Hattoki yaqinlar bilan o'tadigan eng oddiy tadbirlar ham o'z qoidalariga ega bo'lgan marosimdir. Odob-ahloq qoidalari stol oldida hammaga qulay bo'lishiga yordam bergani uchun ham ularga amal qilish zarur.

  •  
  •  
  •  
  •  

Lifehaq.uz stol oldida o’zini tutishga oid eng keng tarqalgan xatolarni sanab o’tadi.

1. Ijtimoiy tarmoqlarga yopishib qolamiz

Stol ustida telefonning turishi nojo’ya harakat alomati bo’lib, gigiyenaga ham to’g’ri kelmaydi. Telefonning vibratsiya rejimini yoqish yoki umuman cho’ntakka solib qo’ygan ma’qul. Unutmang, tarbiyali inson uchun barcha tashqaridagi suhbatdoshlar ikkinchi darajalidir. Agar tushlik chog’ida javob berish shart bo’lgan kimsa qo’ng’iroq qilib qolsa, uzr so’rab stoldan turish hamda imkon qadar tezroq barcha shoshilinch masalalarni hal qilish kerak.

2. Ovqatga birin bo’lib qo’l uramiz

Barcha taomlar juda ham mazali ko’rinishda, siz esa go’yo 7 kun ovqatlanman odamdek och bo’lgan taqdiringizda ham yakkalikda yeyishni boshlamang (hattoki, aynan sizga qarab turgan anavi go’sht bo’lagi ham mumkin emas). Restoranda hammaga buyurtmalar olib kelinishini va davrada o’tirgan xonim tanovvulni boshlashini kutamiz, mehmonda esa – uy egalari boshlab berishlari kerak.

3. Indamasdan salatni o’zimizga solamiz

Agar umumiy taom qarshisiga o’tirib qolgan bo’lsangiz, avval uni boshqa mehmonlarga taklif qilishingiz, so’ngra o’zingizga solishingiz kerak. Agar mezbonning maxsus olivesi qo’shningiz oldida turgan bo’lsa, demak bugun u “tortishi” kerak: shunchaki undan yordam so’rasangiz kifoya. Muhim: stol ustida hamma narsa doim o’ng qo’lda uzatiladi.

4. Ishlatilgan anjomlarni stol ustiga qo’yamiz

Kamida bir marotaba bo’lsada ishlatilgan qoshiqlar, sanchqilar va pichoqlar likob ichida turishi va bayramona dasturxonni iflos qilmasligi kerak. Suhbat chog’ida ham ular shu joyda qolishi kerak (Xuddi shunday, suhbatdoshning burni oldida iflos qoshiqni silkitish, bu – tarbiyasizlik).

5. Nonni tishlaymiz

Ham ana shu yumshoq fransuz bulochkalarini yeyish, ham odob-ahloq bilimdoni bo’lib qolish uchun atigi 2 jihatni e’tiborga olish kerak. Birinchisi: nonni pichoq bilan kesish kerakmas. Ikkinchisi: bulochkaning katta bo’lagini tishlash mumkin emas (yaxshisi barmoqlar bilan zarurat bo’yicha kichik bo’laklarni bo’lib olish kerak).

6. Choyli xaltachani qiynaymiz

Eng to’g’ri yo’l xaltachani qoshiqcha yordamida olib (qo’llar bilan ipga tegmasdan), bir oz finjon chetiga siqish va choy likobchasining yuqoridagi chap tomoniga qo’yishdir. Choy qog’ozi, shakar qadog’i kabilar ham xuddi yerga qo’yiladi.

7. Umumiy likobdagi sariyog’dan suramiz

Ahloq qoidalariga ko’ra, avval bir oz sariyog’ni o’z likobingizga olib, aynan shu bo’lakdan nonga surtish kerak. Shunda non ushoqlari umumiy likobga tushmaydi.

8. Tuzni faqat so’rashsa uzataman

O’zing tuz sepdingmi – stoldagi qo’shningga ham taklif qil. Stol atrofida juda uyatchan odamlar o’tirgan bo’lishi mumkin. Bundaylar nimadir so’ragandan ko’ra tuzsiz ovqat yeyishni afzal ko’radilar. Muhim: tuzdonni doim murchdon bilan birga bitta taglikda uzatamiz. Bunda uni qo’lga berish emas, balki qo’shningiz yonida stolga qo’yish to’g’riroq bo’ladi.

9. Qadahni ko’targanda unga qarab turamiz

Qadah so’zi aytilganidan keyin pastga yoki chetga qarash odobsizlik sanaladi. “Qora belbog’” olish uchun qadahlarni urishtirayotgan odamga qarash (va butun dasturxonni xo’l qilmaslik) zarur. Agar qadah so’zi siz uchun aytilayotgan bo’lsa, hamma qadahlarini bo’shatib bo’lishini kutib, keyingina o’zingiznikini ichishingiz kerak.

10. Odamlar oldida o’zimizni tartibga keltiramiz

Odamlar oldida “tartibga kelish” (hattoki hech kim qaramay turgan bo’lsa ham) – taqiqlanadi. Taroq, tish tozalagich va quloqni qashishni istayotgan barmoq – hammasini o’zimiz bilan birga maxsus xonaga olib ketamiz.

11. Bu yerda odob-ahloq bilimdoni kimligini ko’rsatamiz

Dunyoviy odamning eng yomon xatosi, bu – atrofdagi barchaga odob-ahloq qoidalari haqida so’zlash va xatolarni ko’rsatish. Bu stol oldidagi barcha urinishlarni puchga chiqaradi. Hattoki qo’shningiz sochiqchani yoqasiga tiqib olib, stol ustiga barcha gadjetlarini (balki oyoqlarini ham) qo’yib, ochiq og’iz bilan baland chapillatayotgan va sizga sanchqini niqtagan holda gapirayotgan bo’lsa ham, sizga ishonamiz: buning uddasidan chiqasiz. Sabr tilaymiz va har ehtimolga qarshi bir necha marta nafas olish yordamida tinchlanish uchun buddaviy rohiblarning texnikasini ko’rsatamiz.