Har birimiz kiyimlarni saqlash zaruratiga to'qnash kelganmiz, ammo buni to'g'ri qilish haqida hamma ham o'ylanmaydi. Ba'zan shu sababli qimmatli va sevimli buyumlarimizdan ayrilamiz. Bugun kiyimlaringizni yaxshi holatda saqlashni istasangiz, yo'l qo'yish mumkin bo'lmagan xatolar haqida so'zlab beramiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Mavsumiy kiyimlarni noto’g’ri parvarishlash

Mavsumiy kiyimlarni saqlashga qo’yishdan avval ustki kiyimni albatta kimyoviy tozalashga bering. Hech qachon iflos kiyimlarni shkafga olib qo’ymang, chunki shubalar rangini yo’qotib, birlamchi ko’rinishini yo’qotishi, charm buyumlar esa elastikligi va yaltirashini yo’qotishi mumkin. Shuningdek, saqlashdan avval buyumlarga zararkunandalarga qarshi maxsus vositalar bilan ishlov berish kerak.

2. Barcha buyumlar uchun vakuumli xaltalar

Hozirda vakuumli xaltalar ancha ommalashgan, ammo tabiiy charm va mo’yna uchun bunday saqlash usuli maqbul emas, chunki havo kirmaganligi tufayli buyum “dimiqib qoladi”, noxush hid paydo bo’ladi, yuzadagi detallar yopishib qoladi, mo’ynalar shikastlanadi.

3. Noto’g’ri tanlangan ilgichlar

Hech qachon ilgichlarga pul ayamang. Shkafingizda ilgich atigi 5ta, kiyimlar esa 10 barobarga ortiq bo’lsa, bu yaqqol tartibsizlikdir: darhol do’konga yugurib, yetmagan ilgichlarni sotib olish zarur. Shuningdek, bir nechta kiyim ustma-ust ilinishi ham mumkin emas: bitta ilgichga 5-7ta komplekt osilsa, kiyim g’ijim bo’ladi va “nafas olmaydi”.

  • Kiyimlarning yenglari keyinchalik shishib qolmasligi uchun ularning o’lchamiga mos ilgichlarni oling.
  • Ilgichlar kiyimning og’irligi va turiga mos bo’lishi kerak: og’ir shuba va paltolarni kichkina va ingichka ilgichlarga, shuningdek nozik matodan tayyorlangan ko’ylakni esa eski yog’och ilgichga ilmang.

4. Sviterlar va trikotajni noto’g’ri saqlash

Trikotaj va jundan ishlangan kiyimlarni ilgichlarda saqlash mumkin emas: bunday holatda ular cho’zilib, shaklini yo’qotadi. Yumshoq sviterlani saqlash uchun tor bo’lmali matodan ishlangan ilma javonlar to’g’ri keladi. Jun sviter alohida javonda taxlangan holda o’zini yaxshi his qiladi. Ustiga og’ir buyumlarni qo’ysangiz, unda siniqlar hosil bo’ladi.

5. Uzun ko’ylaklarni ilgichlarda saqlash

Etagi shkafning poliga tegib turadigan uzun ko’ylak va yubkalarni shkafning o’zidagi iglakka osgan ma’qul: shunda ular kamroq g’ijim bo’ladi va ortiqcha dazmol urishga to’g’ri kelmaydi.

6. Shimlarni noto’g’ri saqlash

Zamonaviy garderoblarda ilgichlar uchun mo’ljallangan an’anaviy ilgakdan tashqari, ko’pincha tortiladigan ilgaklar ham bo’ladi. Biroq jun va trikotaj bukiladigan joyidan cho’ziladi, qisqichli ilgichlardan foydalanganda esa yumshoq matoda izlar qolishi mumkin. Shuning uchun shimlarni uzoq vaqt saqlashning eng yaxshi usuli shimning pochasini kengligi bo’ylab qisadigan ilgichdir.

7. Byustgalterlarni buklab qo’yish

Byustgalterlarni bunday taxlash orqali ko’krakni tutib turish va uning go’zalligiga urg’u berish vazifasi yuklangan buyumning fasonini buzib qo’yasiz. Byustgalterlarni to’g’ri taxlaganda ikkala kosacha tagidagi va ustidagi byustgalterlarning kosachalariga mos tushishi kerak.

8. Javondan ilgich o’rnida foydalanish va aksincha

Nozik matodan tikilgan ko’ylaklar va bluzalarni ularning o’lchamiga mos ilgichlarga osish, trikotaj va jun buyumlar esa cho’zilib ketmasligi uchun taxlab javonga qo’yish kerak.

9. Bir nechta kiyimni bunga mos bo’lmagan ilgichlarda saqlash

Bitta ilgichga bir nechta kiyimni ilish eng yomon fikrdir. Siz shkafda joyni tejaymaysiz, ammo pastda osilgan kiyimni g’ijim qilasiz. Faqatgina ko’p bosqichli ilgichlarga bir nechta kiyimlarni ilish mumkin.

10. Taqilmagan tugmalar va zamoklar

Kiyimni ilgichga osgach, zamoklar va tugmalarni taqishni unutmang. Shunda buyumlaringiz kamroq g’ijim bo’ladi va o’z shaklini saqlab qoladi.