Barchasi qo'ldan ketib, bu olam chil-parchin bo'layotgandek tuyulgan bir paytda, dunyoda uni qutqarishga kuchi yetadiganlar ham borligini yodda tuting.

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizga beminnat yordamga qodir bo’lgan va boshqalarning tashvishini chetlab o’ta olmaydigan insonlar haqida so’zlab beramiz.

Uysiz odam boshpanasiz hayvonlarni to’ydirish uchun laymlar sotadi

© ลุงดำคนรักแมว/facebook

Har kuni u Tailand ko’chalariga chiqib, ko’chadagi mushuklarga yegulik sotib olish uchun laymlar sotadi. Lung Dum (Loong Dum) ismli erkak buning uchun o’zi och qolishga ham tayyor. “Men ovqatlanmay qolsam ham, o’zimni yaxshi his qilaman, ammo ular menga ishonishadi va kutishadi – ularna pand berolmayman”, – deya tan oladi uysiz.

Uning hikoyasi internetdan joy olganidan so’ng, odamlar unga hayvonlarni ovqatlantirishda yordam bera boshladilar.

O’qituvchi hamfirklik belgisi sifatida o’quvchisiga sochlarini oldirdi

© Paula Pollock/Facebook

11 yoshli Jekson Jonston (Jackson Johnston) saraton bilan kurashayotgan sevimli buvasini qo’llab-quvvatlash uchun sochlaridan voz kechdi. Biroq, bolakayni sinfdoshlari tushunmay, kalaka qila boshladilar. Jekson juda hafa bo’ldi, shunda uning o’qituvchisi olijanob ishga qo’l urdi. U o’quvchisiga hamfirklik belgisi sifatida Jeksonga butun sinf ko’zi oldida o’z sochlarini qirib tashlashga ruxsat berdi. Darhaqiqat, juda ibratli misol.

Sartarosh qiyinchilikka qaramay autist bolaning sochlarini olib qo’ydi

© Evan O Dwyer/facebook

Autizm xastaligiga uchragan 16 yoshli Evan O’Dvayer (Evan O’Dwyer) sartarosh o’rindig’ida o’tirgan paytida birdan o’zini noqulay his qila boshlagan. Bola keskin o’rnidan turib, oilaviy mikroavtobusga yugurib ketgan – bu yerda u o’zini doim xavfsizlikda sezgan.

Sartarosh Donchi O’Konnellning (Donncha O’Connell) keyingi hatti-harakati internetdagi odamlarni hayratga solgan. U xotirjam o’rnidan turib, anjomlarini to’plagan va avtomobildagi Evanning oldiga yo’l olgan. Bu yerda u bolaning akasi yordamida o’z ishini yakunlagan va Evan mutlaqo tinchlangan holatda uyiga yo’l olgan.

Kafe puli yo’q odamlarni bepul ovqatlantiradi

© pikabu 

«Maidat» nomli kafe Dog’istonning Maxachkala shahridagi markaziy masjid yonida joylashgan. Yaqinda ushbu maskanning rahbariyati ovqatlanishga ehtiyoji bo’lgan, ammo uning haqqini to’lay olmaydigan odamlarga bepul to’yimli taom taqdim etish qarorini qabul qildi. Aytgancha, kafeda ehtiyojmandlar uchun menyu muntazam o’zgarib turadi.

Omadli dasturchi hech kimga keragi yo’q itlarni qutqarshidan quvonadi

© Rakesh Shukla/Facebook 

Hindistondagi IT-kompaniyasining asoschisi Rakesh Shukla (Rakesh Shukla) hashamatli turmush tarziga qaramay, o’zini bahtiyor sezmagan. Barchasi 2009 yilda, ya’ni u birinchi marta uyiga jarohatlangan itni olib kelganida o’zgargan. Shu paytdan boshlab Shukla har bir uchragan baxtsiz itni uyiga olib kelgan. Hayvonlarning soni ko’payganida esa, dasturchi itlar bemalol aylanishi uchun yer va ferma sotib olgan.

Hozirda uning 700 dan iti bo’lib, fermada 10 kishi ishlaydi. Rakeshni “Itlar otasi” deb chaqirishadi va bu chindan ham shunday. “Men ularning so’nggi boshpanasiman: aksariyat itlar kasal, qari va shunchaki mendan boshqa hech kimga kerak emas”, – deydi Rakesh.

Axlatchi tashlangan kitoblardan kutubxona yaratdi

© José Alberto Gutiérrez Sandoval/Facebook

Kimdir jonivorlarni qutqaradi, kimdir – falokatga uchragan odamlarni, kolumbiyalik axlatchi Xose Alberto Gutiyerrez esa kitoblarni qutqaradi. 20 yil avval u axlat qutisiga tashlab yuborilgan Tolstoyning “Anna Karenina” asarini topib olgan va saqlab qo’ygan. Shundan beri Gutiyerrez o’zining bepul kutubxonasida qariyb 25 ming tashlab yuborilgan kitoblarni to’plagan. Shaharda uni “Kitoblar hukmdori” sifatida tanishadi.

Bolakay dugonasiga yasama soch uchun 2 yil sochlarini o’stirdi

© Jason Boone/Facebook

Gabbi 4 yoshida alopetsiya bilan hastalangan. Shundan buyon uning doim bosh kiyimida yurishiga to’g’ri kelgan va qizcha bundan juda uyalgan. U Tayler bilan tanishganida yangi do’sti Gabbining onasidan “Do’stim uchun nima qila olaman?”, deb so’ragan.

Gabbi o’z sochlarini o’stira olmasligini tushungan Tayler buni o’zi amalga oshirishga qaror qilgan. Yasama soch uchun zarur 25 sm. uzunlikka erishish maqsadida Tayler 2 yilini sarfladi. Kattalar bolakayning bu qadar jiddiy harakatidan hayratga tushdilar.

Ayol buyragini do’stiga berish uchun 18 kg.ga ozdi

© Bekah Ceidro/Facebook

32 yoshli Rebekka Seydro (Rebekah Ceidro) do’sti va sobiq hamkasbiga buyraklar transplantatsiyasi talab etilishidan  xabar topganida 90 kg. vaznga ega edi. Rebekka bir daqiqa ham o’ylab o’tirmasdan unga o’zinikini taklif qilgan. Quvonarlisi, u donorlikka mos bo’lsa-da, bu vazifa uchun kamida 8 kg. ortiqcha vaznga ega edi.

Shunda Rebekka qat’iy choralar ko’ra boshladi: turmush tarzini o’zgartirib, mashqlar va yugurish bilan shug’ullana boshladi. Bir yil o’tmay u 18 kg. vaznini yo’qotishga erishdi! Buyrakni ko’chirib o’tkazish bo’yicha amaliyot 2017 yilning kuziga belgilangan.

Pianinochi boshpanasiz mushuklarni qutqaradi

© sarperduman/instagram

Istambullik pianinochi Sarper Dyuman (Sarper Duman)   ko’chadan 9 ta mushukni qutqarib olgan. Ularning orasida qarigan va nogiron jonivorlar ham bor.

Mushuklar xaloskorlaridan benihoya minnatdor va butun vaqtlarini uning yonida o’tkazishni hush ko’rishadi. Endi ular musiqachi ijodining eng sodiq muxlislariga aylangan. Ba’zida esa mushukchalarning o’zlari ham musiqa bastalashga tayyor. Masalan, mana bu videoda bo’lgani kabi.