E'tiboringizga ham tabiat, ham odamlar tomonidan yaratilgan 12 ta sirli holatni taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga ham tabiat, ham odamlar tomonidan yaratilgan 12 ta sirli holatni taqdim etamiz.

12. Bimini yo’li

XX asrning 30-yillarida amerikalik ta’birchi Edgar Keysi o’zining yaxshi hujjatlashtirilgan bashoratida 1968 yoki 1969 yilda Bimini qirg’oqlarida yo’qolgan Atlantida shahrining qoldiqlari topilishini ma’lum qilgan.

1968 yilning sentyabr oyida Shimoliy Biminidagi Paradiz-Poynt (Paradise Point) qirg’oqlarida hozirda “Bimini yo’li” deb nomlanadigan narsani tashkil qiluvchi 700 metrgacha terilgan ohak bo’laklari topilgan.

Uning paydo bo’lishiga doir fikrlar farq qiladi. Kimlarningdir fikricha, bular mashhur qadimgi tamaddunning qoldiqlari bo’lgan, boshqalar esa harsanglar dengiz tubini chuqurlashtirish bo’yicha ishlarning natijasi yoki shunchaki dengiz ajratmalari ekanligiga ishonadi.

11. Raqs o’lati

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - i

1518 yilning iyul oyida Strasburg shahrida Troffea xonim ismli bir ayol ko’chaga chiqib raqs tusha boshlagan. Uning raqsi nu kunduzi, na kechasi to’xtamagan. Ayolga oddiy aqldan ozgandek qarashlari mumkin edi, ammo bir hafta o’tgach u bilan birga 34 kishi ham raqsga mubtalo bo’lgan. Bir oy ichida raqqoslar soni bir necha yuztaga yetdi. Bu odamlar huddi Troffea xonim kabi tanaffus qilmagan. Ularning aksariyati yo holsizlikdan, yo yurak huruji yoki insultdan vafot etgan. Shu tariqa, 400 ga yaqin odam halok bo’lgan.

Bu holatga aniq ilmiy izoh topilmagan. Bironta ham nazariya bir necha kun to’xtovsiz raqs tusha olgan odamlarning ishonib bo’lmas chidamliligini tushuntira olmagan.

10. Endryu Karlsin

2003 yilda FQB birjada tovalamachilik qilish aybi bilan bir odamni hibsga olgan. Bu odam atigi 800 dollarga ega bo’lib, 2 hafta ichida atigi 126 ta tavakkal bitimni tuzish orqali 350 mln. dollar topishga muvaffaq bo’lgan.

Hibsga olinganidan so’ng undan hamtovoqlarini aytishni talab qilishgan, ammo u axborotni kelajakdan olganini aytgan. U 2256 yildan vaqt mashinasida kelganini aytgan, ammo uning qayerdaligini ko’rsatishni istamagan. Ma’lum vaqt o’tgach kimdir u uchun 1 mln. dollarlik garov pulini to’lagan va E. Karlsin yo’qolib qolgan.

9. Qaynar daryo

Bir necha yil avval Amazoniyadagi qurbonlarini tom ma’noda “qaynatadigan” daryo obrazi faqatgina afsonalarda aytilib, ko’pchilik bunga ishonchini deyarli yo’qotgan edi. Andres Ruzo ismli kichkina bola bu voqeani buvasidan ko’p eshitgan va sirli daryoni topishni orzu qilgan.

Katta bo’lgach u geolog kasbini egalladi va mahalliy shomon yo’lboshchiligida 2011 yilda suvining harorati 86oC ni tashkil etadigan daryoni topdi. Uning mavjudligi siri – yaqin vulqongacha bo’lgan masofa 700 km.ga tengligida.

8. Yonaguni suvosti shahri

Yaponiyaning Yonaguni oroli atrofidagi supali hosilalar 1986 yilda g’avvoslar tomonidan aniqlangan. Suvosti hosilalari 5 qavatli bino balandligiga teng keladigan ulkan hajmlarga ega. Shuningdek, ularning yonida yaqin joyda qadimgi odamlar yashaganini isbotlaydigan ayrim artefaktlar topilgan.

Shunga qaramay, hozirgacha ehromlarning hosil bo’lishi masalasi munozarali bo’lib kelmoqda. Agar ular qo’lda bunyod etilganiga ishonadigan bo’lsak, u holda – muz davridan avvalgi tamaddunning qoldiqlariga guvoh bo’lamiz.

7. Bralorneda muzeydagi surat

Bu suratni Bralorne Pioneer Museum virtual muzeyidan foydalanuvchilar topganlar va u bir zumda shov-shuvga aylandi. Unda 1941 yilda Kanadadagi Oltin ko’prikning ochilishi tasvirlangan, ammo omma orasida umuman 40-yillar urfiga mos bo’lmagan kiyimdagi odam bor. Suratga tikilib qaralsa, zanjirsimon yopqichli sviter, XXI asr uslubidagi belgili futbolka va portativ kamerani ko’rish mumkin.

Jamoatchilikning fikricha, suratda vaqtlararo sayyoh aks etgan.

