ortadi. O’quvchilarning qobiliyatiga qarab, guruhlarda darslar turli darajada o’tiladi.

4. Xitoy

Xitoyda to’g’ri qomat va bel salomatligi juda muhim sanaladi. Shu bois bolalar erta yoshdan qomatini tik tutishga o’rgatiladi.

  • O’quv yili: Sentyabr — iyul
  • Dars davomiyligi: 40 daqiqa
  • O’quv haftasi davomiyligi: 6 kun
  • Imtihonlar: Bor
  • Uy vazifalari: Bor

Farq qiluvchi hususiyati: Ertalab darsdan avval badan tarbiya, 3-darsdan so’ng ko’z uchun mashq o’tkaziladi. Soat 14-00lar atrofida faol harakatli yana bir kunduzgi badan tarbiyasi. Ehtimol, aynan shuning uchun yagona maktab formasi sport kostyumiga o’xshar.

5. Hindiston

  • O’quv yili: Iyul — may
  • Dars davomiyligi: 35 daqiqa
  • O’quv haftasi davomiyligi: 6 kun
  • Imtihonlar: Bor
  • Uy vazifalari: Bor

Farq qiluvchi hususiyati: Hindistonda ota-onalar farzandlarining imtihonda oladigan baholaridan juda tashvishlanadi. Attestatga ega bo’lish hayotda katta imkoniyatlarni ochadi. Shuning uchun imtihonda bolalariga to’g’ri javoblarni aytish uchun maktablarning yuqori qavatlariga deraza panjaralari orqali emaklab chiqayotgan kattalarni ko’p uchratish mumkin.

6. Avstraliya

  • O’quv yili: Yanvar — dekabr
  • Dars davomiyligi: O’qituvchining qaroriga qarab
  • O’quv haftasi davomiyligi: Haftada 5 kun
  • Imtihonlar: 3-sinfdan boshlab har ikkinchi yilda
  • Uy vazifalari: Bor

Farq qiluvchi hususiyati: O’quv yili 4ta chorakka bo’linadi hamda pasxa ta’tili (aprelda 2 hafta), qishki (iyulda 2 hafta), bahorgi (sentyabrda 2 hafta) va yozgi (dekabr-yanvar) ta’tili. Sinf rahbari har yili o’zgaradi va bolalar ham har yili “aralashtiriladi”.

7. Kanada

  • O’quv yili: Sentyabr — iyun
  • O’quv haftasi davomiyligi: 5 kun (juma – qisqartirilgan kun)
  • Imtihonlar: Bor, jumladan doimiy testlar va nazorat ishlari
  • Uy vazifalari: Majburiy emas
  • Dars davomiyligi: 85 daqiqa

Farq qiluvchi hususiyati:  O’quv kuni soat 8-15da boshlanadi, ammo bu barcha uchun majburiy vaqt emas. Soat 8-15dan to 8-45gacha – o’qituvchi bilan shaxsiy muloqot vaqti bo’lib, bunda savollar berish yoki muammolarni muhokama qilish mumkin. Agar muammo va savollar bo’lmasa, ko’proq uxlash mumkin.

8. Ispaniya

  • O’quv yili: Sentyabr — iyun
  • Dars davomiyligi: 45 daqiqa
  • O’quv haftasi davomiyligi: 5 kun
  • Imtihonlar: Bor
  • Uy vazifalari: Yo’q

Farq qiluvchi hususiyati: Maktabda 2ta til o’rgatiladi: ingliz tili va hududga (Kataloniya, Valensiya, Galisiya, Basklar mamlakati) qarab ikkinchi rasmiy til. Chet tili yaxshiroq o’zlashtirilishi uchun faqat shu tilda o’tiladigan darslar mavjud. Masalan, ingliz tili darsidan tashqari, shu tilda o’tiladigan “qo’l mehnati”, katalon tilidan tashqari esa, shu tilda o’tiladigan “atrofdagi olam” darsi mavjud.

9. Finlyandiya

  • O’quv yili: Avgust — may
  • Dars davomiyligi: O’qituvchining qaroriga qarab
  • O’quv haftasi davomiyligi: 5 kun
  • Imtihonlar: Yo’q
  • Uy vazifalari: Deyarli yo’q

Farq qiluvchi hususiyati: 2020 yilda odatiy tushunchadagi darslardan voz kechish rejalashtirilgan. O’quv kuni darslarga bo’linmaydi, ular o’qituvchining qaroriga qarab bir nechta fanni birlashtira oladigan yagona fanga o’zgartiriladi. Masalan, ekologiyani iqtisod va siyosat bilan birlashtirish mumkin. O’quvchi jarayonga maksimal darajada jalb etilishi uchun bitta dars 3 soat atrofida kichik tanaffuslar bilan davom etadi.

10. Italiya

  • O’quv yili: Har yili ob-havo va hududga qarab o’zgaradi
  • O’quv haftasi davomiyligi: 5 kun
  • Imtihonlar: Bor
  • Uy vazifalari: Yo’q
  • Dars davomiyligi: 50–55 daqiqa

Farq qiluvchi hususiyati: Bolalar albatta maktabni 2 marta alishtiradilar – ular boshlang’ich maktabdan keyin yana 1-sinfdan boshlanadigan o’rta maktabga o’tadilar. Bitiruv oqshomlari o’rniga “professor bilan kechki taom” o’tkaziladi. Sinf yaxshi restoranda kechki taom tashkil qilib, professorlarni taklif qiladi. Bunday kechki taom uchun o’quvchilar pul to’laydi, bu pulni ota-onadan so’rash mumkin emas (maqsad – bolalar katta bo’lganini ko’rsatish).

Bonus: ta’lim tizimiga yangicha nigoh

Kopengagendagi Orestad kolleji ham ichkaridan, ham tashqarida haqiqiy san’at asaridir. Maktabning auditoriyalari shartli ravishda bo’lingan – jami 5 qavat yagona ochiq maydon bilan tutashgan bo’lib, bu jarayonni tepadan pastga qarab kuzatish imkonini beradi. Auditoriyalar o’rniga maydoni, tovush izolyatsiyasi va yorug’ligi bo’yicha turli zonalar tashkil etilgan. Shu tariqa, o’qituvchilar va o’quvchilar bitta fan uchun eng mos va qulay sharoitni tanlashlari mumkin.