Bir odamning qilgan ishi minglab boshqalarni ilhomlantirgan va bu olamda nimanidir jiddiy o'zgartira olgan holatlarni qanchalar ko'p uchratamiz?

  •  
  •  
  •  
  •  

Talaba Avliyo Valentin kuni munosabati bilan barcha o’quvchilar uchun 1 500 ta origami-yurakcha yasadi

© facebook.com

Talaba har bir o’quvchi o’z tabriknomasini olishi uchun qog’ozdar 1 500 ta origami-yurakcha yasadi. Har bir yurakchada «Seni yaxshi ko’rishadi!» deb yozilgan. Bu holat butun Amerikadagi talabalar va o’quvchilarni uni davom ettirishga ilhomlantirdi.

«Yaxshilik peshtaxtasi»: unda barcha xohlovchilar muhtojlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari qoldirishi mumkin

© facebook.com

«Yaxshilik peshtaxtasi» aksiyasi Irkutsk aholisi tomonidan o’ylab topilgan. Barcha xohlovchilar supermarketda birinchi ehtiyoj tovarini sotib olib, uni muhtojlar olishi uchun maxsus peshtaxtada qoldirishlari mumkin. Endilikda shu kabi peshtaxtalar butun Rossiya bo’ylab do’konlarda paydo bo’lmoqda.

Xitoylik ko’cha tozalovchi 37 ta qarovsiz bolaning ta’limiga to’lash uchun 30 yil ishlagan

© weibo.com

Xitoydagi oddiy ko’cha tozalovchi 30 yil davomida qarovsiz bolalarga yordam berish uchun uyini sotib, ijaraga ko’chib o’tgan, so’ngra deyarli butun maoshini bera boshlagan. Uning beminnat yaxshiligi haqidagi voqea Xitoydagi odamlarni boshqa bolalarga yordam uchun hayriya qilishga ilhomlantirdi.

Notanish ijtimoiy xizmat nabirasini olib qo’ymasligi uchun nafaqaxo’rga xonadon sovg’a qildi

© facebook.com

Qozog’istonda notanish odam ota-onasiz qolgan nabirasiga vasiylikni rasmiylashtira olishi uchun uysiz ayolga xonadon sovg’a qildi. Mahalliy aholi texnika va mebel sotib olishga yordam berdi, bolakay o’qiydigan maktab esa yangi xonadonni yengil ta’mirlashdan o’tkazib berdi.

Muhtojlar bilan kiyim va mahsulotlarni bo’lishish uchun «yaxshilik ilmoqlari»

© facebook.com 

«Yaxlishik ilmoqlari» aksiyasi Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovinada tezda o’z tarafdorlarini topdi. Noma’lum odamlar axlat konteynerlari yonida ilmoqlarni o’rnatadilar. Xohlovchilar ularga muhtojlar toza kiyim yoki oziq-ovqat mahsulotlari solingan xaltalarni osib qo’yishlari mumkin.

Uyiga chipta ololmaganlarga 350 000 aviamil tarqatgan odam

© imgur.com

Tadbirkor Piter Shankmen ko’p sayohat qiladi. U 350 000 aviamil to’plab, ularni Rojdestvoda uylariga borish uchun chipta xarid qilish imkoni bo’lmagan odamlarga sovg’a qildi. Uning namunasi ijtimoiy tarmoqlardagi minglab boshqa foydalanuvchilarni bayramni oilasi bilan birga o’tkazish istagida bo’lganlar uchun o’z aviamillarini berishga ilhomlantirdi.

Turkiyada itlar ko’chada muzlab qolmasligi uchun tunda do’konlarga kiritishadi

© facebook.com

Istambuldagi do’konlarning egalari daydi itlar kuchli sovuq paytida muzlab qolmasliklari uchun ularga savdo markazida vaqtincha boshpana yaratib berdilar. Mahalliy aholi bu g’oyani qo’lladi va itlarga qulayroq bo’lishi uchun issiq adyollar va yegulik olib kelishdi.

Peterburgda noma’lum homiy nafaqaxo’rning samolyot uchun 2,5 mln. rubllik qarzini to’ladi

© wikimedia.org

Sankt-Peterburgda noma’lum kishi nafaqaxo’rlardan birining hisobiga yozilgan 2,5 mln. rubl qiymatidagi qarzni to’ladi. Keksa uchuvchi qachonlardir o’zi boshqargan havo kemasini sotib olgan, ammo 20 yil davomida samolyot uchun to’planib qolgan soliqlarni to’lay olmagan. Hozirda u ta’mirlashni tugatib, barcha xohlovchilar uchun aviaturlar amalga oshirishni orzu qilmoqda.

Imom barcha boshpanasizlarga sovuqdan issiq masjidda panoh topishni taklif qildi

© facebook.com 

Sarayevodagi imom barcha boshpanasizlarni sovuqdan qutqarish uchun o’z masjidining eshiklarini ochdi. Ularning qaysi millat yoki dinga mansubligi muhim emas, imom hammani mehmondek qabul qiladi. Shahar aholisi uni qo’llab-quvvatlab, uysizlar uchun ovqat va ichimlik olib keldilar va masjidni issiq boshpanaga aylantirdilar.

Shaharliklar musibatdagi keksaga yordam berish uchun pul to’pladilar, u esa odamlarni olma bilan mehmon qildi

© tv2.today

Tomskdagi keksa nogironning avtomobilidan detallar o’g’irlandi. Uning o’g’li ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyatchilarni izlashda yordam so’rab murojaat qildi. Shaharliklar bezorilarni topa olmadilar, ammo yangi detallarni sotib olish uchun yetarli pul to’plab berdilar. Qariya esa kun davomida ta’mirlangan mashinasida shaharliklarni bepul olmalar bilan mehmon qildi.

Bir kunda 53 000 boshpanasiz itlar va mushuklar uchun yangi xo’jayinlar topildi

© facebook.com 

Har yili Texasda «Boshpanalarni tozalash» (Clear the Shelters) aksiyasi o’tkaziladi. Bir kun davomida o’nlab boshpanalar egasiz jonivorlarni bepul tarqatadi. 2016 yilda 11 ta boshpanada bir kunda bironta ham jonivor qolmagan: 53 000 ta jonivorni egasiga topshirishga erishildi.

Xospisdagi bolalarga qutilarda mevalar sovg’a qilgan sotuvchi umar voqeasi

© facebook.com 

Moskvadagi bozorlardan birida ishlaydigan Umar ismli sotuvchi xaridor ayollardan biri bolalar uyi uchun mandarin olishga kelganini bilgach, bolalar uyiga qutilarda mevalar va sabzavotlar sovg’a qildi.