Mahsulotlarning sifatini tekshirishga oid ko'plab usullar mavjud, ammo ularning aksariyati murakkab bo'lib, mutaxassislarning yordamini talab etishi mumkin.

  • 1
  • 2
  •  
  •  
    3
    Shares

Sizga mustaqil ravishda uyda yoki do’konda qo’llash mumkin bo’lgan tekshirish usullarini taqdim etamiz.

Tovuq

Bunda oq tomirlar va o’ta keng yog’ qatlamiga e’tibor bering. Demak, parranda qisqa muddat davomida gormonal qo’shimchali yem bilan boqilgan. Bunday go’shti foydali deb bo’lmaydi.

Shuningdek, go’shtning rangi ham muhim: sarg’imtirlik eskilikdan darak etadi. Tovuq go’shti pushtirang va tarang bo’lishi kerak.

Tvorog

10 способов проверить качество продуктов, которые вы едите каждый день

Tvorogga ko’pincha kraxmal va o’simlik yog’lari aralashtiriladi. Buni bir tomchi yod yordamida tekshirib ko’rish mumkin. Agar tvorog tarkibida kraxmal bo’lsa, u ko’k rangga kiradi, agar bo’lmasa – yodning rangi o’zgarmaydi.

Biroz tvorogni xona haroratida qoldiring. Agar uning tarkibida o’simlik yog’lari bo’lsa, bir necha soatdan keyin tvorog rangini o’zgartirib, sariq qoplama hosil bo’ladi. Oddiy tvorog achib qoladi, ammo rangini o’zgartirmaydi.

Asal  

10 способов проверить качество продуктов, которые вы едите каждый день

Asalning qoshiqdan qanday oqishiga e’tibor bering. Sun’iy mahsulot uzilib-uzilib oqadi va ko’lmak hosil qiladi, yaxshi asal esa – quyushqoq bo’lib oqadi va tepalik hosil qiladi.

Asaldagi karamel ta’mi uning isitilganidan, ortiqcha shirinlik esa – tarkibida shakar borligidan darak beradi.

Smetana

10 способов проверить качество продуктов, которые вы едите каждый день

Smetanada o’simlik moyi bor yoki yo’qligini tekshirish uchun bir qoshiq smetanani bir stakan issiq suvga aralashtiring. Sifati past mahsulot qumoq-qumoq bo’lib tushadi, haqiqiy smetana bir xil xira suyuqlik ko’rinishida eriydi.

Muzlatilgan sabzavotlar, mevalar va rezavorlar

10 способов проверить качество продуктов, которые вы едите каждый день

Muzlatilgan mahsulotlarning ustida muz va qor borligini tekshiring. Agar bo’lsa, mahsulot noto’g’ri saqlangan. Yaxshisi, biroz qirov bilan qoplangan mahsulotni oling.

Baliq


© depositphotos  

Eskirgan baliqning ko’zlari xira, tangachalari esa to’q rangda bo’ladi. Yangi baliqning tangachalari yaltirab turadi.

Go’sht

Go’shtni tanlashda unga barmoqni botirib ko’ring: yangi go’sht tarang bo’lib, tezda avvalgi shakliga qaytadi.

Bir tilim kesib ko’ring: agar go’shtning o’rtasi qoramtir va atrofida oqish chiziq bo’lsa, demak u sun’iy “yoshartirilgan”. Go’shtning yuzasini salfetka bilan arting: yangi go’shtdan ko’p namlik va qon izlari qolmaydi.

Ko’katlar

Ko’katlar o’ramini qo’lingizga oling. Agar ko’katlar yangi uzilgan bo’lsayu, yon tomonga qattiq egilsa, rangi o’ta to’q, bandlari esa juda uzun bo’lsa, u “nitratlar” yordamida o’stirilgan bo’lishi mumkin. Yaxshi ko’katlar tarang, tabiiy yashil rangda bo’ladi.

Pishloq

Tarkibida o’simlik moyi bor pishloqni quyidagi belgilar yordamida aniqlash mumkin: past sifatli mahsulot kesilganida uvalanib ketadi (parmezan kabi qattiq navlar bundan mustasno) va ochiq havoda tez qurib, yoriladi.

Bir bo’lak pishloqni quyoshda qoldiring va kuzating: yaxshi pishloq yumshab qoladi, yomoni esa – qotadi va yuzasida moy tomchilari paydo bo’ladi.

Muzqaymoq

10 способов проверить качество продуктов, которые вы едите каждый день

Bir bo’lak mahsulotni likopchada qoldiring: o’simlik mahsuloti uzoq vaqt eriydi va nim shaffof ko’lmakka aylanib qoladi. Tabiiy muzqaymoq yumshaydi, ammo zich qaymoqli tuzilishni saqlab qoladi.