Odamlar hanuzgacha onlayn tanishuvlarga turlicha munosabatda bo'lishiga qaramay, deyting-servislar (tanishuv xizmatlari) tobora ommalashib bormoqda. Buning sababi oddiy: ularning yordamida istalgan millatga mansub, istalgan yosh va maqomdagi odamlar bilan muloqot qilish yordamida o'xshash qiziqishlar va didli insonni topish imkoniyatlarini bir necha barobarga oshirish mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Deyting-servisda normal erkak bilan tanishish u qadar qiyin emas: muhimi sizga kim kerakligini hech bo’lmaganda taxminan tasavvur qilish va o’nlab nomzodlarni chig’iriqdan o’tkazishga tayyor turish kerak.

«Fotostrana» (“Fotomamlakat”) ko’ngilochar ijtimoiy tarmog’ining psixologi va injil bo’yicha mutaxassis tanishuv saytlarida esankirab qolishga yo’l bermaydigan o’nta maslahat bilan bo’lishmoqda.

Suratlarga e’tibor qarating

Statistika bo’yicha, erkaklar birinchi xabarni jo’natishdan avval ayolning shaxsiy sahifasidagi ma’lumot bilan kamdan-kam tanishadilar. Ularga notanish go’zalning suratlarini tomosha qilish qiziqroq va bu erkaklar ko’zi bilan sevadi iborasini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bois kulib turgan yuzingiz yaxshi ko’ringan, sevimli ishingiz bilan mashg’ul bo’lgan suratlarni tanlang. Tashqi qiyofani yaxshilash uchun grafik redaktorlar va filtrlarni ishlatmang. Shuningdek, cho’milish va ichki kiyimlarda tushgan suratlarni joylashtirish noo’rindir: ular, albatta, e’tiborni tortadi, ammo ular yaxshi niyatli erkaklar bo’lishi haqiqatdan yiroq.

Noodatiy qiziqishlaringizni ko’rsating

Aksariyat anketalar bir xil shaklda yozilgan bo’ladi: “Men mehribon, yaxshi insonman, yaxshi ovqat pishiraman va uy ishlarini qilaman, bolalar va jonivorlarni, shuningdek filmlar ko’rish, musiqa tinglash va sayohatni sevaman”. Agar barcha ko’rsatkichlar bo’yicha sizga mos keladigan erkakni topish niyatida bo’lsangiz bu algoritmni o’zgartirishingiz zarur. Agar ashaddiy sayyoh bo’lsangiz, sevimli erkak bilan birga Rimda ottirilgan tong va Sikstin kapellasiga tashrif haqidagi oruzingizni tasvirlashdan erinmang.

Kamchiliklarni ustunlikka aylantiring

Tanishuvlar saytlaridagi anketalarni o’qir ekansiz deyting-servislarning barcha foydalanuvchilarini haqiqiy farishta deb o’ylaysiz. Biroq, bu yolg’on: hech kim mukammal emas. Anketani to’ldirayotganda nafaqat ijobiy, balki salbiy tomonlaringizni ham eslang, kamchiliklaringizni yoqimli jihatlar sifatida ko’rsatishga harakat qiling. Tasavvur qilaylik, siz o’ta qiziqqonsiz va ba’zan o’ylamay gapirasiz. Bunday vaziyatda jahlingiz chiqqan onda qaynayotgan choynakka o’xshashingizni, ammo bug’ni chiqarishga qodir qo’l topilsa, nozik mushukchaga aylanishingizni yozing. Faqat shu yo’l bilan anketangizni boshqalardan ajralib turadigan holga keltirasiz.

O’zingiz haqingizda tushunarli va qiziqarli so’zlang

Unutmang, o’zingiz haqingizda hikoya qilish “Urush va tinchlik” asarini yozish degani emas. Shaxsiy sahifa uchun to’rt-beshta gapdan iborat hikoyani tayyorlang.

O’zingiz, hayotingiz va qiziqishlaringiz haqida gapiring, shuningdek bir oz yumor qo’shing: bu imkoniyatlarni oshiradi. Afzalliklarga alohida e’tibor qarating: ko’pincha odamlarning tanishishiga aynan umumiy xobbi yordam beradi.

