Dam olish kunlari, barbod, o‘tkazish, rejalashtirmoq, oila bilan vaqt, smartfon, zavqlanmoq, ko‘p uxlamoq, pul sarflamoq, ish to‘g‘risida, bekorchilik, xotirjam

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Reja tuzmaysiz

Dam olish kunlarini daqiqasigacha aniq rejalashtirish shart emas, ammo taxminan nima bilan shug’ullanmoqchi bo’lganingizni tasavvur qilish kerak. Shunda vaqtingiz tejaladi va qiziqroq nimadir qilishni unutmaysiz.

2. Yaqinlar uchun vaqt topmaysiz

Hafta davomidagi yugur-yugurlar bilan do’stlar va yaqinlarga vaqt ajratish qiyin. Buni dam olish kunlari bajarishga harakat qiling.

3. Texnogiyalardan dam olmaysiz

Telefonni bir chetga qo’yib, ish pochtasidan chiqing. Dam olish kunlari javob bermasligingizni hamkasblarga oldindan aytib qo’ying.

4. Dam olish kunlaridan zavqlanmaysiz

Uyda yolg’iz dam olishmi yoki do’stlar bilan uchrashishmi – nimani rejalashtirganingizdan qat’iy nazar, dam olish kunlarida o’zingizga zavq beradigan narsa bilan shug’ullaning.

5. Doim uxlaysiz

Ehtimol, juma kuni juda ko’p ichib, endi o’zingizga kelayotgandirsiz. Yoki hafta davomida shunchaki charchagandirsiz. Nima bo’lganda ham, dam olish kunlarini uxlab o’tkazish oqibatida uyqu rejimingizni buzasiz va keyingi haftada o’zingizni yomon his qilasiz.

6. Juda ko’p sarflaysiz

Albatta, odam ba’zan o’zini hursand qilishni istaydi. Biroq, hafta davomida hamma narsaga cheklovlar qo’yib, dam olish kunlari keraksiz narsalarga pul sarflash natijasida, mablag’ tejay olmaysiz, hursand ham bo’lmaysiz. Ko’ngil ochishning nisbatan arzonroq usullarini izlab ko’ring. Masalan, uyda nima bilandir shug’ullaning yoki bepul tadbirga boring.

7. Siz fikrlamaysiz

Ish kunlarida hayot va maqsadlar haqida o’ylashga vaqt topilmaydi. Buning uchun dam olish kunlarida vaqt ajrating.

8. Doim ish haqida o’ylaysiz

Kelgusi dushanba uchun rejani juma kuni kechqurun tayyorlab qo’ying, shanba va yakshanbada esa ishlarni unuting.

9. Bekorchilik qilasiz va bundan afsuslanasiz

Og’ir ish haftasidan keyin shunchaki erkin nafas olib, bekorchilik qilishni istaymiz. Lekin bekorchilik tufayli zerikasiz va jahlingiz chiqadi yoki shu sababli muhim ishlarni ortga surasiz. Dam olish kunlariga nisbatan yondashuvni qayta ko’rib chiqing.

10. Siz xotirjam bo’lolmaysiz

Bunda ortiqcha xotirjamlikka berilishi ham zararli. Dam olish kunlarida umuman dam olmasangiz, ish haftasini boshlashga kuchingiz qolmaydi va kutilgan natijalarga erisha olmaysiz.

11. Keyingi haftaga tayyorlanmaysiz

Yakshanba kuni kechqurun keyingi hafta haqida o’ylash kerak: ishlar ro’yxatini tuzing, jadvalingizga qarang, yaqin kunlarda erishmoqchi bo’lganlaringiz borasida qaror qiling. Omad kaliti ham aynan shunda.