Biz yo'qolgan kuchlarini qaytarib, faqat bayram yoki dam olishdan so'ng dastlabki kunlarda emas, balki butun yangi yil davomida har kuni tetik bo'lish istagidagi odamlar uchun eng maqbul maslahatlarni to'plashga harakat qildik.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Biroq, hayotni pauzaga qo’yib bo’lmaydi: muhim ishlar kutib turmaydi, yaqinlar bir oz e’tiborga muhtoj bo’ladi, fitnes-klubga olingan yo’llanma esa tokchada chang bosib yotadi.

 

Lazzatni ortga suring!

© depositphotos   

Kuch tugab borayotgan bir paytda o’zingizni rag’batlantirish kerakdek tuyuladi, ammo ortga surilgan lazzat darhol olinganiga nisbatan ko’proq rohat bag’ishlaydi. Aynan shuning uchun shokoladni dam olish kunlariga saqlab qo’yish va o’shanda uni uch karra rohat bilan tanovvul qilish mumkin.

 

Jarayondan huzurlaning, ammo maqsadni unutmang

©depositphotos

Ishingizning yakuniy maqsadiga oid doimiy o’y-hayollar quvvatdan qoldiradi, chunki maqsadga tezroq erishishni istaysiz, ammo bunday bo’lmaydi. Biz istagimiz tomon kichik qadamchalar bilan yaqinlashamiz va jarayonning ahamiyatini anglamaslik, undan rohat olmaslik boshlang’ich bosqichlarda yengilishga sabab bo’lishi mumkin.

Bu holatning yana bir tomoni – oraliq natijani mukammalikka yetkazishga urinish orqali bir joyda qotib qolishdir. Asosiy maqsadni unutmang, ammo unga erishishga ortiqcha shoshilmang.

 

Televizor oldida pivo bilan emas, odamlardek hordiq chiqaring

©depositphotos

Aslida ish ham eng yaxshi dam usuli, ammo u yoqimli bo’lishi kerak. Buyurtma muddatlarini o’ylamasdan o’zingiz uchun qo’l mehnati bilan shug’ullanish, kundalik amaliyotlarni bajarish o’rniga o’zingiz uchun dasturlash, jurnal uchun belgilangan emas, balki mustaqil qiziqarli mavzuda matn yozish.

Yoki mutlaqo boshqa mashg’ulot ham bo’lishi mumkin: sport, ko’rgazmaga borish yoki shunchaki mutolaa. Tadqiqotlarga ko’ra, “hordiq”ning eng yomon turlari – bu TV ko’rish, do’kon aylanish va video o’yinlar o’ynash. Ular hech qanday diqqatni talab qilmaydi, miya o’zini erkin his qiladi va “ish holatiga” yana qaytishni istamaydi, siz o’zingizni tushkunlikda his qilasiz. Alkogol esa bu holatni faqat og’irlashtiradi.

 

Sarishta bo’ling va tartibni saqlang

Uydagi tartib – boshdagi tartib. Tartibsizlik va ifloslikda yashamang, bunday muhit ruhiyatga salbiy ta’sir qiladi, nafas olish og’irlashadi, bel esa o’z-o’zidan bukiladi. Bundan tashqari, muntazam tartibni saqlash zaruriyati irodani mashq qildiradi va bo’shashishga yo’l bermaydi.

Energiya osmondan tushmaydi va jigarning qayeridadir jamg’arma hisobda o’lik yuk bo’lib yotmaydi. U huddi olov kabi bo’lib, o’chib qolmasligini kuzatib turish va muntazam ravishda aqliy va jismoniy harakatlarni bajarish orqali oziqlantirib turish kerak.

 

Va’dalarni bajaring

Yoki umuman va’da bermang. Bajarilmagan va’dalar yuki kuchni tortib oladi va harakatni davom ettirishga yo’l bermaydi. Barchasini bajaring va sizdan kutayotganlarini amalga oshira olmasligingiz uchun uzr so’rang.

Agar va’da bergan bo’lsangiz, albatta bajaring. Minnatdorlikni qabul qiling va o’z kuchingizni his eting. Mazkur oddiy usul, albatta, ichki batareyangizga quvvatning bir nechta bandini qo’shadi.

