Turli tadqiqotlarga ko'ra, sayyoramiz aholisining qariyb 40 foizi g'ayrioddiy hodisalarga ishonadi. Aynan shu sababli siz uchun g'ayrioddiylik bilan bog'liq bo'lgan, ammo ilmiy nuqtai nazardan oson izohlanadigan 10ta voqea va hodisani jamladik. Keyingi safar soyalar, poltergeyst va ruhlardan qo'rqishdan avval hamma narsaga ilmiy izoh borligini eslang.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Ruhlar yashaydigan uylar

1921 yil, London. Lorenlar oilasi shahar chetidagi eski uyga ko’chib o’tadi. Bu uy ularga xolasidan meros bo’lib o’tgan va shu ondan boshlab ularning hayoti haqiqiy dahshatga aylangan. Uyda doim kimningdir oyoq tovushlari, mebellar ko’chishi yuz berardi. Bolalarga tushunarsiz nimadir hujum qilardi. Uy bekasi esa tunlari qandaydir notanish ayol unga qarab turgani uun uyg’onib ketardi. Hamma qo’rquv iskanjasida, bosim ostida va mutlaqo kuchsiz edi.

Fan: Nosoz isitish qozoni dahshatlarga sabab bo’lgan. Qurilma tutunni dudburonga ko’tarish o’rniga, uyni to’ldirgan. Oila gazdan zaharlangan.

2. Harakatlanuvchi buyumlar

1853 yilda 4 nafar shifokor ruhlarni chaqirish bo’yicha spiritik seans o’tkazish orqali mashhur fizik Maykl Faradeyning ideomotor ta’sirga oid tajribasini tasdiqlashga qaror qilganlar. Sinovdagi odamlardan diqqatini jamlashni so’rab, hozir ularning oldida turgan stol chapga surilishini aytganlar. Stol chindan ham harakatlangan va parvoz qila boshlagan.

Fan: Avval ishtirokchilarning yarmiga stol chapga ko’chishi, qolgan yarmiga esa o’ngga ko’chishi aytilgan. Va stol harakatlanmagan. Biroq, hammaga stol chapga harakatlanishi aytilganida, u hattoki ucha boshlagan! Bunda ideomotor ta’sir, ya’ni stolni ko’tarish uchun mushaklarimizni beixtiyor harakatlanishga majbur qilgan ishonch kuchi ishga tushgan.

3. O’limdan keyingi hayot


 © Automatik Entertainment  

Bu voqeani tibbiyot fanlari doktori A.V. Gnezdilov so’zlab bergan. Jarrohlik amaliyoti vaqtida bemor ayolning yuragi to’xtab qolgan. Uni hayotga qaytarganlar. Ayol shifokorga qandaydir kuch uni tanasidan itarib chiqarganini va shu zahoti onasi va qizi bilan xayrlasha olmaslik hissi uni qo’rquvga solganini aytgan. Shu payt uning ongi bir zumda o’zgarib, uyida bo’lib qolgan. U onasi to’qib o’tirganini, qizi esa o’ynayotganini ko’rgan. Shu payt qo’shni ayol qiziga ko’ylak olib kirgan. Qizaloq uning yoniga yugurib ketayotganida finjonni turtib yuborgan. Finjon yerga tushib singan va qo’shni ayol “Hammasi yaxshilikka” degan.

Gnezdilov bemor ayolning qarindoshlaridan xabar olgan. Ma’lum bo’lishicha, jarrohlik vaqtida ularnikiga chindan ham qo’shni ayol ko’ylak olib kirgan va finjon singan.

Fan: Doktor Styuart Xameroff va fizik Rodjer Penrouzning fikricha, ongimiz miya hujayralaridagi mikronaychalarda yashaydi. Bu hujayralar kvant axborotga ishlov berish uchun mas’uldir. Klinik o’lim yuz berganida ana shu kvant axboroti miyani tark etadi, ammo mavjudlikda davom etadi. Aynan shuning uchun biz yo’lak oxiri va tana uzra parvoz to’g’risidagi voqealarni eshitganmiz.

Ta’kidlash kerakki, boshqa aksariyat olimlar bu nazariyaga mutlaqo rozi emas.

4. Ko’zgudagi ruhlar va g’alati akslar

Bu voqea 2005 yilda yuz bergan. Yosh qiz o’z aksini noto’g’ri ko’rinishda hamda vanna qabul qilish chog’ida doimiy kulrang soyalarni ko’ra boshlagan. U suv isitgichi bilan yuz bergan holatni aniqlamagunicha hatti-harakati bilan hammani qo’rqitar va chindan aqldan ozayotgan edi.

Fan: Uyni is gazi bilan to’ldirgan nosoz suv isitgichi tufayli paranormal faollik yuzaga kelgan. Gaz mutlaqo rangsiz bo’lib, uni aniqlash deyarli imkonsiz. Lekin u juda xavfli. Gazdan zaharlanish ko’ngil aynishi, xolsizlik, ong chalg’ishi, gallyutsinatsiyalar paydo bo’lishi va oxir-oqibat o’limga olib keladi.

5. Kulrang soyalar

2006 yilda mashg’ur olim Vik Tendi bir kuni kechqurun o’z laboratoriyasida uni kuzatib turgan g’alati soyalarni ko’rib qolgan. Qandaydir kulrang va shaklsiz narsa asta yaqinlashar, qimirlar va ko’zga qarab turib, birdan g’oyib bo’lgan.

Fan: Britaniyalik olim Vik Tendining laboratoriyasida o’rnatilgan ventilyator inson qulog’i eshita olmaydigan past chastotalarda dahshatli shovqin chiqargan. Tovush to’lqinlarining chastotasi 18,98 Gs bo’lib, bu odamning ko’z soqqasi harakatlanishi chastotasiga deyarli teng. Biroq, nima uchun bu “rezonanslar” qandaydir shakllarga kirishi noma’lum bo’lib qolgan.