6. Amazonka changalzorlaridagi geogliflar

Amazonka havzasidagi tropik o’rmonlar bir necha o’n yillardan buyon keng ko’lamli keslish girdobida qolgan. Ochiq maydonni o’rgangan olimlar yerga tushirilgan ko’p sonli suratlar – qeoqliflarni aniqladilar.

Hozirga kelib mutaxassislar Braziliya va Boliviyaning shimoliy qismlarida 450 ta geoglifni aniqladilar. Ulardan eng qadimiylarining yoshi qariyb 3000-3500 yilga teng.

Ularning vazifasi olimlarga ma’lum emas. Asosiy nazariyaga ko’ra, mazkur inshootlar diniy marosimlarni o’tkazish va umumiy masalalarni muhokama qilish uchun yig’iladigan joy bo’lgan.

5. Zilzilalar vaqtidagi chaqmoqlar

Zilzilalar hamohangligida kechadigan osmondagi yorqin chaqmoqlar eng sirli holatlardan biri hisoblanadi. 1600 yildan buyon seysmik faollik hududlarida osmonning yorishishiga 65 ta isbotlangan misol mavjud. Biroq, chaqmoqlar hosil bo’lishi foizi uncha katta emas – yog’dularni jami zilzilalarning 0,5% dagina kuzatish mumkin.

Bu holatni izohlashga urinish yo’lida ko’plab ilmiy farazlar aytilgan, ammo ularning birontasi ham haqiqatga yaqinlashmagan.

4. Muzlatilgan qiz

1980 yil 20 dekabr kuni 19 yoshli Jin Xilliard Minnesota shtatining qorli Lengbi hududi orqali ota-onasining uyiga ketayotgan bo’lgan. Uning avtoulovi birdan to’xtab qolgani bois, qiz yaqin atrofda joylashgan do’stlarining uyigacha piyoda borishga qaror qilgan.

Yo’lda u sovuq qotishdan hushini yo’qotgan va uni topishgunicha -30 °C haroratida qorda qariyb 6 soat qolib ketgan.

Jinni kasalxonaga yetkazishganida unda hech qanday tiriklik alomati topilmagan, terisi esa shu qadar qattiq bo’lganidan shprits tiqishning iloji bo’lmagan. Shifokorlar qiz vafot etganiga ishonishgan, ammo uni isitishga qaror qilishgan. Barcha hattoki Jin o’ziga kelgan taqdirda ham og’ir amputatsiya kerak bo’ladi, deb o’ylagan. Biroq, ma’lum vaqt o’tgach, isitilayotgan tana bir oz qimirlay boshlagan. Jin ko’zlarini ochib suv so’ragan. 3 kundan so’ng u oyoqlarini qimirlata olgan, 6 haftadan keyin esa mutlaqo sog’lom holda shifoxonadan ketgan.

3. «Kerroll A. Diring» sharpa-kemasi

«Keroll A. Diring» — sharpa-kema sifatida nom qozongan Amerika yuk kemasidir. 1921 yilda u sayozlikka chiqib qolgan holda aniqlangan, ammo kambuzda pishirish uchun tayyorlab qo’yilgan yegulik bo’lsa-da, bortda kema jamoasi topilmagan. Jamoaning shaxsiy buyumlari, kema jurnali, navigatsiya qurilmasi va langarlar yo’q edi. Rul qurilmasi shikastlangan bo’lgan. Kapitan kayutasida esa turli o’lchamdagi uch juft poyabzal topilgan. Xaritadagi so’nggi belgi kapitan tomonidan yozilmagan.

2. Yomg’ir odami

Don Dekker ismli odam bilan eng sirli voqea yuz bergan. 1983 yilda Strasburgda Donning bobosi vafot etgan. Dafn marosimidan so’ng yosh yigit uyga yotishdan avval eti uvushayotganini his qilgan va trans holatiga tushib qolgan. Shu vaqtning o’zida mehmonxona shifti va devorlaridan suv oqa boshlagan. Oqim joylaridan suv quvurlari o’tmagan edi, shu bois barcha bu holatdan chuqur hayratga tushgan.

Donning do’sti nima qilishni bilmay politsiyani chaqirgan. Ofitserlar yigitni uydan olib chiqishni va yaqin atrofda joylashgan pitssaxonaga olib borishni so’rashgan. Biroq pitssaxonada ham huddi ahvol yuz bergan. Suv yana shiftdan oqa boshlagan. Ular bu joyni tark etishlari bilan yomg’ir to’xtagan.

Ushbu paranormal holat 1993 yil 10 fevral kuni Unsolved Mysteries orqali namoyish etilgan.

1. Yer osti okeani

Olimlar Yer qatlamidan 660 km. chuqurlikda Jahon okeani hajmidan bir necha barobarga katta bo’lgan, yoshi 2,7 mlrd. yilga teng ulkan suv zahirasini aniqladilar.

Mazkur ixtiro tufayli yerdagi okeanlar yuzaga otilib chiqqan yerosti okeanidan paydo bo’lgan, degan nazariya vujudga keldi. Avvallari olimlar bunga aks fikrni bildirgan edi.

Asosiy surat: eastnews