 

Hattoki kichik g’alabalar uchun ham o’zingizni maqtang

©depositphotos

Ko’pincha o’zimizga baho berishda kichik yutuqlar hisobga olmaymiz va bu mutlaqo noto’g’ri. O’zingizni maqtab turishingiz va hamma, hattoki, eng kichik kundalik g’alabalarni ham qayd etish kerak. Erinmay sportzalga bordingiz yoki muhim, ammo yoqimsiz qo’ng’iroqni qilidingiz – barakalla, shunday davom eting!

 

Hech bo’lmasa bir ishni oxiriga yetkazing

Bu oddiy qoida ko’p vazifalilik sharoitida juda qo’l keladi: ishlar to’planib boradi, yangi tashvishlar vujudga keladi va buning chek-chegarasi ko’rinmaydi. Ma’lum bo’lishicha, hattoki kichkina g’alaba ham ulkan ijobiy quvvat berishi mumkin. Bugun loyihani tugatishning imkoni yo’qmi? Uzoq vaqtdan buyon ortga surib kelayotgan ishingizni qiling – stolingizni yig’ishtiring va ichki rejalashtiruvchi bu bandni belgilab qo’yadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga ishonmang

Mukammal uydagi mukammal oila, rostanmi? Yangi yilga mehmonxona yaltiraydi, butun oila esa bir xil kiyimdami? Sizda esa zalga yugurib borish va farzandingiz bilan dars tayyorlashga zo’rg’a vaqt yetyapti.

O’ylamang, axir chiroyli instagramdagi oilaning mablag’lari qanday ekanligini bilmaymiz. Ehtimol, ularning ulkan merosi bordir yoki kiyimlar ijaraga olingandir. Nima bo’lganda ham, ularning hayoti boshqa, sizniki boshqa. Mukammallikka o’xshayman deb kuchingizni sarflamang.

 

Sport bilan shug’ullaning

To’g’ri, aynan quvvat yo’qolgan vaqtda sport bilan shug’ullanish kerak. Bu past quvvatli holatdan chiqish uchun tashlangan dastlabki qadam. O’ylab o’tirmasdan, shunchaki sumkangizni yig’ing va zalga boring.

Kuchli jismoniy yuklamadan keyin endorfinlar miqdori ortadi. 30 daqiqa davomida sport bilan shug’ullanish “baxt gormonlari” konsentratsiyasini 5 karra oshiradi. Bundan tashqari, muntazam mashg’ulotlar kun rejimini tartibga keltirib, Sizga tetiklik bag’ishlaydi.

 

Do’stingiz yoki mutaxassis bilan gaplashing

© WarnerBros. Television  

Yaqin odam bilan suhbat og’ir hayollar yukidan halos bo’lishga yordam beradi, ammo yaqinlaringizni ovora qilishni istamasangiz professional maslahat olish ham mumkin. Muammolarni ovoz chiqarib so’zlash ruhan tetiklashish va harakatda davom etishga yaxshi yordam beradi.

 

Organizmingizdagi D vitamini zahirasini tekshiring

© pexels  

Qanchalar hayratlanarli bo’lmasin, quyosh haddan ortiq kam bo’ladigan shimoliy davlatlarda yashovchi odamlarning aksariyati ushbu muhim vitaminni to’ldirishni unutadilar. Zero, aynan u organizmning quvvat darajasiga javob beradi.

 

Yanada sog’lom ovqatlanishga o’ting

Bu jo’n maslahat hammaning joniga tekkani aniq. Darhaqiqat, yillar davomida shakllangan ovqatlanish tizimini birdan o’zgartirish juda qiyin. Ammo, fakt faktligicha qoladi: kolbasali nondan quvvat kutishga hojat yo’q.

Ovqatlanish odatlarini asta-sekin o’zgartirish mumkin. Har qanday tamaddi – foydali va odatiy taom o’rtasida tanlash imkoniyatidir. Tanlash oson bo’lishi uchun oddiy, ammo juda samarali maslahatdan foydalaning: o’zingizdan so’rang: “Betmen shu bir bo’lak tortni yegan bo’larmidi?” Yoki Supermen, yoki bolalikdagi sevimli qahramoningiz.

 

Asosiy surat: depositphotos