Uni noodatiy munosabat bildirishga majbur qiling

Onlayn shaklda tanishishga kelgan aksariyat odamlar suhbatdoshining barcha xabarlariga javoblarni avvaldan tayyorlab qo’yadilar. Erkak kishi bugun muloqot qiladigan qizning istalgan sifatlarini maqtash uchun xushomadlar ro’yxatini 100% o’ylab qo’ygan. Shuning uchun “Salom, ishlar qalay?” qabilidagi odatiy savollardan iborat standart ssenariydan chetga chiqsangiz, u avval shoshib qoladi. Biroq, keyin unda qiziqish uyg’onadi va suhbat aniq rivojlanadi.

Bunday yurish sizga bir yo’la ikki jihatdan ustunlik beradi. Birinchidan, suhbatdosh sizni aniq eslab qoladi, chunki bugun u qizlar bilan bir necha marta odatiy suhbat qurgan, siz esa ulardan farq qildingiz. Ikkinchidan, sizning usulingiz inson uchun o’ziga xos sinov hisoblanadi. Uning qanday munosabat bildirishini ko’ring va muloqotni davom ettirasizmi yoki yo’qmi qaror qiling.

Qiziqish bildiring

Odamlar ko’pincha tinglashdan ko’ra gapirishni yoqtirishadi – bu faqat o’zini yaxshi ko’radiganlar qatoridan ajralib turish uchun sizning imkoniyatingiz. U yoki bu surat qayerda olinganini, uning qanday iti borligini, Tarantinoning qaysi filmi unga ko’proq yoqishini (albatta, agar u sevimli rejissyori sifatida shu odamni yozgan bo’lsa) so’rang. Shaxsiy sahifaga tashlangan nazar qiziqarli suhbat qurish uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ma’lumotni saralang

Bu maslahat faqat so’zlashish mavzulariga emas, balki sahifangizdagi va boshqa ijtimoiy tarmoqlrdagi ma’lumotlarga taalluqlidir.

Agar chindan ham jiddiy munosabatlar uchun erkak izlayotgan bo’lsangiz, mustaqil ayollar uchun pabliklardagi postlarni qayta tarqatmang hamda sobiq oshiqlar yoki boshqa erkaklar bilan tushgan suratlaringizni yashiring.

Har kimni bo’lajak er qiyofasida ko’rmang

Yangi suhbatdosh sizga yozgan zahoti o’rtangizdagi bolalar uchun ismlar o’ylashning keragi yo’q. Ehtimol, turmush o’rtoqni kutishga to’g’ri kelar, ammo yaxshi do’stingiz yoki bir nechta foydali aloqalaringiz bo’ladi. O’zingizni erkin tuting va shunchaki yoqimli uchrashuvlardan zavq oling.

Aldamang

Agar tanishuv saytida jiddiy niyatda ro’yxatdan o’tayotgan bo’lsangiz, yolg’on ishlatmaslik kerak. Agar yoshingiz 35da, vazningiz 80 kg, hech qayerda ishlamasdan, qaysidir “tupka”da yashayotgan bo’lsangizu, sahifada yoshingizni 29da, omadli biznesingiz borligini va vazningiz 60 kg ekanligini yozmang. Yodda tuting, har qanday sir ertami kech baribir oshkor bo’ladi. Shuningdek, ajrashganingiz va farzandlaringiz borligini erkak kishidan yashirmaslik kerak.

Hayotda harakat qiling

Suhbatdosh bilan hayotdagi uchrashuvni ortga surmang. Bundan tashqari, rozilik bildirib uchrashuvlarga boring, aks holda hech qachon turmush qura olmaysiz. Uchrashuvlar bir nechta bo’lsa ham mayli: o’zingizga bo’lgan ishonchni his qilish, jozibangizga ishonish uun sizga erkaklar e’tibori zarur. Albatta, ularning orasidan eng yaxshisini tanlash kerak, lekin avval vaqt o’tishi bilan saralanib, sifatga aylanadigan son muhim. Faqat shundan keyingina hayotingiz va muhabbatingizni sovg’a qiladigan birgina o’sha odam qoladi.

Virtual tanishuvlar xuddi hayotdagi tanishuvlar singari vaqt va hissiyotlarni talab qiladi. Tanishuv saytining vazifasi – ikkita odamni tanishtirishdan iborat. Qolgani faqat o’zingizga bog’liq. Bir-biringizga nisbatan e’tibor va qiziqish bildiring, uzoq vaqtga yo’qolib ketmang va nihoyat, birinchi uchrashuvni ortga surmang.