Insoniyat tarixida ko'plab g'ayritabiiy holatlar kuzatilgan bo'lib, ularni boshqa hodisalarga bog'lash mumkin emas yoki o'z davridan ancha o'zib ketgandek ko'rinadi. Tasodifmi yoki yo'q, nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu hodisalar antiqaligi bilan e'tiborni jalb qiladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Marhamat, ko’p yillardan buyon odamlarni hayratga solib kelayotgan tarixdagi voqealar bilan tanishing. Ehtimol, sizda ularga javob topilar?

1. Mark Tven va kometa

Mark Tven 1835 yil 30 noyabrda, ya’ni sayyoramiz uzra Galleya kometasi uchib o’tayotgan kunda dunyoga kelgan. Yozuvchi 1909 yilda quyidagicha hazil qilgan: “Men 1835 yilda Galleya kometasi bilan birga kelganman, bir yildan so’ng u yana uchib kelganida men ham u bilan birga ketishga umid qilyapman”. Bu so’zlar haqiqiy bashoratga aylangan: Tven Galleya kometasi qaytgan kunning ertasiga, ya’ni 1910 yil 21 aprelda stenokardiya tufayli vafot etgan.

2. Temur la’nati

1941 yil 20 iyunda sovetlik arxeologlar Temur maqbarasini ochganlar. Qabr toshiga quyidagicha yozilgan edi: “Mening qabrimni ochganlar mendan-da dahshatliroq bosqinchini erkinlikka chiqaradi”. 2 kun o’tgach Germaniya Sobiq Sovetga hujum qilgan.

3. Bir xil taqdirlar

Dunyoga kelgan zahoti ajratilgan va bir-birining borligidan xabari bo’lmagan Ogayolik egizaklar deyarli bir xil hayotni yashab o’tganlar. Bolalarni boqib olgan ota-onalar ularning ikkisiga Jeyms deb ism qo’ygan (kelishmasdan), ikkalasida Toy ismli it bo’lgan, ikkalasi politsiyachiga aylangan va Linda ismli ayollarga uylangan. Egizaklarning ikkisida ham Jeyms Allan ismli o’g’il farzand bo’lib, ikkalasi ajrashgan. Oxir-oqibat egizaklar Betti ismli ayollar bilan ikkinchi marta turmush qurganlar.

4. Kelajakdagi bombardimon

1932 yilda muhbir J. Bernard Xatton va suratchi Joakim Brendt reportaj qilish uchun Gamburgdagi kemasozlik korxonasiga borganlar. Erkaklar tahririyatga qaytganlarida qattiq qo’rquvda bo’lganlar va Gamburg uzra amalga oshirilgan havo hujumi haqida gapirganlar. Brendt so’zlarini olingan suratlar bilan isbotlashga tayyor edi. Biroq hech qanday bombardimon hodisasi, shuningdek olingan suratlarda ham g’ayrioddiy hech narsa bo’lmagan.

11 yil o’tgach Xatton Londonda yashagan va tonggi gazetalardan birida Gamburgda amalga oshirilgan bombardimon – “Gomorra” operatsiyasi haqida o’qigan. Bu tasodif bo’lganmi yoki yo’q – noma’lum, ammo Xatton 1932 yilda aynan shu hujumni ko’rganiga ishonchi komil edi.

5. “Mening katta buvam huddi Jonni Deppga o’xshaydi”

Imgur foydalanuvchisining katta buvasi chindan ham quyib qo’ygandek Jonni Deppga o’xshaydi. Tasodifmi yoki qayta tug’ilish?

6. Multfilmdagi bashorat

Yuqoridagi suratda “Jonni Bravo” multfilmidan lavha keltirilgan. Devorda osilgan “Tez kunda” deb yozilgan plakatga e’tibor bering. Bu epizod 2001 yil 11 sentyabrda yuz bergan terroristik hujumdan 5 oy avval efirga uzatilgan.

7. Kelajak samolyoti

1935 yilda aviatsiya marshali Robert Viktor Goddard Edinburgdagi tashlandiq aerodromni ko’zdan kechirgan. Ortga ketayotganida ob-havo yomonligi tufayli yana aerodromga qaytishga majbur bo’lgan. Biroq, bu safar aerodrom ancha jonli va ishlab turgan ko’rinishda bo’lgan.

Parvoz yo’lagida marshalga tanish bo’lmagan samolyot turar edi, vaholanki u turli modellarni juda yaxshi bilgan.

4 yil o’tgach Goddard yana o’sha aerodromga yuborilgan, bu safar aerodrom ishchi holatda bo’lgan. Bu yerda Goddard 1934 yilda ko’rgan samolyot – “Mayls Majister” bo’lgan. Samolyot 1937 yilda, ya’ni Goddard uni ko’rganini aytganidan uch yil o’tgach ishlab chiqarilgan.

8. Yevropa Ittifoqiga oid bashorat

1968 yilda fantast-yozuvchi Jon Branner “Zanzibarda barcha joyida qotsin” nomli kitobini nashr ettirgan. Unda yozuvchi rasman faqatgina 1993 yilda paydo bo’lgan Yevropa Ittifoqini tasvirlagan.

9. O’tmishdagi xipster

Britaniya Kolumbiyasidagi ko’prik ochilishida olingan 1941 yildagi suratda boshqa odamlardan qattiq farq qiluvchi yigit aniqlangan. Tashqi qiyofasi tufayli uni “xipster” deb nomlaganlar va bu bekorga emas: uning soch turmagi va kiyimi, shuningdek ko’zoynagi va qo’lidagi fotokamerasi o’sha davr uchun o’ta zamonaviydir.

10. Moliyaviy inqirozni bashorat qilgan kitob

Ayn Rendning “Atlant qaddini rostladi” nomli antiutopiya janridagi romani 1957 yilda chop etilgan. Undagi syujetga ko’ra, AQSH hukumati tadbirkorlarni tobora kuchliroq nazorat qiladi, erkin bozor o’rnini rejali iqtisodiyot egallaydi va natijada chuqur moliyaviy inqiroz yuz beradi. Ayrimlarning fikricha, kitobda 2008 yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz bashorat qilingan.