Sayyoramizda yetib borish yo murakkab, yoki mutlaqo imkoni bo'lmagan ko'plab hududlar mavjud. Tabiiyki, kirish ta'qiqlangan aynan shu joylar yanada katta qiziqishga sabab bo'ladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga dunyodagi juda qattiq xohlagan taqdiringizda ham kira olmaydigan 10 ta mahfiy hududni taqdim etamiz.

Mormonlar mahfiy bazasi, Yuta, AQSH

Granit tog’i ostidagi 200 metrga yaqin chuqurlikda mormonlar tomonidan qurilgan ombor joylashgan. Mish-mishlarga ko’ra, bu yerda juda qadrli bo’lgan yodgorliklar saqlanadi. Omborga faqatgina cherkovning yuksak mansabli a’zolari kirishi mumkin. Ushbu bazaning joylashuvi uning hattoki yadro portlashiga ham chidamli qiladi.

Butunjahon urug’ omborxonasi, Svalbard, Norvegiya

Shpitsbergen orolida 2008 yilda butunjahon urug’lar ombori ochilgan. Unda butun sayyoradan keltirilgan urug’larning 250 mln. namunasi saqlanadi. Ombor oziq-ovqat tanqisligi yuz bergantaqdirda, shuningdek boshqa ko’plab sabablar tufayli odamlar yo’qotishlarni tiklay olishi uchun tashkil etilgan. Orolda tektonik faollik mavjud emas, shuningdek dengiz sathidan 130 metr balandlikda joylashgani uchun urug’larni saqlash uchun ombor mukammal joy hisoblanadi.

Niixau oroli, Gavayi, AQSH

Barchaning fikriga ko’ra, Gavayi orollari – bu dam olish hududi. Biroq, Gavayi arxipelagidagi mana bu kichkina orolga kirish ta’qiqlangan. 1863 yilda Niixau plantatsiya egalari oilasiga sotilgan va 1915 yilda unga kirish ta’qiqlab qo’yilgan. Orolga bugun ham kirish bo’lmaydi. Chaqirilmagan mehmonlar kelishiga yo’l qo’ymaslik uchun Niixau atrofi qo’riqlash xizmati tomonidan kuzatiladi.

HavenCo data-markazi, Silend

Data-markaz 2000 yilda Silend knyazligida ochilgan. HavenCo kompaniyasi bunday hududda joylashish orqali Britaniya qonunchiligidagi cheklovlarni aylanib o’tishiga ishongan. 2008 yilda markaz yopilgan, ammo 2013 yilda uning faoliyati tiklangan.

«Pionen» bunkeri, Stokgolm, Shvetsiya

Bahnhof provayderining data-markazlari 30 metr chuqurlikdagi g’orda joylashgan. Mazkur bunker 1943 yilda yadro zarbasidan himoyalanish uchun qurilgan. Inshoot ichida kunduzgi yorug’lik lampalarining nurlari ostida ko’karadigan tirik o’simliklar bor. Shuningdek, bu yerda ko’plab sun’iy sharsharalar va hajmi 2 600 litrga teng akvarium joylashgan. Shu tariqa, kompaniya g’or ichida bunker-ofislarning xodimlari uchun qulay sharoitni yaratgan.

ADX Florence qamoqxonasi, Kolorado, AQSH

Mazkur qamoqxonaning norasmiy nomi – “Tog’ Alkatrasi”. Bu nom unga shunchaki berilmagan. Mahbuslarning kameralari – butunlay toshdan ishlangan, hattoki yotoqlar va rakovinalar ham betondan quyilgan. Ichkarida ko’plab lazerli qopqonlar o’rnatilgan, po’lat eshiklar esa tarmoq orqali nazorat qilinadi. Bu qamoqxonaning barcha qo’riqchilari mahbusning qochishi ehtimolidan shubhalangan taqdirda nishonga tekkizib otish vakolatiga ega.

Menvit-Xill HHK bazasi, Yorkshir, Buyuk Britaniya

1954 yilda bu joy sovuq urush davrida signallarni ushlab qolish uchun qurilgan. Hozirda bazada nimalar qilinishi ma’lum emas, ammo u hanuzgacha butun dunyo bo’ylab razvedka ma’lumotlarini elektron to’plash bo’yicha eng yirik markaz hisoblanadi.

«Yashil na’matak» dam olish bazasi, Virdjiniya, AQSH

Qanday qilib dam olish bazasi bunday ro’yhatda bo’lishi mumkin dersiz? Gap shundaki, bu hudud faqat AQSH hukumati xodimlari kira oladigan dunyodagi deyarli eng qo’riqlanadigan kurort hisoblanadi. Mazkur dam olish bazasida yadroviy urush ehtimoli uchun qutqaruv bunkeri ham joylashgan.

Vatikanning mahfiy arxivlari

Aytilishicha, bu dunyodagi eng yopiq kutubxona. Arxivlarda VIII asrdan buyon Rim papalarining barcha hujjatlari saqlanadi. Mazkur arxivlarga kirish uchun ruhsat olish bo’yicha ancha uzoq jarayondan o’tish kerak. Bundan tashqari, ruhsat faqat ilmiy xodimga berilishi mumkin.

BoldLane to’xtash joyi, Derbishir, Buyuk Britaniya

Ushbu to’xtash joyi — yer yuzidagi eng havfsiz joylardan biri. Hayodovchilarga to’xtash joyi bilan sinxronlashtirilgan maxsus shtrixkodli chiptalar beriladi. Avtomobil ostidagi asfaltda harakat datchigi joylashgan bo’lib, mashina egasisiz harakatga kelgan taqdirda havf signalini ishga tushiradi. To’xtash joyi hududida operatorlar tomonidan boshqariladigan 190 ta videokuzatish kameralari o’rnatilgan.

51-hudud, Nevada, AQSH

51-hudud — sinov parvoz apparatlari va qurollanish tizimlarini ishlab chiqish joyidir. Dastlab bazaning nomi Vetnamdagi urush chog’ida MRB hujjatlarida qayd etilgan. Bazaga yerdan kirish cheklanganligi bilan bir qatorda, uning ustidagi havo makoni ham cheklangan. Bu mazkur hudud ustidan har qanday parvozlar ehtimolini istisno etadi. Bazaning mavjudligi katta xohishsiz tan olingan, natijada u ko’plab fitnalarning nazariyalariga asos bo’lgan.

Asosiy surat: wikimedia