Aytingchi, o'zbek yoki butun jahonga mashhur xorijiy firmalar va kompaniyalarning nomlarini to'g'ri talaffuz qilayotganingizga mutlaqo ishonchingiz komilmi?

  •  
  •  
  •  
  •  

1. PAYNET

«Paynet» – eng ommalashgan mahalliy to’lov tizimi bo’lib, ko’cha tilida avval boshdanoq «PAYNET» deb aytiladi. Biroq, aslida bu ommabop brendni «PEYNET» deya talaffuz qilishimiz kerakligi haqida kamchilik biladi. Xususan, ingliz tilidan tarjima qilinganda “PAY” – «PEY» – to’lov, va “NET” –«NET» – tarmoq degan ma’nolarni anglatadi. Natijada, mantiqan «TO’LOV TARMOG’I» so’z birikmasi kelib chiqadi. Biz uchun odatiy tus olgan «PAYNET» so’zini yanada chuqurroq tahlil qiladigan bo’lsak, «PAY» – “PIE” – tarjimada «PISHIRIQ» so’zini bildiradi. Shu tariqa, «PISHIRIQLAR TARMOG’I» singari biroz tushunarsiz ibora yuzaga keladi. Biroq, hammamiz bilamizki, O’zbekistondagi aksariyat inglizi tilida so’zlashuvchilar ham ommadan ajralmaslik uchun o’zimiz uchun tushunarli tarzda «Aka, PAYNET, ishlavottimi?» deya savol berishadi. Agar «Aka, PEYNET, ishlavottimi?» deb so’rasak, javob «A?! Nima?» ko’rinishida bo’lishi aniq. Tarifingizga to’lov amalga oshirilishini istasangiz yaxshisi hamma kabi talaffuz qiling 🙂 

2. LES AILES

«Les Ailes» – mamlakatimizda fransuz tilini sanoqli odamlargina bilishiga qaramay, siz uchun bir haqiqatni ochishni va mazkur til bo’yicha kichik dars o’tib berishni maqsad qildik. Xususan, tovuq qanotlari va tovuq go’shtidan boshqa taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu mahalliy fastfud brendi bir qarashda mantiqan tuyulgan «LES AYLES» deya aytilishi hayratlanarli emas.  Biroq, “muhabbat tili”ni ommalashtirish uchun mashaqqatli mehnat qilgan Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Onore de Balzak, Gyugo kabi mashhur fransuz adiblari buni birdan eshitib qolishganida, tilni o’zlari o’ylagandek oxirigacha ommalashtira olmaganlarini tushunib yetishgan bo’lardi 🙂 To’g’ri talaffuz quyidagicha…. Diqqat: «LE ZEL» fransuz tilidan tarjima qilinganda «QANOTLAR» degan ma’noni bildirib, muassasaning nomini izohlaydi va oqlaydi 🙂

 3. BLACK BEAR

«Black Bear»– bu qahva ixlosmandlari uchun yolg’iz qolib, bir finjon mazali «Amerikano» yoki «Latte» ichish mumkin bo’lgan Toshkent shahridagi eng sevimli maskanlardan biri. Biroq, «Latte»ni astagina simirib o’tirgan aksariyat odamlar shunchaki oddiy “pivoxona”da o’tirganlarini hattoki o’ylamaganlar ham! Nima uchun deysizmi? Bu haqiqat! Lifehaq.uz mamnuniyat bilan sizga boshlang’ich ingliz tilidan mahorat maktabini o’tib beradi. Gap shundaki, mahalliy «BLEK BIER» ommabop talaffuzi tarjimada «QORA PIVO» deganidir! Agar bu shunday talaffuz qilinsa, yozuvda ham BLACKBEER (BEER – [bɪər] – PIVO) sifatida bo’lishi kerak edi. Tabiiyki, bu “pivoxona”ning asl mohiyatini izohlab beradi. Aslida «BEE – [beər] – AYIQ» deya talaffuz qilish to’g’ri bo’lardi. Shunday qilib, do’stlar, siz yo qahva ihlosmandisiz, yoki muzdekkina pivoxo’rsiz!

4. LACETTI 

«Lacetti» – nahotki mahalliy LACETTI brendi ham noto’g’ri aytilsa? Ehtimol. Biz bu so’zni «LASETTI», «LATSETTI» sifatida talaffuz qilishga odatlanganmiz – bu to’g’ri bo’lishi mumkin yoki mutlaqo noto’g’ri ham. Mazkur holatda haqiqatdan ham adashish mumkin. Lifehaq.uz kichik fonetik tadqiqot o’tkazdi: italyan tilida S harfi [tЅ] yoki [i], [e] unlilaridan avval «CH» sifatida o’qiladi:

cena [‘tЅena] – chena – kechki taom
cima [‘t
Ѕi:ma] – cho’qqi

Shu tariqa, LACETTI italyan tilida «LACHETI» deya aytiladi. Biroq, lotin tili varianti ham mavjud – «LATSETTI», albatta, chiroyli eshitiladi (“latsertus” – yosh, baquvvat). Lekin, tilshunoslik jihatidan noto’g’ri sanaladi, chunki yuksak mantiqli, akademik lotin tili sof italyan “ti” suffiksiga ega oddiy xalq tiliga mos kelmaydi. Xo’sh, to’g’ri talaffuz qanday bo’ladi? Barchasi so’zning aynan qaysi tilda yozilganiga bog’liq 🙂 Shunga qaramay, sizni adashtirmaslik uchun Lifehaq.uz ushbu so’zning original talaffuzini bu yer va bu yerda tinglab ko’rishni taklif qiladi!

