Olimlar boshqalarda bizni nima jalb qilishi hamda bu bilimni hayotda qanday qo'llash haqida so'zlab berdilar.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Suhbatdoshning hatti-harakatlarini qaytaring

Suhbat chog’ida o’xshash harakatlar va mimikadan foydalanib, suhbatdoshingizning holatini qaytaring. Tadqiqotga ko’ra, bunday harakat yoqtirish yuzaga kelishini tezlashtiradi.

2. Munosabat o’rnatishni istagan odamingiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing

Bizga o’zimiz tanishgan odamlar ko’proq ehtimol bilan yoqadi. Psixologlar tajriba o’tkazdilar: talabalarga notanish bo’lgan to’rt nafar qiz universitetdagi mashg’ulotlarga borgan. Ayrimlari ko’p kelgan, boshqalari esa kamdan-kam. So’ngra talabalarga suratlar ko’rsatilib, ularga kim ko’proq yoqishini so’raganlar. Aniqlanishicha, darsda ko’proq ko’ringanlari yoqar ekan.

3. Suhbatdoshingizni maqtang

Odamlar ularni maqtab aytgan sifatlaringizni sizning xulq-atvoringizga o’xshatishadi. Bunday fenomen sifatlarning spontan ko’chirilishi deb nomlanadi. Bu aksiga ham ishlaydi: agar bir inson haqida doim salbiy fikr bildirsangiz, bu fikrlar o’zingizga nisbatan ishlatila boshlaydi.

4. Ijobiy hissiyotlarni namoyon qiling

Atrofdagilarning kayfiyati bizga kuchli ta’sir qiladi. Ko’pincha o’zimiz bilmagan holda suhbatdoshimizning hissiyotiga sherik bo’lamiz. Yoqimli taassurot qoldirish uchun ijobiy kayfiyatni namoyon qiling.

5. Nomukammal bo’lib ko’rinishdan qo’rqmang

Qandaydir kamchilikni ko’rsatish yoki xato qilish orqali siz insonga xos hislatlardan holi emasligingizni namoyon etasiz. Olimlar buni xatolar yoqtirishga qanday ta’sir qilishini o’rganish jarayonida aniqladilar. Tajriba ishtirokchilari viktorina qaydlarini tinglaganlar. Barcha savollarga to’g’ri javob qaytarib, oxirida bexosdan qahvani to’kib yuborgan odam mukammal ishtirokchiga nisbatan ko’proq odamlarga yoqqan.

6. Umumiy qarashlarga e’tibor bering

Biz qayeridir o’zimizga o’xshash odamlarga intilamiz. Bu o’xshashlik bo’yicha tortishish effekti deb nomlanadi. Shuningdek, bizga umumiy salbiy hislatlari bo’lgan odamlar juda yoqadi.

7. Suhbatdoshni u istaganidek qabul qiling

Odamlar o’zlarini qanday ko’rsalar, boshqalarga ham shunday ko’rinishni istaydilar. Bir odamning biz haqimizdagi tasavvuri o’zimizniki bilan mos kelsa, munosabatlar omadli rivojlanadi. Bizni tushunayotganlarini his qilamiz, bu esa ishonch o’rnatilishi uchun zarurdir.

8. Shaxsiy narsa bilan o’rtoqlashing

Bu munosabatni bog’lash va odamni yaxshiroq bilib olishga yordam beradi. Umumiy mavzulardan boshlab (masalan, ikkingiz yaqinda qanday film tomosha qilgansiz), asta-sekin shaxsiy savollarga o’ting. So’ngra o’zingiz haqingizda shaxsiy nimanidir so’zlab bering. Natijada, yaqinlik hissi paydo bo’ladi, suhbatdoshning esa kelajakda sizga ishonch bildirishi oson bo’ladi.

9. Suhbatdoshingiz o’zi haqida so’zlashiga imkon bering

Garvard universiteti tadqiqotchilarining aniqlashicha, biz o’zimiz haqimizda gapirayotganda ovqat, pul va jinsiy aloqaga tenglashtirish mumkin bo’lgan lazzatga  ega bo’lamiz.

Shuning uchun suhbatdoshingizga o’zi haqida so’zlab berish imkonini yarating. Shu tariqa unda suhbatingiz borasida yoqimli xotiralar qoladi.

10. O’zingizni go’yoki suhbatdosh sizga yoqayotgandek tuting

Bir kishining bizga nisbatan yaxshi munosabatda ekanligini bilganimizda, o’zimizda ham unga nisbatan yoqtirish paydo bo’ladi. Bu holat javoban yoqtirish deyiladi.

Bundan tashqari, odamlar bizga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lishi taxmin qilganimizda, ularga nisbatan o’zimizni nisbatan iliqroq tutamiz. Natijada yoqimli taassurot qoldirish imkonini oshiramiz.

Agar suhbatdoshingiz sizga qanday munosabatda ekanligiga ikkilanayotgan bo’lsangiz, o’zingizni huddi u sizga yoqadigandek tuting. Shu asnoda u katta ehtimol bilan sizni yoqtirib qoladi.