Kun davomida ko'zlarimizga katta yuklanish tushadi. Shu bois ko'rish qobiliyatini uzoq yillarga saqlab qolish uchun ularga g'amho'rlik qilish kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

Kun davomida ko’zlarimizga katta yuklanish tushadi. Shu bois ko’rish qobiliyatini uzoq yillarga saqlab qolish uchun ularga g’amho’rlik qilish kerak.

1. Ko’zlarga dam bering

Agar kompyuter ekrani oldida ko’p vaqt o’tkazsangiz, ish kunining o’rtasiga kelib ko’zlarda charchoq va quruqlanish yuzaga kelishini sezgan bo’lsangiz kerak – axir, monitorga qaraganda ikki barobarga kamroq ko’z pirpiratamiz.

Monitor ko’zdan bir oz pastda taxminan 60 sm. Masofada bo’lishi kerak. Ekran yorug’ligi ko’zlarga tushmasligi uchun aksni qaytaruvchi yuzadan foydalaning.

Har 20 daqiqada ko’zlar mashqini bajaring. Buning uchun 20 soniya davomida kompyuterdan taxminan 6 metr uzoqda turgan buyumga qarang.

2. Doim quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak taqing

Ulrabinafsha nurlari nafaqat teri, balki ko’zlar uchun ham zararlidir. U katarakta, ko’z muguz pardasining kuyishi va hattoki qovoq saratoniga sabab bo’lishi mumkin.

Ko’zlarni ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoyalash uchun quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak yoki UB-filtrli maxsus linzalar taqish kerak. Hattoki eng bulutli kunda ha ko’zoynak kiyishni unutmang, chunki qor, suv, qum va asfalt ultrabinashfa nurlarini aks ettiradi.

3. Himoya ko’zoynagidan foydalaning

Ko’z jarohatiga nafaqat ishlab chiqarishda, balki uyda ham havfsizlik qoidalariga amal qilmasdan ega bo’lish mumkin. Mayda zarralar tushishi yoki kimyoviy moddalar ta’siridan ko’zlarni himoyalash uchun ko’zoynakdan foydalaning. Sport bilan shug’ullanishda, masalan suzishda, chang’i uchishda yoki basketbolda ham himoya ko’zoynagini tanlash kerak. Ular ko’z jarohatlarining oldini oladi.

Himoya ko’zoynagining linzalari polikarbonatdan ishlangan bo’lishi kerak. Polikarbonat boshqa materiallarga nisbatan 10 karra ko’proq zarbga chidamlidir.

4. Taomnomaga yurak va ko’zlar uchun foydali mahsulotlarni qo’shing

Qon aylanishini yaxshilaydigan mahsulotlar sog’lom yurak va yaxshi ko’rish qobiliyatini ta’minlaydi. Ularga sitrus mevalar, ko’katlar va yormalar kiradi. Tarkibida yuqori miqdorda sink bo’lgan yegulik ultrabinafsha zararlarining oldini oladi: loviya, no’xat, yong’oq, ustritsa, yog’siz qizil go’sht yoki parranda go’shti.

Ko’rish uchun sabzi va boshqa sariq hamda olovrang mahsulotlarda mavjud beta-karotin juda foydali. Organizmimizda beta-karotin A vitaminiga aylanadi, uning yetishmasligi esa ko’rish muammolariga olib kelishi mumkin.

Lyutein va zeaksantin — ko’zlar uchun foydali moddalardir. Ular ko’katlar, ismaloq, karam va boshqa bargsimon sabzavotlarda bo’ladi.

5. Ko’zdagi og’riqni e’tiborsiz qoldirmang

Sovuq kompress, antigistamin vositalar yoki ko’z uchun tomchilar qizarish va qichishishni ketkazishi mumkin. Agar ko’zingizga qum kirgandek his paydo bo’lsa, ko’zlarni sovuq suv yoki izotonik eritma bilan yuving.

