Tejamkorlik – moddiy farovonlikning muhim tarkibiy qismidir. Daromadlarni nazorat qilmay turib, jiddiy xaridni amalga oshirish va investitsiya uchun pul to'plashning imkoni yo'q. Biroq, kamtarona hayot kechirishga intilishda chegaradan chiqmaslik muhim. Ortiqcha tejamkorlik befoyda bo'lib chiqishidan tashqari, teskari natija, ya'ni kambag'allikka olib kelishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Quyida o’ta ketgan tejamkorlik moliyaviy maqsadlaringizga erishishga qanday to’sqinlik qilishi mumkinligiga oid 10ta misolni keltiramiz.

1. Siz ko’proq vaqt sarflaysiz



Tejamkorlik ko’p vaqt talab etadi, bu orada aynan shu vaqt muvaffaqiyatga erishish yo’lida sarflanishi mumkin. O’ta tejamkor odamlarning tashqaridan odam yollab qilish mumkin bo’lgan ko’plab odatiy ishlarni bajarishiga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda oqilona yo’l tutib, uzoq muddatli istiqbolda foydaga erishish uchun biroz pul to’lagan ma’qul.

Masalan, mayda ta’mirlash ishlari yoki mebelni yig’ish uchun biroz haq evaziga professional odamni yollash mumkin. Tejalgan vaqtni esa ishga yoki yangi ko’nikmani egallashga sarflasa bo’ladi. Natijada sarflangan pul samarali qoplanadi.

2. Siz ko’proq kasal bo’lasiz



Yeguliklar, maishiy kimyo va gigiyena vositalarida ortiqcha tejamkorlik salomatligingizga zarar yetkazishi mumkin. Natijada ko’proq pul sarflaysiz. Muvozanatlangan ovqatlanishning asosiy tamoyillariga rioya qiling va olayotgan mahsulotlarning tarkibini diqqat bilan o’qing.

3. Arzon narsalarni tez-tez yangilashga to’g’ri keladi



Aksariyat holatlarda eng arzon texnika, kiyim, poyabzal yoki mebelni tanlamagan ma’qul. Odatda, eng yaxshi tovarlar narx va sifat o’rtasidagi nisbat bo’yicha eng arzoni emas, ammo shu bilan birga eng qimmati ham emas. E’tiboringzni faqat narxga emas, balki tovarning materialiga, shuningdek boshqa xaridorlarning fikriga qarating.

4. Ko’pincha firibgarlarning qurboniga aylanasiz



Odamlar ko’pincha tejab qolish istagi tufayli firibgar-riyeltorlar yoki nosoz avtomobillarning sotuvchilariga aldanadilar. Agar kimdir sizga o’ta past narxda xizmatlar yoki tovarlarni taklif qilayotgan bo’lsa, buni yaxshilab tekshirib ko’rish kerak. Ehtimol, sinalgan sotuvchi yoki vositachiga murojaat qilgan ma’qulroq bo’lar.

5. Siz sifatli axborotga ega bo’lmaysiz



Moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun doim nimanidir o’rganish darkor. Biroq, sifatli ta’lim kursi yoki treningni bepul olishning iloji yo’q. Agar iloji bo’lsa ham, bunday kurslarni izlashga juda ko’p vaqt sarflaysiz. Bu ko’nikmani egallashga ketkazgan vaqtingiz davomida allaqachon kerakli kursni xarid qilib, olingan bilimlarni hayotga tatbiq etishga ulgurgan bo’lardingiz.

Pul va vaqtning barcha bilvosita sarflanishi hisobga olinsa, bilim bepul bo’lmaydi degan xulosaga kelish mumkin.

6. O’zingizni muloqotdan mosuvo qilasiz



Yaxshi tanishlar – muvaffaqiyatga erishishning yana bira muhim jihati. Biroq ortiqcha tejamkorlik ijtimoiy yakkalanishga sabab bo’ladi. Amaliyotning ko’rsatishicha, bu holat qo’shimcha harajatlarga sabab bo’ladi.

Ko’pincha foydali tanishuvlar kutilmagan joylar va vaziyatlarda yuz beradi. Lekin do’stlar bilan sayohatga chiqish, kinoga borish yoki kurslarga yozilish uchun biroz pul sarflashga to’g’ri keladi.

7. Sizda ish uchun vaqt va kuch qolmaydi



Tejamkorlik sohasida muntazam tashvish chekish odamni ma’nan charchatadi. Bundan tashqari, tejab qolishga qat’iy intilish orqali o’zingizni ko’plab hursandchiliklardan chetlashtirasiz. Bu holat doimiy stressga olib keladi, natijada ish va rivojlanish uchun na kuch, na vaqt qolmaydi. Ta’lim olish va daromadning yangi manbalarini izlashga doim vaqt ajrating.

8. Ziqnalikka ziqnalik bilan javob qaytaradilar



Atrofdagilar bilan munosabatlardagi ziqnalik – nochorlikning yana bir sababidir. O’ta tejamkorlik oqibatida boshqalarga juda sodda narsalarni sovg’a qilasiz, ba’zida esa bayramlarni umuman e’tiborsiz qoldirib, qarz berishni va yaqinlarga yordam qilishni butunlay to’xtatasiz. Sizga ham yordam kerak bo’lganida odamlar huddi shunday javob qaytarishiga tayyor turing.

9. Arzonlashtirilgan sotuvlarga ortiqcha qiziqasiz



Arzonlashtirilgan sotuvlar – dohiyona ixtiro. Faqat iste’molchilar emas, balki sotuvchilarning o’zlari uchun. Odamlar turli aksiyalar davomida odatiy narxlardagi xaridlarga nisbatan ko’proq pul sarflaydilar. Ba’zan yorliqdagi o’chirilgan narx yoki “aksiya” so’zi osongina e’tiborni chalg’itadi va xaridor mahsulotni aksiyadagi qiymati emas, balki odatiy narxida sotib oladi.

10. O’ta tavakkal investitsiyalarga qo’l urasiz



Investitsiyalarda tejab qolishni ko’zlagan odamlar, odatda o’ta tavakkal moliya vositalarini sotib olishi isbotlangan. Bundan tashqari, bunday odamlar boshqalarga nisbatan ko’proq moliyaviy piramidalar va boshqa firibgarlik sxemalarining qurboniga aylanadi.

Yuqori tavakkalga ega bo’lgan aktivlarga faqatgina investitsiya portfelingizning kichik bir qismini tashkil qiladigan mablag’ni tikish mumkin.

Nima deb o’ylaysiz, oqilona tejamkorlik va ziqnalik orasidagi chegara qayergacha chizilgan? Ortiqcha tejamkorlikka oid misollaringiz bormi? Bu haqida sharhlarda so’zlab bering.