Ushbu hiylalar buyumlarni asl holida saqlashga yoki hech bo'lmaganda ularning chiqindixona bilan uchrashuvini kechiktirishga yordam beradi.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Lak – uzilgan tugmalar va paypoqdagi yirtiqqa qarshi

Birinchi hiyla aksariyat qizlarga ma’lum. Ya’ni, tirnoq uchun mo’ljallangan rangsiz lak yordamida paypoqdagi yirtiq yoki teshikni qotirib qo’yish mumkin. Albatta, bu usul bilan kamchilikni yo’qota olmaysiz, ammo uning yanada kattalashib ketishidan xavotirga tushmaysiz.

allforfashiondesign.com

Lak bilan bog’liq yana bir usul uzilib tushayotgan tugmani qotirishga yordam beradi. Shunchaki iplar ustiga uni surting va ular tikuv anjomlariga yetib borguningizcha saqlanib turadi.

lovethispic.com

2. Sovun – qattiq zanjirli yopqichga qarshi

winkgo.com

Agar kiyimdagi zanjirli yopqich joyidan qimirlamayotgan bo’lsa, uning ustidan bir bo’lak sovun surting. Bu sirpanishni yaxshilaydi va kiyimni yirtishga ham hojat qolmaydi.

3. Zamshni tozalash uchun – tirnoq egovchasi

goodhousekeeping.com

Tirnoqlar uchun mo’ljallangan egovcha (pilka) yordamida zamsh poyabzaldagi dog’larni osongina ketkazish mumkin. Agar ifloslanish juda kuchli bo’lsa, poyabzalni bir necha soniya bug’ ustida tutib turing, so’ngra egovchani ishga soling.

4. Charmni tozalash uchun – tish cho’tkasi va sirka

evebirilazim.com

Charm poyabzaldagi ifloslanishni sirkaga botirilgan tish cho’tkasi bilan ketkazish mumkin. Mazkur usul poyabzalda ko’chadagi reagentlar tufayli oq dog’lar paydo bo’ladigan qish mavsumida juda qo’l keladi.

5. Laklangan charmni tozalash uchun – vazelin

wimp.com

Poyabzal uchun yana bir hiyla bu safar lakka dahldor. Unda ko’pincha hosil bo’ladigan qoramtir chiziqlarni vazelin surtilgan paxtali cho’p yordamida yo’qotish mumkin.

6. Kiyimlarni saqlash uchun – yostiq jildi

bumblebeelinens.com

Eski yostiq jildidan kiyimlar uchun xaltacha yasash mumkin. Buning uchun chok tushgan kalta tomonda ilgich uchun o’yiq kesish, qarama-qarshi tomondan esa quyida ko’rsatilganidek yopishqoq qog’ozchalarni mahkamlash zarur.

goodhousekeeping.com

Bunday xaltachaning oddiy plastik xaltaga nisbatan afzalligi shundaki, uning ichida namlik saqlanmaydi, demak kiyim mog’ordan himoyalangan bo’ladi.

7. Byustgalter uchun plastir

ve.emedemujer.com

Agar byustgalterdagi simning uchi chiqib qolayotgan bo’lsa, uni tashlab yuborish yoki… teshilgan joyga sifatli plastir yopishtirib, sevimli ich kiyimni kiyishda davom etish mumkin.

8. Byustgalterlarni tartibli saqlash

dailydreamdecor.com

Ayollar ich kiyimining hayotini uzaytirishga qaratilgan yana bir maslahat. Byustgalterlarni bir-birining ichiga kiydirilgan holatda saqlang, shunda kosachalar uzoqroq shaklini saqlab turadi.

9. Sport kiyimini saqlash

gymbuddynow.com

Terli sport kiyimini darhol kirlar savatiga otish – yaxshi fikr emas: unda mog’or paydo bo’lishi mumkin. Eng yaxshi usul – dastlab sport kiyimini quritishdir.

10. Shimlarni ilgichda saqlash

Shimlaringiz shkaf tokchasida yotsa, ularni doim dazmollash va bug’lashga to’g’ri keladi. Bu esa, o’z navbatida, shimning tezda eskirishini anglatadi.

Shimlarni ilgichda saqlash eng ma’qul yo’ldir. Layfstayl-ekspert Elizabet Meyxyu (Elizabeth Mayhew) buklangan joylar paydo bo’lishining oldini oladigan quyidagi usulni taklif qiladi.

Shimlarni ko’ndalangiga taxlab, ilgichning bir tomonini suratda ko’rsatilganidek qayrilgan joyidan kiriting.

today.com

2. Shimning bir pochasini ilgichning boshqa tomoniga iling, so’ngra ikkinchi pochani ham shunday o’rang.

today.com

11. Etiklar uchun tirgaklar

Shakl tutqichlar yoki tirgaklar baland qo’njli poyabzal shaklini uzoqroq saqlab turishi uchun zarurdir. Ularni quyidagi yo’riqnoma yordamida mustaqil yasash mumkin.

1.Matodan taxminan 35 x 71 sm  o’lchamdagi (yoki poyabzalingiz o’lchami bo’yicha) ikkita bir xil parcha kesing. Har birini yarmidan buklang (ko’ndalangiga) va uzun tomonini tiking. Qisqa tomonlaridan birini garmoshka qilib yig’ing.

honestlywtf.com

2. Xaltachaning garmoshka qilib yig’ilgan tomonini rezina bilan o’rang va teskarisini o’giring.

honestlywtf.com

3. Ichiga bir oz paxta, ustidan esa o’rtacha xaltadagi loviyani joylashtiring.

honestlywtf.com

4. So’ngra konstruksiyaning ichini paxta bilan to’ldiring. Etikning qo’nji bilan taqqoslashni unutmang: ortiqcha matoni kesib tashlab, bir necha santimetr qoldirish va chetlarini qayirish zarur.

honestlywtf.com

5. Matodan ushlagichdan kattaroq diametrdagi aylana kesing. Uni ustiga qo’yib, chetlarini ichkariga qayiring.

honestlywtf.com

6. Aylanani to’g’nog’ichlar bilan biriktirib, qo’lda tikib chiqing.

honestlywtf.com

Shu bilan ishni to’xtatish mumkin. Yoki tirgaklarni bezatib, poyabzaldan olish qulay bo’lishi uchun yopishqoq qog’ozli tutqich yasash mumkin.

honestlywtf.com

Natijada mana bunday konstruksiya hosil bo’lishi kerak.

honestlywtf.com

12. Matoli ilgichlardan foydalanish

kubmarket.prom.ua

Simdan yasalgan ilgichlar og’ir matolarni yaxshi ushlab turolmaydi, shu bois vaqt o’tishi bilan kiyimning shaklini o’zgartirib yuboradi. Eng maqbul yechim – velyur yoki boshqa o’xshash mato bilan qoplangan ilgichlardir. Ular iz qoldirmaydi va kiyimlar sirpanib tushmaydi.