Ayrim hayvonlar odamlarni haqiqatdan hayratga soladigan g'aroyib qobiliyatlarga ega. Biroq jonivorlarning bunday layoqatlari borasida haqiqatga hech qanday aloqasi bo'lmagan ko'plab uydirmalar mavjud. Xo'sh, hayvonlar to'g'risidagi qaysi gaplarga ishonmasligimiz kerak?

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Itlarning tanasi terlaydi

Aslida itlarning tanasi terlamaydi. Ular boshqacha usul yordamida, ya’ni tilini chiqarish va og’ir nafas olish orqali sovishadi.

2. O’rdakning g’ag’illashi aks-sadosiz bo’ladi

Har qanday tovushning aks-sadosi bo’lganidek, o’rdak g’ag’illashida ham aks-sado bor. Shunchaki u juda past bo’ladi va odam ko’pincha uni eshitmaydi.

3. Opossumlar dumiga ilinib boshi pastda holatda uxlaydi

Opossumlarning dumi daraxtlarda yurishga va buyumlarni olishga yordam beradi. Biroq katta jonivorlar juda og’ir bo’ladi va shoxga faqatgina dumi bilan uzoq vaqt ilinib, uxlay olmaydi.

4. Ko’rshapalaklar hech narsa ko’rmaydi

Taxminlarga ko’ra, ko’rshapalaklar ko’p bo’ladi va aynan shuning uchun parvoz vaqtida tovush yordamida yo’nalish oladi. Biroq bu noto’g’ri. Ko’rshapalaklar ko’ra oladi, ammo uni o’tkir deb bo’lmaydi.

5. Odam uxlayotganida o’rgimchakni yutib yuborishi mumkin

Havo oqimlarini chiqaradigan odam og’zidan vaqti-vaqti bilan xurrak eshitiladi va bu o’rgimchaklarni juda qo’rqitadi. Shu bois ular hech qachon og’zingizga kirmaydi.

6. Qo’ylar – juda ahmoq jonivorlar

Endilikda “qo’ydek ahmoq” jumlasini xushomad deb hisoblasangiz bo’ladi. Xususan, qo’ylar hayvonlar uchun yetarlicha aqlli ekanligi isbotlangan. Ularni o’rgatishga moyil, odamlarning yuzlarini eslab qoladi, o’z ismlariga javob qaytaradi, ranglar va kompozitsiyalarni eslab qoladi.

7. Tilla baliqning xotirasi qisqa

Tilla baliqning xotirasi davomiyligi 3 soniyadan oshmasligi to’g’risida uydirma keng tarqalgan. Lekin Janubiy Avstraliyadagi maktab o’quvchilari tomonidan o’tkazgan tajriba bu taxminni yo’qqa chiqardi. Ma’lum bo’lishicha, tilla baliqning xotirasi bir necha oylargacha yetishi mumkin ekan. Bunday davomiylik baliqchalarga yegulik topish va xavfdan qochishga yordam beradi.

8. Qushlar odamning isi kelsa, polaponlarini tashlab ketadi

Odamlarning fikricha, uyasidan tushib ketgan polaponga yordam berish mumkin emas, chunki inson hidi uning ota-onasini cho’chitishi mumkin. Biroq qushlarning hid bilish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan va ular bolasidagi hidni sezmaydi. Bundan tashqari, ular uyasini haqiqiy xavf yuzaga kelganida tark etadi.

9. Sog’lom mushukning burni xo’l va sovuq bo’lishi kerak

Mushuk burning iliq va quruqligi veterinarga yugurish uchun bahona bo’lolmaydi. Bunday holatga issiq havo, uzoq vaqt uxlash va yuzini yalash sabab bo’lishi mumkin. Agar qurigan burunga terining ko’chishi, ishtahaning yo’qolishi va uyquning buzilishi qo’shilsa, tashvishlanish mumkin.

10. Pantera – mushuksimonlarning alohida turi

Aslida olimlar o’ziga xos qora tusdagi leopardlarni ifodalash uchun “qora pantera” atamasidan foydalanadilar. Alohida “pantera” turi esa mavjud emas.