•  
  •  
  •  
  •  

Siz endigina qiziqarli yozishmani boshladingiz yoki birinchi uchrashuvga borib keldingizu, ammo ikkinchi yarmingiz maqomiga da’vogar inson negadir rad javobini beradi. Miyada darhol – nimani noto’g’ri qildim, degan savol paydo bo’ladi. Munosabatlar sohasidagi ekspertlar bir nechta ehtimoliy sabablarni sanab o’tadilar.

1. O’zingizga yaxshi e’tibor bermaysiz

Bu ro’yxatga og’izdan keladigan yoqimsiz hid, tananing badbo’yligi va yomon gigiyenaga xos boshqa alomatlar – umuman olganda sizni boshqa odamlardan darhol itaradigan hamma narsani kiritish mumkin.

Gigiyena qoidalariga rioya qilmas ekansiz atrofdagilar ham sizning munosabatlardagi odatlaringiz borasida tegishli xulosalarni chiqaradilar. Agar o’zingizga qarash uchun vaqtingiz, kuchingiz yoki moyilligingiz bo’lmasa, boshqa odamga qanday qilib g’amxo’rlik qilasiz?

Terri Orbux (Terri Orbuch), munosabatlar to’g’risidagi kitoblar muallifi, OAVdagi chiqishlari tufayli The Love Doctor nomi bilan mashhurlik qozongan.

2. Tanqidchisiz yoki nazorat qilishga urinasiz

Odamlarga, ayniqsa munosabatlar boshida ularga nima qilish kerakligini o’rgatgan yoqmaydi. Bu o’ziga haddan ortiq bino qo’yishdek ko’rinadi.

Terri Orbux:

«Umuman olganda munosabat boshidanoq salbiylik va tanqid – odamlarni jalb qiladigan narsa emas. Ularga aksi yoqadi: ko’tarinkilik va maqtovlar!».

3. Siz hissiy ehtiyojmandsiz

Odamlarga ularni qo’llay olmaydigan shaxslarga muntazam g’amxo’rlik qilish yoqmaydi.

Xel Runkel (Hal Runkel), turmush va oila bo’yicha psixoterapevt.

4. Ortiqcha hislarga beriluvchansiz

Shuningdek, odamlarga sizni beixtiyor ranjitib qo’yish mumkinligi haqida doim o’ylab yurish ham yoqmaydi, deydi Runkel.

5. Savodingiz yo’q

2013 yilda 5 ming odam orasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, odamlar o’ziga juft tanlashda e’tibor qaratadigan dastlabki narsalardan biri grammatikadan xabardorlikdir.

Yomon grammatika juftlikka da’vogar odam yaxshi ta’lim olmaganidan yoki buni mutlaqo keraksiz narsa deb hisoblashidan darak beradi.

Xelen Fisher (Helen Fisher), antropolog, Match.com tanishuvlar saytining bosh ilmiy maslahatchisi.

6. O’zingizga ishonmaysiz

Xuddi shu so’rovga ko’ra, juftni tanlashda o’ziga bo’lgan ishonch muhim omil hisoblanadi.

Xelen Fisher:

«O’ziga ishonmagan odamlar ko’pincha havotirlanishi va ruhiy barqarorligi paligi bilan ajralib turadilar».

7. Tishlaringiz yomon

So’rov ishtirokchilari shuningdek ehtimoliy juftining tishlariga ham e’tibor qaratishlarini aytishgan. Agar tishlar joyida bo’lmasa, demak u yomon parhez qiladi yoki salomatligida mummolar bor.

Xelen Fisher:

«Biz ma’lumotli, aqlan va jismonan sog’lom juftlarni – bizning DNKmizni kelajakka yetkazishga yordam beradigan yaxshi irsiyat va to’g’ri tarbiyaga ega odamlarni izlash uchun taraqqiylashdik. Sanab o’tilgan xususiyatlari bo’lmagan juftlar aksariyat hollarda yaxshi nomzod bo’la olmaydi. Shu bois, ularni beixtiyor rad etamiz».

8. Haddan tashqari xudbinsiz

Faqat o’zi haqida o’ylaydigan odamlar – yomon juftlardir, chunki ular boshqaning hislari haqida o’ylamaydi. Bundan tashqari, ular shahsiy hayotda ko’pincha e’tiborsiz va xudbin bo’ladilar.

Sog’lom munosabatlar o’zaro hamkorlikka asoslangan bo’lib, bunda har bir odamning ehtiyojlari muhimdir. Hech kim boshqa inson uchun doimiy tomoshabin bo’lishni xohlamaydi.

Jozef Burgo, psihoterapevt.

9. Pessimistsiz

Albatta, munosabatlar har bir inson o’z muammolarini o’rtoqlasha oladigan xavfsiz hudud bo’lishi kerak. Biroq, ayrimlar buni ortiqcha bo’rttirib, faqat salbiy tomonlarga e’tibor qaratadi va natijada boshqa inson uchun yukka aylanadi.

Djozef Burgo:

«Munosabatlarning ilk bosqichlarida biz aloqani mustahkamlaydigan va kelajakdagi qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydigan ijobiy o’zini-o’zi to’ldira oladigan tajriba bilan bo’lishishimiz kerak. Agar bir inson munosabatdan yomon hissiyotlar uchun omborxona sifatida foydalansa, ikkinchisida bu holatni davom ettirishga asos qolmaydi».

10. Odamni mensimaysiz

Mensimaslik juftlikdagi insonlardan biri o’zini ikkinchisidan ustun qo’yishi hamda juda yomon xulq ko’rsatishida aks etadi. U keskinlik bilan boshqaning kamchiliklarini ko’rsatadi yoki ifodali qarashlar, kesatiqlar va passiv-agressiv izohlar beradi – umuman olganda zaharli hatti-harakatni namoyon etadi.

Mensimaslik – mehribonlikning aksidir. Mensimaslik – huddi sevgiga kislota quyib, munosabatlarni o’ldirish degani.

Maykl Maknalti – munosabatlar masalalarida ixtisoslashgan murabbiy va psixoterapevt.