6. Ommaviy sarosima


© New Line Cinema 

Bangladeshning Gazipur shahrida 2003 yilning yozida tikuv fabrikasining 3000 nafar ishchisi ish tashlash e’lon qilgan. Bunga oylik maoshi yoki ish jadvali  sabab bo’lmagan: ishchilar xojatxonadagi hujumkor ruhni yo’qotishni talab qilganlar.

Fan: Ishchilarda ommaviy sarosima yuz bergan. Bu kuchli stress holatida (ishda jiddiy yuklama bo’lgan taqdirda) ommaviy tasavvurlarga bog’liq ruhiy hodisa. “Ruh0 ”3000 nafar ishchidan atigi bir nechta odamni qo’rqitgan. G’alayonni ko’targan ayol esa uni umuman ko’rmagan. Biroq, yomonlashib borayotgan salomatligiga yovuz ruhni sabab qilib ko’rsatgan, xullas vaziyat juda mos kelgan va ommaviy sarosimaga sabab bo’lgan.

7. Arvoh ovchilari


© Warner Bros. Television

O’zlarini arvoh ovchilari deb nomlovchi odamlarning barchasi ionlar hisoblagichlaridan foydalanadi. Ularning fikricha, aynan ionlarning soni paranormal holatning mavjudligini ko’rsatadi. Ularning aytishicha, ayrim ruhlar atmosferadagi ionlar sonini shunchaki o’zgartirsa, boshqalari (yovuzlari) odamlarni qo’rqitish uchun ionli quvvatdan oziqlanadi.

Fan: Aslida atmosferada ionlarning mavjud bo’lishiga ko’plab omillar, jumladan ob-havo, quyosh radiatsiyasi va boshqa tabiiy hodisalar sabab bo’ladi.

E’tiborlisi, ionlar quvvati odamlarning kayfiyatiga ta’sir qiladi. Xususan, manfiy ionlar xotirjamlik taqdim qilsa, musbatlari – charchoq va hattoki bosh og’rig’iga olib kelishi mumkin. Natijada, “ruhlar yashaydigan” uylarda odamlar o’zlarini noqulay his qiladilar.

8. Eski suratlardagi ruhlar

Bu suratning tarixi ancha oddiy. Qachonlardir 1950-yillarda texaslik Kuperlar oilasi yangi uyga ko’chib o’tgan. Uy egasi stol atrofida to’planganlarni suratga olishga qaror qilgan. Aytishlaricha, chapdagi figura – tushlikka kirib qolgan eski uy egasi emish.

Fan: Bu suratning aslligi isbotlanmagan. Biroq surat qo’rqinchli, to’g’rimi? Internet ham aynan shunday qo’rqinchli holatlar bilan to’lib-toshgan. Lekin, bunday narsalarga so’zsiz ishonishdan avval bugungi kunda fotoshop qanchalik keng tarqalganini eslab ko’ring. Ishonchimiz komilki, hattoki Paint yordamida ham yaxshigina chizish mumkin. Shuningdek, eski suratlarda kamchiliklar doim kam ko’rinadi.

Linzaga tushib qolgan chang zarralari yoki kameraga juda yaqin turib qolgan kichik hasharotlar ham suratga ortiqcha noaniq aylana hosil bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari, chaqnoq yordamida aylana yorishib turadi. Rostan ham ruhga o’xshaydi.

9. Ruhlar tushirilgan zamonaviy suratlar


© pexels

Fan: Bunday suratlarni hamma olgan bo’lsa kerak. Parapsixolog Pamela Xitning fikricha, bunday dumaloq sferalar paydo bo’lishiga ko’plab omillar, jumladan ingichka soch, iflos yoki nam linza, linzaning aks etishi, suratga olish chog’ida harakatlanish, shuningdek yomg’ir yoki qorning noodatiy tomchilari sabab bo’lishi mumkin.

Ma’lumot uchun: Syurix universiteti qoshidagi kasaxona neyrofiziologi Brugger g’ayrioddiy hodisalarga guvoh bo’ldim deb o’ylagan aksariyat bemorlarda miyaning o’ng pallasi yetakchilik qilishiga e’tibor qaratgan. Aynan shu yarimshar yuzlarni tanish, kreativ fikrlashning ma’lum turlari, vizual tasvirlar, musiqa va boshqalar uchun javob beradi.

10. Ruhlardan sovuq ufuradi


© New Line Cinema 

G’ayrioddiy hodisalar muxlislarining fikricha, ruhlarga quvvat kerak bo’lganida ular issiqlikni atrofdagi buyumlar (jumladan odamlar)dan so’rib olar ekan. Aynan shunday nuqtalar sovuq deb nomlanadi.

Keling, o’zimizni qo’rqinchli, bo’m-bo’sh joyda turgandek tasavvur qilaylik va birdan havo tobora sovib boradi. Biroq, bir necha qadam tashlasak, havo yana isiydi. Ortga bir qadam – sovuq. Haqiqatdan ham qo’rqinchli.

Fan: Olimlar ana shunday “sovuq” joylarni o’rganish chog’ida ko’pincha dudburon yoki shunchaki deraza borligini aniqlaydilar. Havo shular orqali uyga kiradi. Xullas, hammasiga maishiy yelvizak aybdor. Biroq, uyda na ochiq deraza, na dudburon bo’lmagan hollarda ham konveksiya mavjud: ayrim buyumlar haroratni muvozanatga keltirish uchun boshqa buyumlar bilan issiqlik almashadi. Aynan shu aylanayotgan havo “arvoh” bilan bog’lanadi.