Ertaklar yoki tarix darslariga ishonadigan bo‘lsak, qirollarning farzandlari shoyi yostiqlarda uxlaydilar, tilla likopchalardan ovqat iste’mol qilib, kun-bo‘yi vaqtichog‘lik qilishadi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Dunyodagi eng mashhur taxt vorislari– Kembrij gersogi Uilyam va gersoginya Ketrin farzandlari – Jorj va Sharlottani qanday tarbiyalashlari to‘g‘risidagi faktlarni taqdim etamiz.

 

Spoyler: ular xonalarini ham o‘zlari yig‘ishtiradilar.

 

1.Mavqe— hayotni tarallabedod o‘tkazish uchun bahona emas.

 

© eastnews  

 

Kembrij gersoglari oilasida bolalar tarbiyasida yordam beradigan faqat bitta enaga bor. Ovqatlantirish, yuvintirish, bolalarni sayrga olib chiqish bo‘yicha barcha majburiyatlar esa ota-ona zimmasida. Ota Uilyam ishga ham boradi, u yerda tezkor tibbiy xizmat vertoletlarini sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Buni bolalar juda yaxshi bilishadi.

 

2.O‘zgalar mehnatini qadrla.

 

 

Qirolicha Yelizaveta ilk yoshdanoq har qanday inson – xoh u onasi tomonidan yegulik tayyorlash uchun ketgan mehnati yoki xizmatkor ishi bo‘lsin, qadrli ekanini tushunadilar. Aynan shuning uchun Jorj va Sharlotta ovqatni isrof qilmaslik kerakligini bilishadi, sochilib yotgan narsalarni o‘zlari yig‘ishtirishlariga to‘g‘ri keladi.

 

3.Oila – hayotdagi eng muhim narsa

 

© eastnews  

 

Hozir ham 4 yoshli Jorj singlisiga g‘amxo‘rlik qiladi. Keytning so‘zlariga qaraganda, ular qalin do‘stga aylanib borishmoqda. Bolalar kichikligidayoq oila tarixini biladilar va buvilari malika Diana qabrini tez-tez ziyorat qilishadi. Yana Keyt va Uilyam ham ko‘p vaqtini bolalar bilan o‘tkazishga harakat qilishadi. Masalan, Jorj otasi bilan dunyodagi barcha narsalar haqida gaplashishni yaxshi ko‘radi, onasi bilan taom tayyorlash esa Sharlottaning jonu-dili.

 

Hatto kechki ovqat vaqtida ham qirol oilasidagi an’analarga qaramay, kattalar bilan bir stol atrfida o‘tirishadi.

 

4.Har kim o‘z fikri va hislarini erkin bildirish huquqiga ega

 

 

Qirol oilasidagi “bosiq” odamlar tarbiyasi an’anasiga qaramay, Keyt va Uilyam o‘z farzandlarida hissiy intellekni faol tarzda rivojlantirmoqdalar.

 

“Maktabda bolalar bir-biri bilan muloqot qilishlarini ko‘rib, umuman boshqacha davrda yashayotganimizni tushunaman. Bizning o‘rnimizni egallaydigan o‘zini havotirga solayotgan narsani ochiqchasiga qo‘rqmay bayon etadigan avlod ulg‘aymoqda”- deya hisoblaydi Uilyam.

 

5.Ta’lim birinchi o‘rinda

 

 

Kitob o‘qish – shahzoda Jorj va malika Sharlottaning sevimli mashg‘uloti. Ona Keyt esa muzeylardagi ko‘rgazmalarga bolalarni o‘zi bilan tez-tez olib boradi. Londondagi tabiiy fanlar muzeyi ularning eng yoqtirgan muzeylaridan biridir. “Bolalar bu yerga kelishni judayoqtiradilar. Faqat dinozavrlar uchungina emasligiga, ishonchim komil”, – deydi gersoginya.

 

6.Sportni albatta sevish kerak

 

 

Gersog va gersoginya — sportni sevishlari barchaga ma’lum: Keyt maysa ustidagi xokkeyga qiziqsa, Uilyam futbol, basketbol va polo o‘ynaydi. Biroq shahzoda Jorj va malika Sharlotta hozircha sportga qiziqish bildirishmayapti. Ota-ona esa farzandlari ularning izidan borishiga ishonadilar.

 

7.Yoshdan qat’iy nazar, jamoat joylarida axloq-odob qoidalariga qat’iy rioya qilish

 

 

Ommaviy tadbirlar mobaynidagi yomon xulq-atvor yoki injiqliklar o‘sha yerdan ketishni anglatishini bolalar aniq biladilar. Shahzoda Jorj bolalar maydonchasida bu qoidani bir necha marta buzishga jazm qilgan va darhol uyga yuborilgan.

 

8.Uyda dam olish mumkin

 

 

«Ular hali hech narsa sindirishmagan, biroq doimo shunday qilishga harakat qilishadi. Jorj uyda yuguradi, buyumlarni turtadi, sakraydi. Iltimos, vaqt o‘tishi bilan biroz yengilroq bo‘lishini ayting”, – deya hikoya qiladi shahzoda Uilyam.

 

9.Jismoniy jazolarga umuman yo‘l qo‘yilmaydi

 

 

Bolalar o‘zlarini qanchalik yomon tutishmasin, Kembrij gersog va gersoginyasi jismoniy jazo qo‘llamaydilar. Uning o‘rniga ota-ona ta’sir ko‘rsatishning shaxsiy usullarini o‘ylab topishadi. Masalan, agar shahzoda Jorj jazavaga tushsa, ona Ketrin shovqin solayotgan bolaning diqqatini baland ovozda qo‘shiq aytish orqali boshqa narsaga qaratishga harakat qiladi. Ba’zida esa uning o‘zi polga yiqilib, baqirishni boshlaydi. Odatda bu qo‘l keladi, xayron qolgan bolalar tinchlanadilar.

 

10.Planshet va kompyuter — kattalarning o‘yinchoqlari

 

 

Shahzoda Jorj va malika Sharlotta ko‘p vaqtini ko‘chada o‘ynab va velosipedda uchib o‘tkazadilar. Elektron gadjetlarni olish esa ular uchun ta’qiqlangan. Keyt va Uilyamning fikricha, bunday o‘yinchoqlar bola ulg‘ayguniga qadar kutib turishi mumkin. Koptok, arqon va harakatli o‘yinlar esa tasavvurni rivojlantirishda a’lo darajada qo‘l keladi.

 

11.Multfilmlarga — ha

 

 

Gersoglar oilasida ma’lum vaqtlardan boshqa paytlarda televizor tomosha qilish ma’n etilgan. Qirol oilasi bolalarining sevimli multseriallari bor. Sharlotta ko‘pincha “Cho‘chqacha Peppa”ni qo‘yib berishlarini so‘rasa, “O‘t o‘chiruvchi Sem” Jorjning jonu-dili.

 

12.Aql bilan iste’mol qilish hayot tarzi sifatida

 

 

Keyt va Uilyam ongli ravishda iste’mol qilish tarafdori.

 

Bu eng avvalo ularning yangi urfdagi buyumlarni sotib olishni rad etishida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha suratlarda shahzoda Jorj va malika Sharlotta ota-onasi va hatto amakisi Garrining bolalikdagi kiyimlarini kiyib olganini ko‘rish mumkin.

 

Agar yangi buyum sotib olish talab etilsa, gersoginya lyuks darajasidagi brendlarni emas, demokratik markadagi kiyimlarni tanlaydi.