Chiroyli poyabzal muxlislarining azobi ikki xil ko'rinishga ega. Quruq – qattiq, tarang qadoqlar. Xo'l – istalgan payt yorilishi mumkin bo'lgan shishlar. Yaxshi yangilik: ikkala turdagi qadoqni davolash mumkin, ammo har xil usul bilan.

  •  
  •  
  •  
  •  

Xo’l qadoqni davolash

Agar shish kichkina bo’lsa, uni davolashning eng oson usuli – tegmaslik va ayniqcha teshmaslikdir. Ma’lum muddatga poyabzalni o’zgartirib, shish atrofidagi teriga spirt yoki vodorod oksidi eritmasi bilan ishlov berish, shuningdek tibbiyot plastirini imkon qadar yopishtirmaslik kerak. Shish 1-2 kunda so’rilib ketadi.

Agar qadoq katta bo’lsa, tagidan teshib, suyuqlikni siqib chiqarish kerak. Hech qachon terini kesmang. So’ngra antiseptik suyuqlik bilan ishlov berib, zarur bo’lsa havo o’tkazadigan plastir yopishtirish kerak.

Jarayonni tezlashtirib, shishni quritishni istaganlar uchun bir nechta sodda usullar mavjud:

  • Margansovka. Kuchsiz eritmada bir oz qadoqni chaying. Bu qadoqni quritadi. Agar bir marta yetarli bo’lmasa, takrorlang.
  • Tuz. Ham osh, ham dengiz tuzi to’g’ri keladi. Bir choy qoshiq tuzni 1 litr qaynatilgan suvda aralashtiring. Bu aralashma bilan oyoqlarni chayish yoki vannachalar qilish mumkin.
  • Moychechak va kalendula bakteriyalarga qarshi ta’sirga ega. Shu gullar solingan vannachada oyoqni tutish orqali qadoqni quritish mumkin.
  • Tuxum shikastlangan terini tuzatishi mumkinligi olimlar tomonidan isbotlangan. Xom tovuq tuxumini chaqib, po’stidan oq qatlamni ajratib olish kerak. Uni qadoq ustiga yopishtirib, ustidan plastir qo’yilsa, qadoq bir kunda tortiladi.

Quruq qadoqni davolash

Qadoqlarni davolashga oid xalqona usullarning soni juda ko’p. Ularning barchasi qadoqni yumshatishga qaratilgan bo’lib, yumshoq qadoqni pemza toshi yoki pedikyur cho’tkasi bilan olib tashlash mumkin. Bunda amaliyotdan so’ng butun oyoq ostini krem bilan namlantirishni unutmaslik zarur.

  • Oshxona sirkasini 1:3 nisbatda suv bilan aralashtiring. Uyquga yotishdan avval qadoqqa surtib, ustidan plastir yoki kompress bilan yoping. Tongda qadoqni pemza yoki pilka bilan olib tashlash mumkin bo’ladi.
  • Limon. Eng samarali usul – suvda ivitilgan teri ustiga limon po’stini qo’yishdir. Buni yotishdan avval qilsangiz, 3-4 kundan so’ng oyoqlarni yana tuzli issiq suvda ivitib, qadoqni olib tashlash mumkin.
  • Aloe. Bargini kesib, kerakli teri qismiga havo kirmaydigan qilib qo’yish, masalan plyonka bilan qoplash va plastir bilan yopishtirish kerak. 12-24 soatdan keyin qattiq qadoq yumshaydi va uni olib tashlash mumkin bo’ladi.

  • O’simlik moyini uyquga yotishdan avval toza oyoqlarga surtgan ma’qul. Bu jarayonni qadoq yumshab, asta-sekin yo’qolgunicha takrorlash kerak. Bu usul tezkor bo’lmasada, mutlaqo xavfsizdir.
  • Soda terining o’lik hujayralarini ketkazib, tuzalish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Buning uchun iliq suvli vannachaga 2 osh qoshiq soda aralashtirib, oyoqlarni 15 daqiqa ivitish zarur. O’rtacha qadoq pemza yordamida oson ketkaziladi.

Agar qadoqni yo’qotish bo’yicha barcha urinishlar natija bermagan bo’lsa, shifokorga murojaat qilganingiz ma’qul.