Agar siz salomatligingiz haqida qayg'uradigan, lekin hayot quvonchlaridan voz kechishni istamaydigan odam bo'lsangiz, olimlar siz uchun yechim topishdi. Xususan, o'zingizni sog'lomroq, baxtliroq his qilish va uzoqroq yashash bilan bog'liq ko'plab antiqa va hattoki yoqimli usullar mavjud.

  •  
  •  
  •  
  •  

Lifehaq.uz ularning 10ta eng qiziqarlisini taklif qiladi. Istaganingizni tanlang.

1. Har kuni 1 qadah vino ichish

Alkogol ichimlik iste’moli salomatligingiz uchun juda yaxshi narsa emas, ammo Garvardlik ekspertlarning aniqlashicha, kuniga 1 qadah vino (ayniqsa qizili) ichish yurak huruji, qandli diabet, ateroskleroz va boshqa xastaliklarning oldini oladi.

Tadqiqotga ko’ra, kuniga 22-32 gramm alkogol iste’mol qilish umuman sog’liqqa ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, har kuni bir qadahdan ichishga odatlangan odamlarda yurak, xotira va yuqori xolesterin darajasi bilan bog’liq muammolar 30 foizga kamroq yuz beradi. Shuningdek, ular ichmaydiganlarga nisbatan 5 yil ko’proq yashaydilar.

Biroq garvardliklarning ogohlantirishicha, bu usul belgilangan me’yor oshirilmagan taqdirda (22-32 g) ish beradi. Hamma narsaning me’yorda bo’lgani yaxshi.

2. Uyqu uchun eng yaxshi vaqt — soat 22:00dan 06:00gacha

Xitoylik shifokorlar aynan shu vaqtni dam olish uchun eng ma’qul payt deb hisoblaydilar. Ular qaysi paytda qaysi organ tiklanishi izohlaydigan butun tizimini ishlab chiqdilar. Nima uchun ko’proq yashash uchun soat 22:00dan to 06:00gacha uxlagan ma’qul?

Ta’kidlash kerakki, soat 21:00dan to 23:00gacha immun tizimi viruslarga qarshi kurashib, organizmdan toksinlarni chiqaradi. Soat 23:00dan to 01:00gacha jigar faol ravishda tiklanadi. Soat 03:00dan to 05:00gacha o’pkalar tozalanadi, shuning uchun bu vaqtda bir oz yo’tal tutishi mumkin. Ichak tongga yaqin, ya’ni soat 05:00dan to 07:00gacha ishlay boshlaydi va tozalanadi.

3. Jamoat fikriga e’tibor bermaslik

Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, atrofdagilarning fikriga qaram bo’lmasangiz uzoqroq yashar ekansiz. Gap shundaki, atrofdagi odamlarning munosabati haqida o’ylaganimizda o’zimizni yanada bosiq tutamiz, spontan harakatlar qilmaymiz va ko’proq asabiylashamiz.

Bularning bari insonning baxtsizroq bo’lishiga olib keladi. Baxtsiz odam esa, olimlarning aytishicha, kamroq yashaydilar.

4. Quyosh vannalarini qabul qilish

Nima uchun? Chunki quyosh nuri – D vitaminining eng yaxshi manbaidir. U qandli diabet xavfini kamaytiradi va ko’pincha kasalliklarga sabab bo’ladigan tushkunlikka qarshi kurashishda yordam beradi.

Bundan taqshari, biokimyogarlar 2016 yilda o’tkazilgan katta tadqiqotda aniqlashlaricha, kuniga 1 soatdan ortiq fuyosh vannasini qabul qilgan ayollarda saratonning istalgan turi rivojlanishi xavfi quyoshda kamroq vaqt o’tkazgan ayollarga nisbatan 67 foizga kamroq bo’lgan.

5. Tishlarni kamroq tozalash

Agar tez-tez dush qabul qilsangiz, to’xtang. Londondagi Cranley shifoxonasidagi doktorlarning aytishicha, qaynoq suv va mos kelmaydigan sovun terimizning yog’lardan iborat himoya qobig’ini yo’qotadi. Natijada teri quruqlashadi va organizmni yomonroq himoya qiladi. Shu bois dushni kamroq va ehtiyot bo’lib qabul qilish kerak.

