Shaxsiy hayotingizda hech kutganingizdek natijaga erisha olmayotgan bo'lsangiz, quyidagi ro'yxat bilan tanishib chiqing. Ehtimol, gap aynan “o'sha” qizning hali uchramaganida emas, balki qizlar bilan o'zingizni noto'g'ri tutishingizdadir.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Tashqi qiyofaga e’tiborsizlik

Keskin ter hidi haqiqiy erkaklik alomati emas, balki oddiy dangasalik va atrofdagilarga hurmatsizlik belgisidir. Huddi shu gap iflos kiyim va poyabzal, yuvilmagan soch, tartibga keltirilmagan tirnoqlar va chirigan tishlarga ham tegishli. Agar qiz bolaga yoqishga intilayotgan bo’lsangiz, avvaliga unga yoningizda niqobsiz o’tirish hamda ko’zlarini o’yib olishga urinmaslik imkonini bering.

2. O’ziga ortiqcha ishonish

Ayolarga (umuman odamlarga) ortiqcha katta ketish emas, shunchaki insonning o’ziga bo’lgan ishonchi yoqadi. Butun kecha davomida hech kim erishgan yutuqlaringiz haqida tinglashni xohlamaydi. O’zingizni yaxshiroq deb o’ylaganingiz tufayli ofitsiantga qo’pol muomalada bo’lishingiz hech kimga yoqmaydi. Shuningdek, hech kim go’yoki siz bilan bir havodan nafas olishning o’ziyoq iltifot ekanligini his qilishni istamaydi.

3. Yashashni o’rgatish

Ortiqcha katta ketishga xos bo’lgan yana bir xato. Hattoki, eng yaxshi niyatda sodda qizga qanday kiyinish, qayerda, kim bo’lib va qanday ishlashni yoki qanday maqsadlarga erishishni tavsiya qilishga urinmoqchi bo’lsangiz, bir zum to’xtang va o’ylab ko’ring: o’zi sizdan buni so’radilarmi?

Ayollar doim hayotlarini ekspert nuqtai nazaridan baholashga urinadigan hamda “Axir bo’lajak onasan” qabilidagi vajlarni takrorlaydigan erkaklarga to’qnash keladi. Bu holat ularni jahlini chiqaradi, deyish – hech narsa demaslikdir.

Erkaklar g’amho’rligining boshqacha shakli menspleying deb nomlanadi. Bunda erkak ayolning jinsi tufayli unga past nazarda qarab gapiradi. Aslida, bu “qizlar uchun maxsus izohlar”dir. Shu tariqa, erkak suhbatlashayotgan ayolning mavzudan xabardorligi hamda uning aqliy qobiliyatlarini shubha ostiga qo’yadi.

4. Ko’rinmas bo’lish

Bunda hammasi oddiy: sizning bor-yo’qligingizni bilmaydigan odamga yoqishning iloji yo’q. Shu bois, soyadan chiqish va tanishishga kuch topish muhim qadamdir. Agar tortinchoqlik tufayli buni bajarishga qiynalsangiz, maqoladagi maslahatlardan foydalaning:

Keyingi qadam – yoqtirishingizni bildirish. Xushomadlar ayting, savollar bering, hazillashing, uchrashuvga taklif qiling – xullas, qizga tanishuvdan maqsad shunchaki oddiy suhbat emasligini ko’rsating.

5. Ortiqcha bosim o’tkazish

Ayollarning ko’nglini olishga oid ko’plab g’alati uydirmalar mavjud. Masalan, ayolga erishish zarurligi, go’yoki ayol sevib qolishi uchun jahannamni bosib o’tish kerakdek. Yana bir antiqa uydirma – ayolning “yo’q” degani aslida “ha” degani, deb o’ylash. Ya’ni sizning ko’r-ko’rona tirishqoqligingiz uning roziligini kafolatlaydigandek.

Bularning nimasi noto’g’ri? Ya’ni, qiz bola avvaldan yo manipulyator, yoki fikrini oson o’zgartirish mumkin bo’lgan odam sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, bu qarash hurmatsizlik bo’lib, bunday qiz bilan aloqa bog’lashdan maqsad tushunarsizdir.

Albatta, agar sizga kimdir yoqsa, qiyinchiliklar oldida bo’yin egish kerak emas. Lekin yoqtirishni noziklik bilan bildirish kerak. Kuchli bosim shaxsiy chegaralarga dahl qilish kabi tushuniladi.

6. Ta’qib qilish

Ta’qib qilish – qat’iyatning vasvasaga tushish holatiga o’xshash keskin shaklidir. Bunday hatti-harakat qo’rquv va chetlanishdan boshqa hech qanday hisga sabab bo’lmaydi.

7. Sovvuqqon va dimog’dor bo’lish

“Ayolni qancha kamroq yaxshi ko’rsang, unga shuncha tezroq yoqasan” formulasi faqatgina o’ziga past baho beradigan va qurbon kompleksiga ega qizlarda ish berishi mumkin. Qolganlarda esa ko’rmana beparvolik moyillikka sabab bo’lmaydi.

8. Yolg’on gapirish

Munosabatlar ishonchga quriladi, shu bois har qanday yolg’on bir zumda ularni yo’qqa chiqaradi. Biroq, bunda farqni tushunish zarur: o’zini yaxshiroq tomondan ko’rsatish istagining yomon joyi yo’q, ammo ijtimoiy maqomini oshirib ko’rsatish yoki rafiqasi va farzandlari borligi kabi muhim ma’lumotlarni yashirish, oxir-oqibat salbiy natijaga olib keladi.

9. Taqqoslash

Qizni sobiq qizlari yoki qarindosh ayollarning ro’yxatiga qo’shish yaxshi fikr emas. Har qanday jihatdan taqqoslash uning o’ziga xosligini pastga uradi.

Umuman olganda, avvalgi munosabatlar to’g’risida gapirishdan tiyilgan ma’qul: axir siz yangi munosabat qurmoqchisiz, unga o’tmishning keragi yo’q.

10. Mas’uliyatsiz bo’lish

Uchrashuvlarni doim ortga sursangiz yoki ularga muntazam kech qolsangiz, nimanidir va’da qilib bajarmasangiz, qizning ko’ziga faqat e’tiborsizlik ko’rinadi. Bu qanday istakni yuzaga keltirishi mumkin? To’g’ri, siz bilan aloqani uzish istagini.

Demak, qizga yoqish uchun nimalar qilish kerak

1. Qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qoling

Bu, ayniqsa, uzoq muddatli munosabatlarga intilganda muhim. Yolg’on gapirmang, o’zingizni begona obrazda ko’rsatmang va o’yin o’ynamang. Avvaliga bular qizning e’tiborini tortishga yordam bergan taqdirda ham, haqiqat tezda oshkor bo’ladi.

2. Hurmat ko’rsating

Qizni o’zingizga teng shaxs sifatida qabul qiling, unga bosim o’tkazmang, faqat o’zingizni ko’rsatishga urinmasdan, u haqida ham bilishga harakat qiling. Yana, bergan so’zingizda turish va tartibli tashqi qiyofani saqlash ham hurmat ko’rsatishdir.

3. Rad javobidan qo’rqmang

Qo’rquv ishda yaxshi hamrox emas. Har qanday vaziyatda ikkilanishdan azob chekkandan ko’ra, munosabat bog’lashga urinib ko’rgan afzal. Hattoki, omadsizlikka uchragan taqdiringizda ham, qarshi jins vakillari bilan muloqot qilishda yangi tajribaga ega bo’lasiz.