Agar alomatlar o’tib ketmagan bo’lib, ko’zlar shishib og’risa yoki yorug’likka ta’sirchan bo’lib qolsa, mustaqil davolanmasdan tibbiy yordamga murojaat qiling.

6. Kontakt linzalarni parvarishlang

Linzalarga tegishdan avval, albatta, qo’llaringizni yuving. Linzalarni olgandan so’ng ularni dezinfeksiyalash zarur. Buning uchun faqat sifatli eritmalardan foydalaning. Kontakt linzalarni xizmat qilish muddatiga qarab muntazam alishtirib turish kerak.

Suv havzasi yoki ochiq suvda suzishni, shuningdek qandaydir kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalarni qabul qilishni rejalashtirganda linzalarni kiymang. Uyquga yotishdan avval linzalarni olib qo’ying.

7. Umumiy salomatlikni kuzatib boring

Ko’rish bilan bog’liq bo’lmagan turli kasalliklar ko’zlarni shikastlashi mumkin. Masalan, yuqori qon bosimi yoki qandli diabet ko’zlarga qon kelishini kamaytiradi. Immun tizimidagi buzilishlar ham ko’rishga salbiy ta’sir qiladi. Shu bois qandaydir jiddiy kasalliklaringiz bo’lsa, ko’zlar salomatligiga qat’iy g’amho’rlik qilish kerak.

8. Dori vositalarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomalarni e’tibor bilan o’qing

Ayrim dori vositalari o’zaro ta’sir qilishi oqibatida ko’rish muammolari yuzaga kelishi mumkin. Vositani qabul qilishdan avval salbiy ta’sirlar ehtimoli bilan tanishib chiqing. Agar dorini qabul qilgandan keyin ko’zlar qurishi, yoshlanishi, ikkilanib ko’rish, yorug’likka ta’sirchanlik, noaniq ko’rish yoki shishish kabi alomatlarni sezgan bo’lsangiz shifokorga murojaat qiling.

9. Eski kosmetikadan foydalanmang

Makiyaj uchun mo’ljallangan suyuq va kremli vositalarda ko’zlarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan bakteriyalar tezda paydo bo’ladi. Ochilgan vositalarni uch oy davomida ishlatish kerak. Yaroqlilik muddati o’tgan kosmetik vositalardan foydalanmang.

Makiyaj qilishdan avval va uni o’chirgandan keyin yuzni yaxshilab tozalash kerak. Boshqalarning kosmetikasi va do’konlardagi sinov vositalaridan foydalanmang. Agar allergik ta’sirchanlikka moyil bo’lsangiz, faqat o’zingizga mos sinalgan vositalarni ishlating.

 10. Ko’zlarni muntazam tekshirtiring

Bu ishni, hattoki, ko’zoynak taqmagan taqdiringizda ham amalga oshirish kerak. 18 dan 60 yoshgacha bo’lgan davrda yiliga ikki marttadan ko’zni tekshirtirish tavsiya etiladi. Agar bu yoshdan katta bo’lsangiz, kontakt linzalar taqsangiz, diabet, yuqori qon bosimidan aziyat cheksangiz yoki qarindoshlardan kimdadir ko’rish muammolari bo’lsa, ko’zlarni har yili tekshirtirish kerak.

11. Chekishdan voz keching

Chekish butun organizm holati, jumladan ko’zlar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chekish katarakta, ko’zlar quruqlanishi va ko’z muguz pardasi shikastlanadigan boshqa kasalliklar yuzaga kelishi havfini oshiradi. Shuningdek, chekish qon tizimida tromblar hosil bo’lishi va arteriyalar spazmini keltirib chiqaradi.

Bu nafaqat infarktga olib kelishi, balki ko’rish qobiliyatini yo’qotishga ham sabab bo’lishi mumkin. Chekishni qancha tez tashlasangiz, asoratlarga ega bo’lish havfi shuncha kamayadi.