To'g'ri tanlangan so'zlar ishonch va jamoa ruhiyatini oshiradi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Boshqaruvchilar uchun mo’ljallangan maxsus adabiyotlarda ko’pincha yozilishicha, ishonch, bu – jamoa a’zolarini tog’larni talqon qilishga undashi mumkin bo’lgan kuch. Biroq, ushbu nozik jihatni ishdagi munosabatlarga qanday joriy etish doim ham tushunarli emas.

Biznes-murabbiy Marsel Shvantes 10ta gapni taklif qiladi. Bu gaplardan foydalangan holda jamoadagi ishonchni oshirasiz hamda uning barcha a’zolari bilan munosabatlarni yo’lga qo’yasiz.

Marsel Shvantes
Biznes-murabbiy, Leadership From the Core kompaniyasining direktori va asoschisi.

1. Bu mening xatoim

O’z xatolaringiz va kamchiliklaringizni ochiq tan olish sizga nisbatan ishonchni oshiradi. Umuman olganda xato qilishi mumkin bo’lgan oddiy odamlar biz uchun ko’proq jozibaga ega, mukammallari esa cho’chitadi.

2. Bu ishing qanchalar muhimligini aytishga til ojiz

Boshqalar tomonidan vazifa murakkabligining tan olinishi insonning g’ayratini oshiradi. Shuning uchun hamkasblarga ularning umumiy ishga qo’shgan hissasi e’tiborsiz qolmaganini ko’rsatish kerak. Ularning mehnatini maqtang, ammo xushomadni aniq faoliyat turiga bog’laganingizga ishonch hosil qiling. Masalan:

“Sizning murabbiylik bo’yicha qo’shimcha ishingiz jamoa uchun qanchalar katta ahamiyat kasb etganini so’z bilan ifodalay olmayman. Yangi ishchilar o’rganib ishga tushundilar va bo’lim unumdorligini oshirdilar”.

3. Buni qanday uddalaganing menga yoqdi

Siz insonni shunchaki maqtamaysiz, balki uning murakkab vazifani yechishga yordam bergan yetakchilik sifatlari yoki xarakteri jihatlarini qayd etasiz. Shu yo’l bilan jamoada begonalarning xizmatini ma’qullash madaniyatini joriy etasiz va kompaniyani ish uchun qulay maskanga aylantirasiz.

Masalan, quyidagilarni aytishingiz mumkin:

“O’tgan haftada ishlarning qanday qilib uddasidan chiqqaning va o’sha payt o’zingga bo’lgan ishonching menga yoqdi. Shu tufayli odamlar sarosimaga tushib, bir-birini ayblash o’rniga muammoni hal qilish uchun birlashdilar”.

4. Menga maslahat bera olasanmi?

Odamlar mas’uliyatsiz bo’lganlari uchun maslahat so’raydilar, degan yanglish tasavvur mavjud. Biroq, tadqiqotlar buning aksini ko’rsatmoqda. Savollar beradigan odamlar ish faoliyatida ko’proq tajribaga egadek ko’rinadilar.

5. Seni ko’rganimdan hursandman

Bu gap ko’pincha navbatchi salomlashish sifatida ishlatiladi, lekin samimiyat bilan quvnoq ohangda aytilganida samara beradi.

“Siz ahamiyatlisiz, men ishtirokingizni qadrlayman”,

– degan gaplarni eshitgan suhbatdoshning kayfiyati ko’tariladi.

6. Sening fikringga ishonaman

Ishonch, bu – ikki tomonlama harakatlaniladigan ko’cha. Jamoa sizning g’oyalaringiz, fikrlaringiz, asoslaringizni qabul qilishi uchun undagi a’zolarning mas’ul ekanligiga ishoning. Keyingi safar kimdir loyihani rivojlantirish bo’yicha o’z yo’lini taklif qilganida shunchaki quyidagini ayting:

“Men sening fikringga ishonaman, keling shu usulni sinaymiz va qayergacha borishimizni ko’ramiz”.

7. Kuning (yoki hafta) qanday o’tdi?

Mazkur ilhombaxsh savol suhbatni ijobiy tomonga burib, suhbatdoshga o’zini o’ylantirgan masalani bo’lishish imkonini beradi.

8. Sensiz buni uddalay olmasdim

Bu gap insonga rahmat aytishning eng yaxshi usuli, ayniqsa, uning mehnati natijasi sizga ham qo’l kelgan bo’lsa. Rahmatni ommaviy, hamkasblar oldida ayting, chunki u bunga loyiq.

9. Qanday yordam bera olaman?

Ishning yakuniy muddati yaqinlashib kelayotgan va stress darajasi tobora ortayotgan bir paytda bu so’zlar tog’larni talqon qilishi mumkin. Shu gap orqali jamoa siz uchun shunchaki oddiy so’z emasligini va bir-biringizni qo’llay olishingizni namoyon etadi. Mazkur savol qanchalar ko’p aytilsa, jamoada o’zaro yordam va ko’mak madaniyati shunchalar mustahkam bo’ladi.

10. Menga …. haqida aytib bering

Odamlar o’zlari haqida gapirishni yaxshi ko’rishadi. Ularning voqeasiga e’tibor qaratish orqali o’ztangizdagi aloqani yanada mustahkamlaysiz. Bunda o’z vaqtida berilgan savollar sizni ochiq va qiziquvchan inson sifatida ta’riflaydi. Tadqiqotlarga ko’ra, jamiyatning qiziquvchan vakillari aloqalarni osonroq yo’lga qo’yadi.

Albatta, juda shaxsiy savollar bundan mustasno. Gapning mantiqiy yakuni sifatida

“Bu loyiha seni nimaga qiziqtirayotganini aytib ber, men seni ilhomlantirayotgan narsa haqida ko’proq bilmoqchiman”

– deyish mumkin.