Miya – odam organizmidagi eng sirli organlardan biri. Quyidagi faktlar u haqida ko'proq bilib olishingizga yordam beradi.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Miya og’riqni his qilmaydi

Tatiana Ayazo / rd.com

Neyrojarrohlar miyada narkozsiz jarrohlik amaliyotini qanday o’tkazishi haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Shunchaki miyada og’riq retseptorlari bo’lmaydi. Lekin ular miya qobig’i va qon tomirlarida mavjud. Shu bois, bosh og’rig’ini his qilganimizda miyaning o’zi emas, balki uning atrofidagi to’qimalar og’riydi.

2. Miya uxlaganimizda faolroq ishlaydi

Tatiana Ayazo / rd.com

Miya ishlash jarayonida hosil qiladigan elektr maydonlarini elektr-ensefalografiya (EEG) usuli yordamida bosh terisining yuzasida o’lchash mumkin. Bizga uyqu vaqtida miya o’chgandek tuyuladi, ammo aslida u kunduzgiga nisbatan faolroq ishlaydi. Odam uyg’oq paytida miya alfa va beta to’lqinlarni hosil qiladi. Uyqu, ayniqsa uning boshlang’ich bosqichlarida, esa teta to’lqinlar yuzaga keladi. Ularning amplitudasi boshqa to’lqinlarinikiga nisbatan kattaroq.

3. Miya hujayralari – faqat neyronlar emas

Tatiana Ayazo / rd.com

Bitta neyronga o’nga yaqin glial hujayralar to’g’ri keladi. Ular neyronlarga ozuqa moddalari va kislorodga to’yinish imkonini berib, ularni bir-biridan ajratib turadi hamda metabolik jarayonlar va asab impulslarini uzatishda ishtirok etadi.

4. Sevib qolganlik holati fMRT-suratlarda ko’rinadi

 Tatiana Ayazo / rd.com

Kimlardir uchun sevib qolganlik holati – shunchaki hayol, ammo miyaning fMRT-suratlari buning aksini isbotlaydi. Bunday holatdagi odamlarda miyaning zavqlanish bilan bog’liq sohalari faol bo’ladi. Suratlarda yoqimli hislarni chaqiruvchi neyromediator, ya’ni dofamin mavjud bo’lgan joylarning “yonishi” ko’rinadi.

5. Miya o’rtacha lampa yonishi uchun yetarlicha elektr ishlab chiqaradi

Tatiana Ayazo / rd.com

Stenford universiteti olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, ongi bo’yicha inson miyasi bilan taqqoslab bo’ladigan protsessorga ega robotning to’laqonli ishlashi uchun kamida 10 megavatt elektr energiyasi kerak bo’ladi. Bizdagi neyronlar esa kun davomida elektr lampasini yoqishga yetadigan energiya ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, miya eng aqlli kompyuterlardan ham ancha tezroq ishlaydi.

6. Miyaning 60 foizi yog’lardan iborat

Tatiana Ayazo / rd.com

Miya – eng ko’p yog’lar saqlanadigan organdir. Shu bois, uning sog’lom bo’lishi uchun foydali yog’larga (omega-3 va omega-6) boy parhez zarurdir. Ular miya hujayralari devorlarini mustahkamlab, yog’da eruvchan vitaminlarni tashiydi va saqlaydi. Bundan tashqari, yog’lar yallig’lanishni kamaytirib, immun tizimining to’g’ri ishlashiga yordam beradi.

7. Asab hujayralari yashashi uchun kislorod va glyukoza zarur

Tatiana Ayazo / rd.com

Bu moddalar inson miyasining ishlashi va tirik qolishi uchun zarurdir. Agar miya 3-5 daqiqa davomida yetarlicha kislorod yoki glyukoza olmasa, unda qaytarib bo’lmas shikastlanishlar kuzatiladi. Qizig’i, o’lim deyarli hech qachon bir zumda yuz bermaydi. Hattoki, odamning boshi tanasidan judo etilgan bo’lsa ham, miya yana bir necha daqiqa, to hujayralarida kislorod va glyukoza tugamagunicha o’lmaydi.

8. Miyaning xotira hajmi deyarli cheklanmagan

 Tatiana Ayazo / rd.com

Juda ko’p bilish yoki saqlashga joy topilmaydigan darajada ko’p yangi axborotga ega bo’lish mumkin emas (ammo, uzoq majlislardan so’ng aynan shunday tuyuladi). Bizning miyamizda, kompyuterlar va telefonlardan farqli o’laroq, joy hech qachon tugab qolmaydi. Biroq, yetarlicha uxlamaslik kabi ayrim holatlar ma’lumotlarni yodda saqlab qolish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

9. “Foydalan yoki yo’qotasan” qoidasi miyaga ham tegishli

Tatiana Ayazo / rd.com

Biz turli ta’lim yo’nalishlari va yangi taassurotlar yordamida kognitiv zahiramizni yoki miyaning tug’ma qayta tiklanish qobiliyatini kengaytira olamiz. Isbotlanishicha, kognitiv zahirasi nisbatan rivojlangan odamlar kutilmagan holatlarda yaxshiroq yengib o’tadi. Biroq, miyadan foydalanmasak, bu zahira qisqarib boradi.

10. Qisqa muddatli xotira 20-30 soniyaga yetadi

Tatiana Ayazo / rd.com

Birozga chalg’iganimizdan so’ng, aytmoqchi bo’lgan narsamizni nima uchun unutishimiz haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Bu holat miyaning xotirada kichik hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish qobiliyati bilan bog’liq. Miya bu ma’lumotni tezkor foydalanish uchun saqlab qo’yadi, ammo faqat 20-30 soniya davomida. Masalan, sonlar xotirada o’rtacha 7,3 soniyaga, harflar esa – 9,3 soniyada saqlanib qoladi.