Savdo markazi yoki supermarketga kirganda keraksiz xaridlar qilish odatingiz ko'p takrorlanadimi? Yetarlichami? Biroq, rejamizda bo'lmagan narsalarni sotib olishga majbur qiladigan turli nayranglar haqida aksariyat odamlar bilmasalar kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

Marketologlar tomonidan sotuvlar hajmini oshirish uchun qo’llaniladigan 10ta eng keng tarqalgan nayrangni e’tiboringizga havola etamiz.

Noqulay kassalar

60 foizdan ortiq odamlar kassa yonida navbatda turganida keraksiz xaridlarni amalga oshiradi. Kassa hududi xaridorga rejada bo’lmagan xaridni qaytarish imkonini bermaydigan usulda joylangan bo’ladi, ya’ni keraksiz narsani, ayniqsa tovarlar aravachada bo’lsa, ularni qo’yish imkoniyati deyarli mavjud emas.

Dam olishsiz dam

Restoran hududlarida dam olib, tamaddi qilgach, xarid qilishda davom etish mumkin. Aslida, taom ustida ko’p vaqt o’tkazishning iloji yo’q: noqulay mebel, stollar orasidagi kam masofa, shovqin va aks-sado o’z ta’sirini o’tkazadi. Bunday holat savdo markazlariga odamlarni uzoq vaqtga ushlab qolish va doimiy almashuvchi xaridorlar oqimini ta’minlash imkonini beradi.

Na deraza, na soat

10 скрытых уловок, которые заставляют нас тратить в магазинах больше

Hammaga ma’lumki, kazinoda na soat, na deraza bo’lmaydi: bu odam reallik hissini yo’qotishi hamda iloji boricha ko’proq vaqtini (pulini) sarflashiga qaratilgan. Soatlar bo’lmaydigan, derazalar ham kamdan-kam uchraydigan savdo markazlari ham huddi shunday tamoyil ostida ishlaydi.

Shinam do’konlar

10 скрытых уловок, которые заставляют нас тратить в магазинах больше

Savdo markazlaridagi barcha yo’laklar yorqin yoritilgan, dinamiklardan esa baland musiqa eshitiladi. Bundan tashqari, poldagi plitka yorug’lik va tovushni juda yaxshi aks ettirish orqali ta’sirni kuchaytiradi. Biroq, do’konga kirishingiz bilan poldagi qoplama mayin, yorug’lik u qadar keskin emas, musiqa esa yoqimli bo’lib qoladi. Bularning bari qulaylik hissini uyg’otadi va do’konda ko’proq qolishga undaydi.

Kiyinish xonalaridagi ayyor ko’zgular

Qanchalar afsuslanarli bo’lmasin, ammo kiyinish xonalaridagi ko’zgular bizni yanada kelishgan, toblangan va baland qilib ko’rsatadi. Masalan, ayrim ichki kiyim do’konlarida ko’zgularga pushtirang pigment qo’shiladi, natijada teri toblangan bo’lib ko’rinadi. Bu hiyla sotuvlarni oshirishga yordam beradi: amaliyotning ko’rsatishicha, u yoki bu kiyimda o’zimizga qancha ko’p yoqsak, uni sotib olishimiz ehtimoli ham shuncha ortadi.

Mahsulotlar joyini o’zgartirish

Agar bir odam ma’lum vaqt davomida bitta do’kondan tovarlar xarid qilsa, u yoki bu mahsulot qayerda turishini yaxshi biladi va boshqa peshtaxtalarga qaramasdan, o’ziga kerakli tovar tomonga yo’l oladi. Joylar alishtirilganidan so’ng, barcha mahsulotlarning joyi o’zgaradi va xaridorning kerakli mahsulotni topish uchun boshqa peshtaxtalarni ko’zdan kechirishiga va yo’l-yo’lakay aravachani to’ldirishiga to’g’ri keladi.

Ayyor yoritish usuli

Ma’lumki, sariq rangning ma’lum bir tusiga ega bananlar yaxshiroq sotiladi. Bu qoida boshqa sabzavotlar va mevalarga ham tegishli. Do’konlarning egalari esa buni juda yaxshi biladilar. “Mukammal” va haqiqiy ranglarning mos kelmasligi muammosi yoritish orqali bartaraf etiladi: “to’g’ri” yorug’lik har qanday tovarga jozibali ko’rinish berishi mumkin.

Sun’iy talab

Masalan, turli sharbatlar turadigan peshtaxtalarni olsak. Sharbatlarning tekis saflari orasida ba’zan “yoriqlar” bo’lishiga e’tibor berganmisiz? Bizga bu mahsulot shu qadar yaxshiligi tufayli yaxshi talabga ega bo’lgandek tuyuladi. Afsuski, odatda sharbatlar sun’iy talabni hosil qilish uchun do’kon ishchilari tomonidan olib qo’yiladi.

O’ziga ishonchsizlikdan foydalanish

Do’konlardagi kiyinish xonalaridan tashqarida o’rnatilgan ko’zgular sotuvlarda muhim o’rin tutadi: agar odam o’ziga ishonmagan yoki shunchaki ko’rinishi joyida bo’lmasa, ko’zgularda doim aks etuvchi qiyofasi unga buni eslatib turadi. Bunday usul tashqi qiyofani yaxshilaydigan nimanidir xarid qilishga sabab bo’ladi.

Kontrast o’yini

Tasavvur qiling, bir peshtaxtada bir xil tasnifli ikkita choynak turibdi. Lekin ulardan birining narxi 49 099 so’m, boshqasiniki esa – 50 000 so’m. “Arzonroq” choynakning sotuv darajasi yuqori, ammo qimmatrog’i deyarli e’tiborsiz qoladi. Nima uchun bunday? Gap shundaki, biz xarid qilish chog’ida buyumlarning haqiqiy qiymati emas, balki juda foydali xarid qilayotganimiz haqida o’ylaymiz.