Marokash Yevropadan atigi bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan, ammo bu yerda hayot mutlaqo boshqacha kechadi. Bu – nafaqat eng mazali mandarinlar, balki ko'p asrlik an'analar, me'moriy yodgorliklar va g'aroyib manzaralarning vatani.

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizga o’ziga xos muhitga ega mamlakat haqidagi 13 ta ajoyib haqiqatni taqdim etamiz.

1. Marokashda dunyodagi eng qadimgi universitet joylashgan

Dunyodagi eng qadimgi universitet 859 yilda ochilgan bo’lib, unga boy savdogarning Fotima al-Fixri ismli qizi asos solgan. Yevropa an’analaridan farqli ravishda qadimgi arab universitetlari muassasa nomidan diplomlar taqdim etmagan: asosiy urg’u yakka tartibdagi murabbiylarda ta’lim olishga qaratilgan. Faqatgina 1947 yilga kelib Al-Karauin yevropacha tushunchadagi “universitet”ga aylangan.

2. Afrikada qor bor

© eastnews  

Qishda Marokashda chang’i, chanalar va snoubordlarda uchish hamda qorbobo yasash mumkin. Marokashdan 75 km. uzoqlikdagi Atlas tog’lari orasida Ukaymeden nomli qulay tog’-chang’i kurorti mavjud. Bu yerda dekabrdan to aprel boshigacha qor bo’ladi.

3. Marokashda ko’plab ommabop filmlar va seriallar suratga olinadi

© HBO  

Mahalliy manzalarning go’zalligi eng mashhur rejissyorlarni befarq qoldira olmagan. 60-yillardan boshlab hamda afsonaviy «Arabistonlik Lourens» filmidan so’ng bu yerda har yili yuzlab kinokartinalar jonlanadi. 1983 yilda dunyodagi dunyodagi eng yirik kinostudiyalardan biri — «Atlas» yaratilgan. Aynan shu yerda «Gladiator», «Aleksandr», «007: Spektr» va mashhur «Taxtlar o’yini» seriali suratga olingan.

4. Bu yerda nonni tashlab bo’lmaydi

Huddi O’zbekistonda bo’lgani kabi marokashliklar ham ko’p non iste’mol qilishadi va barcha oilalarda bu mahsulotga katta hurmat bilan qaraladi. Yeyilmagan non bo’laklari molga yemish sifatida beriladi. Agar oilada xo’jalik bo’lmasa, eskirgan nonni, masalan, uy uchun yuvish vositalariga alishtirish mumkin.

5. Rakovinaga issiq suvni quyish mumkin emas

Bu ta’qiq quvurlarning tuzilishiga bog’liq emas. Marokashda suv bor joylarda jinlar yashashiga ishonishadi: umumiy hammomlar, ariqlar, rakovinalar va h.k. Rivoyatga ko’ra, rakovinaga issiq suvni quyib jinlar nafratiga uchrash mumkin. Shu bois, qaynoq suvni quyayotganda sovuq suvli kranni ochish kerak.

6. Marokash Yevropaga o’ylaganimizdan yaqinroq

Gibraltar bog’ozi Marokashni Yevropadan atigi 16 кm.gа ajratib turadi. Marokash qirg’og’idan turib Ispaniyada mashinalarning harakatini kuzatish mumkin. Seuta va Melilya nomli ikkita ispan anklavi esa qirollik hududining o’zida joylashgan. Shu tariqa, Marokashdan ketmay Yevropada bo’lish mumkin.

7. Hozir Marokashda 2967 yil

Mamlakat aholisining aksariyat qismi – barbarlar bo’lib, hozir ularda  2967 yil. Qirollikning o’zi rasman butun sayyora uchun umumiy  yil hisobida yashasada, 2011 yilda arab tili bilan bir qatorda Marokashda tamazix (barbar) tili davlat tiliga aylandi.

8. Bu yerda go’shtdan bosh tortish mumkin emas

Марокашда гўшт ҳудди чой каби меҳмон ва уй эгаси ўртасидаги муносабатларда муҳим роль ўйнайди. Гўштдан бош тортиш қўполлик ҳисобланади. Шунингдек, чап қўл билан ейиш мумкин эмас, чунки чап қўл “ҳаром” ҳисобланади. Таомни фақат ўнг қўлда  катта, кўрсаткич ва ўрта бармоқлар ёрдамида ейиш керак

Marokashda go’sht huddi choy kabi mehmon va uy egasi o’rtasidagi munosabatlarda muhim rol o’ynaydi. Go’shtdan bosh tortish qo’pollik hisoblanadi. Shuningdek, chap qo’l bilan yeyish mumkin emas, chunki chap qo’l “harom” hisoblanadi. Taomni faqat o’ng qo’lda   katta, ko’rsatkich va o’rta barmoqlar yordamida yeyish kerak.

9. Yurak o’rniga jigar

Marokashda sevgi ramzi odatdagidek yurak emas, balki jigardir. Aytishlaricha, sog’lom jigar ovqat hazm bo’lishiga yordam berib, farovonlik keltiradi. “Siz jigarimni zabt etdingiz” jumlasi sevgi izhorini anglatadi.

10. Rolls-Royce avtomobillarining salonlari uchun qo’llaniladigan daraxt faqat Marokashda o’sadi

Marokashdagi qizil-jigarrang tuya daraxti faqatgina Atlas tog’i etagida o’sadi. Ushbu noyob va juda chiroyli daraxtdan Rolls-Royce, Mercedes va BMW avtomobillaridagi jihozlar panelini tayyorlashda foydalaniladi. 

11. Gaz va neft konlarining yo’qligi

Gaz va neft konlari yo’qligi tufayli muqobil energiya manbalarini o’zlashtirish bo’yicha jadal faoliyat olib borilmoqda. Qirol Muhammad VI Sahroi Kabirdagi quyosh energiyasi to’plagichining  yakuniy qismini ishga tushirdi. Ushbu yuqori texnologik inshoot butun dunyodagi eng yirik quyosh stansiyasiga aylandi.

12. Marokashda ko’k rangga bo’yalgan shahar bor

© depositphotos  

Marokashda ko’k rangga bo’yalgan shahar mavjud. Shefshauen yahudiylar jamiyati quvg’indan boshpana topgan yerga aylangan. Aynan ular inshootlarni ko’k (muqaddas) rangga bo’yab chiqqanlar. Zamonaviy marokashliklar shahar bo’yoqlariga jiddiy munosabat bildirishadi – yo’laklar, ko’chalar, do’konlar, to’siqlar – barchasi ko’k rangga bo’yaladi.

13. Uydagi jihozlarga maftun bo’lmang

Agar Sizni mehmonga chaqirishigan bo’lib, Sizga uydagi qandaydir jihoz yoki buyum yoqib qolsa, uni maqtashdan o’zingizni tiying. Aks holda, Sizdan shu buyumni olib ketishni iltimos qilishadi. Bu nazardan qo’rqish holatidir: aytishlaricha, uyda havasni keltiradigan buyumlarni tutish mumkin emas.

Asosiy surat: depositphotos