5. WESTMINSTER UNIVERSITY

Bu mamlakatimizdagi eng ko’p talabga ega oliygohlardan biri, ammo uning nomi ko’pincha noto’g’ri aytiladi. Halq orasida shunchaki «VEST» so’zi ommalashgan. Ingliz tilidan ancha uzoq bo’lgan yoshlar va kattalar uni siyosiy lavozim bilan uyg’unlashtirishni afzal ko’rib, «vestMINISTR» deb aytish orqali uning ma’lum vazirlik ekanligini ta’kidlashadi. Agar bu so’zlarning tarjimasi alohida tekshirilsa, «VEST – WEST– G’ARB», «MINISTER» esa – o’zimizning oddiy (albatta, u qadar oddiy emas) ministr, ya’ni vazir bo’lib chiqadi! Natijada, «G’ARBIY VAZIR» degan ancha mantiqsiz so’zlar birimasi yoki lavozim yuzaga keladi  Aslida, maskanning vazirlikka hech qanday aloqasi yo’q. «WESTMINSTER» – Véstminster, Uéstminster, shuningdek Vestmínster (ingl. Westminster) — Londonning tarixiy hududi, Vestminster ma’muriy okrugining bir qismidir. Vestminster hududida Londondagi asosiy me’moriy obidalar – «London ko’zi», Vestminster abbatligi, Big-Ben, Vestminster saroyi, Parlament uylari joylashgan. Lekin, bular bizga nimaga kerak. «Ministr», ya’ni vazir so’zi kuchliroq eshitiladi va binoning o’zi ham kichik vazirlikni eslatadi 🙂

6. XIAOMI

«Xiaomi» – Mazkur ommabop xitoy brendining nomi har xil tarzda buzilib aytiladi. «Ksyaomi» yoki «Syaomi» so’zlari qadrdondek eshitilishiga qaramay, bu brendning mavjudligi haqida 3 yil avval deyarli hech kim bilmagan. Bu orada, to’g’ri talaffuz – «Shyaomi» (Diqqat! Urg’u oxirgi bo’g’inga tushadi). Hayron bo’lmang! Bu xitoy tili! Biroq, biz uchun harflab talaffuz qilish osonroq, albatta 🙂

7. HYUNDAI

«Hyundai» – ushbu koreys brendini turlicha talaffuz qilamiz: «XYONDAY», «XUNDEY», «XYUNDAY», ammo buni unuting. Eng to’g’risi «XYONDE» va urg’u oxirgi bo’g’imga tushadi. Koreys tilidan tarjima qilinganda bu so’z «ZAMONAVIYLIK» degan ma’noni bildiradi. Transliteratsiyaga xos bu kabi murakkabliklar boshqa davlatlarda ham uchraydi, shu bois bizga bu kechirimli 🙂

8. SAMSUNG

«Samsung» – O’zbekistonda va butun sobiq Sovet hududida o’rnashib qolgan noto’g’ri talaffuzli yana bir nom – «SAMSUNG». Biroq, O’zbekistonda bu brendni to’g’ri talaffuz qiladigan odamning o’zi bo’lmasa kerak, axir «SAMSUNG» aslida ham «SAMSUNG»da, buning nimasi noto’g’ri? Shunga qaramay, so’zdagi birinchi bo’g’imga urg’u bergan holda «SAMSON» deya talaffuz qilish to’g’ri bo’ladi. Koreys tilidan tarjima qilganda bu so’z «UCH YULDUZ» degan ma’noni beradi. To’htang-chi! «SAMSUNG» biz uchun odatiy va yaqinroq, axir talaffuzimizni o’zbekcha fastfud hisoblangan SOMSA o’rnida qabul qilishlarini istamaymizku 🙂

9. LEVI’S

«LEVI’S» – mi yoki «LIVAYZ»? Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, ikkala variant anchadan buyon umumiy talaffuzga chuqur o’rnashib olgan, hattoki AQShda ham ikkala so’z aytiladi. Odamlar qiziqishda, bahslashishda, isbotlashda davom etadilar, ammo bu holatda jami isbot bazasi ikki narsaga to’qnash keladi: ingliz tilida so’zlashuvchilar ko’pincha «Livayz» deydilar, chunki ingliz tili qoidalariga ko’ra Levi ismi «Livay» deya o’qiladi; ammo, dastlabki jinsi asoschisining ismi Levi bo’lgan. Levi Shtrauss nemis yahudiyi bo’lib, tug’ilganida unga Loeb ismi qo’yilgan. U 18 yoshida vatani Bavariyadan San-Fransiskoga ko’chib keladi va ismini Shtatlarda aytish qulay bo’lishi uchun Leviga aylantirgan. Agar ingliz tili grammatikasiga qarasak, to’g’ri holat «Levis» bo’ladi.

10. KÄRCHER

Ko‘pgina vatandoshlarimizga yaxshi tanish bo‘lgan «KÄRCHER» brendini ingliz tilidagi transkriptiga qarab, ko‘pincha «KARCHER» kabi ingliz tiliga mos ravishda o‘qidilar, ba’zilari hatto buni “KERCHER” deb bilishadi. Murakkablashtirishni hush ko‘radiganlar buni «KARSHER» deb fransuzcha talaffuz qilishni afzal ko‘rishadi.

Ammo, shunga qaramay, «KÄRCHER» nomi nemis ildizlariga ega bo‘lib, nemis tilida «E» va «Yo» o‘rtasidagi tovush bilan talaffuz qilinadi va «CH» harflari kombinatsiyasi  esa bizning yumshoq “X” ga o‘xshab ketadi.

Shunga ko‘ra, «KÄRCHER» brendining talaffuzi «KERHER» yoki «KYORHER» bo‘lib chiqishi kerak, garchi oxirgi variant kamroq tarqalgan bo‘lsa-da.