E'tibor berganmisiz, yaxshi odamlarni ko'pincha hurmat qilishmaydi?! Ular qutqaradilar, yordam beradilar, sabr qiladilar, hafa bo'lmaydilar, lekin negadir ko'pincha alam va yolg'izlikdan azob chekadilar. Psixologlarning fikricha, bunga hatti-harakatdagi xatolar sabab bo'lar ekan.

  • 3
  •  
  •  
  •  
    3
    Shares

Keraksiz qurbonlik

Siz dunyo foydasiga o’z ehtiyojlaringizni chetga surasiz. Dunyo esa buni shunchaki sezmaydi. Sizni hafa qilsalar, hafa qilgan odam uchun noqulaylik his qilasiz. Bunday yondashuv bilan sizni takror va takror hafa qilaveradilar.

  • Noqulayliklaringizni dunyoga bildirishdan qo’rqmang. Ehtimol, u ham sizga yordam qo’lini cho’zar. Keraksiz qurbonligingizni esa baribir hech kim yuqori baholamaydi.

O’zini hurmat qilmaslik

Sizga qo’pollik qila boshlaganlarini his qilmaysiz. Yoki bunday kichkina noqulayliklarga ko’z yumasiz. Biroq, qo’pol odam buning uchun sizni yaxshi ko’rib yoki hurmat qilib qolmaydi. Xo’sh, nima uchun chidash kerak?

  • Agar kimdir sizga tupurgandek muomala qilsa, demak u sizga tupurgan. Bunday odamni oqlashga urinmang. O’zingizni hurmat qiling.

Atrofdagilarning bahosiga ehtiyoj

Boshqalarning bahosi va ma’qullashi patologik darajada zarur bo’lgan odamlar beixtiyor o’zlarida nimadir noto’g’riligini his qilib, buni boshqalarga bildiradilar. Nimasidir noto’g’ri bo’lgan odamlar, odatda, hech kimga yoqmaydi.

  • Hadeb maqtov kutavermang.Yaxshi odam bo’lish uchun buni aytishlarini kutish shart emas. Tanqiddan ham qo’rqmang. Nima qilishingizdan qat’iy nazar, odamlar baribir hukm qilaveradi. Shuning uchun birinchi o’rinda o’zingizning fikringiz turishi kerak.

Muammoni faqat o’zidan izlash

Nazaringizda sizdan boshqa hamma to’g’ridek. Atrofda yuz berayotgan hamma narsa uchun javobgarlikni o’zingizga olasiz. Buning uchun sizga rahmat demaydilar. Lekin qo’shimcha muammoni tug’dirishlari mumkin.

  • Aybdorlarni izlash umuman omadsiz ish. Doimiy ravishda o’zingizni ayblash esa atrofdagilarning mehri va achinishini orttirmaydi. Yaxshisi kuchingizni muammoning yechimini izlashga qarating.

O’zini maqtash

Hurmatni sadaqa sifatida tilab olgan holda, o’z afzalliklarini sanash – tobe munosabatlardagi asosiy xatodir. Atrofdagilarga yaxshi inson ekanligingizni ko’rsatishga urinish orqali ularda faqat teskari hisni paydo qilasiz. Hattoki, chindan ham juda yaxshi odam bo’lsangiz ham.

  • Nimagadir arzishingizni ko’rsatishning eng yaxshi usuli – nimagadir arzish. Buning uchun aynan shunga o’zingiz qat’iy ishonishingiz kerak. O’z qadringizni bilsangiz, hech kimga hech narsani isbotlashning keragi bo’lmaydi.

Rad qilishdan qo’rqish

O’zingizga noqulay bo’lsa ham, hech kimni hafa qilishni istamaysiz. Atrofdagilar sizga noqulayligini sezmasligi uchun o’zingizni hammasi yaxshidek ko’rsatasiz. Natijada, ko’pincha noqulaylik his qilasiz.

  • “Yo’q” deyishdan qo’rqmang.Axir eng yoqimli odamlar ham imkon bo’lsa, sizdan foydalanadilar. Faqatgina o’z istagingiz va imkoningizga qarab yordam bering.

O’z qiziqishlariga e’tibor bermaslik

Siz boshqalarning ehtiyojlariga moslashishga o’rganib qolgansiz va o’z istaklaringizni his qilmaysiz. O’zingiz uchun qaror qabul qilmaysiz, boshqalarning istaklarini o’zingiznikidek qabul qilasiz. Chetdan qaraganda, bu yaxshilik emas, balki qaror qabul qila olmaslik, bechoralikka o’xshaydi.

  • O’z istaklaringizni eshitishni o’rganing va kimnidir hafa qilishdan qo’rqmang. Bu qo’rquvlarni o’zingiz o’ylab topgansiz, zero doim oqilona murosaga kelish mumkin.

Chegaralarning yo’qligi

O’zingizni himoya qilish o’rniga, kechirish osonroq bo’lgani uchun ham kechiraverasiz. Sizga hurmatsizlik qilishganida, hayolan aybdorni oqlaysiz.

  • Sizga shaxsiy me’yor chegaralaringiz zarur. Odamlarga ularni bosib o’tishiga ruxsat bermang. Me’yor chegaralari bo’lmagan odamlar, qilgan xizmatlariga qaramay, hurmatga sazovor bo’lmaydi.

Yolg’iz qolishdan qo’rqish

Siz munosabatlarga katta urg’u berib, o’zingizni qurbon qilasiz va bunday harakat siz uchun qulay. O’zingizdan foydalanish imkonini berganingiz uchun turli zolimlar va hudbinlarga duch kelasiz. Aynan shunday vaziyatda kerakligingizni his qilasiz.

  • Munosabatlar va o’z qadringiz o’rtasida tanlov qilmang. Bunday tanlovning yuzaga kelgani nimadir noto’g’ri ketganini anglatadi. Dovyurakroq bo’ling, o’zgarishlardan qo’rqmang. Yolg’izlikni erkinlik sifatida qabul qilsangiz, unda uzoq vaqt qolmaysiz.

Hurmat uchun to’lash kerak, deb o’ylash

Nazaringizda sizni shunchaki hurmat qilishlari mumkin emas. Tenglik munosabatlarida o’zingizni noqulay his qilasiz, chunki sizda hurmat uchun to’lash kerak degan fikr yashaydi. Sizningcha, hurmatga erishish uchun nimadir berish kerak.

Muhabbat va hurmatni “sotib olish” kerak emas. Shunchaki sevishni va sevgini shartlarsiz, huddi havodek qabul qilishni o’rganing.