Stomatologlar ham shunga o’xshash gaplarni aytmoqda: tishlarni tez-tez tozalash va og’iz chayish vositalarini qo’llash emalga zarar yetkazadi. Ayniqsa tishlar ovqatlangandan keyin darhol tozalanmasligi kerak, chunki aksariyat mahsulotlar emalni yumshatadi va unga zarar yetkazish oson bo’ladi.

6. Pomidorlar yeyish

Amerikaning Boston shahridagi Taftsa universiteti olimlari 11 yillik tadqiqot o’tkazdilar. Ular 5 000 nafar ishtirokchining ovqatlanish ratsioni va salomatlik holatini taqqoslab, yegulik qatoriga pomidorlarni qo’shish orqali yurak-qon tomiri xastaliklarining vujudga kelish xavfini 26 foizga kamaytirish mumkin degan xulosaga keldilar.

Mutaxassislarning fikricha, asosiy sabab pomidorlar tarkibidagi likopin, ya’ni ularga qizil rangni berib turadigan antioksidantdir. Shuning uchun tonggi sendvichingizga bir oz pomidor qo’shing.

7. Uyg’otadigan soatni yo’qoting

Ayniqsa u baland jaranglaydigani bo’lsa. Shuningdek, xushtak chaladigan choynak, taymer, signalizatsiya, poqillagichlar va boshqa tinchlikni keskin buzuvchi narsalarni yo’qoting.

Yaponiyaliklarning tadqiqotlariga ko’ra, birdan eshitiladigan baland tovush, ayniqsa yuqori qon bosimiga ega odamlarda yurak huruji yuz berishi xavfini oshiradi. Bundan tashqari, keskin tovushlar asab tizimiga ham salbiy  ta’sir ko’rsatadi.

8. Nonning qattiq tomonini yeyish

Nonning qattiq tomonini yeyishni Myunster universitetidagi nemis biokimyogarlari tavsiya qiladilar. Pishish jarayonida nonda yo’g’on ichak saratoni rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan va organizmni tozalaydigan antioksidantlar hosil bo’ladi.

Tadqiqot rahbari Tomas Xofman quyidagilarni ta’kidlaydi: “Non xususiyatlarini o’rganish davomida uning qattiq qobig’i qolgan qismiga nisbatan 8 barobarga ko’p antioksidantlarga egaligini aniqladik. Shuning uchun aynan qattiq qobiq nonning yumshoq qismiga nisbatan salomatlikka ko’proq foyda keltiradi”.

9. Sigaretlarga qo’l tekkizmaslik

Hamma biladiki, tamaki tutunidan nafas olish zararli. Biroq, Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi nafaqat yoqilgan sigareta yaqinida bo’lish, balki unga tegish ham xavfli ekanligini ta’kidlamoqda. Nima uchun?

Chunki tamaki novdalari o’sayotgan vaqtda qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan radiy, poloniy-210 va qo’rg’oshin-210 kabi o’g’itlari kabi radiofaol elementlarni faol singdiradi. Tamaki barglari terilib quritilganidan so’ng bu elementlar o’simlik ichida qolaveradi va sigaterlarga oddiy teginish orqali organizmga mikrodozalarda bo’lsa-da kiradi.

10. Raqs bilan shug’ullanish

Fransuz olimlarining fikricha, uzoqroq yashashning eng yaxshi yo’li – raqsga tushishni o’rganishdir. Xususan, uzoq umr uchun eng foydali raqs, bu – salsa ekanligi aniqlangan. U suyaklarni, o’pkalarni, qon aylanish tizimini mustahkamlab, astmani yengishga yordam beradi. Biroq, har qanday boshqa faol va quvnoq raqs ham to’g’ri keladi. Asosiysi – harakat qilish va ko’tarinki kayfiyatda bo’lishdir.