Har kuni ishda, uyda internetdan foydalanamiz va tabiiyki, aksariyatimiz fayllar va sahifalar yanada tezroq yuklanishi istaymiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Ma’lumki, odatiy usullardan tashqari, internet-ulanish sifatini yaxshilashga yordam bera oladigan boshqa yo’llar ham mavjud. Siz bilan ularni o’rtoqlashish niyatidamiz.

 

 

  • Telefoningizdagi keshni tozalang. To’lgan kesh-xotira telefonning ishlashini sekinlashtiradi va natijada internet tezligi pasayadi. Barcha ilovalarni qo’lda alohida tozalash yoki maxsus dasturni yuklab olib, hammasini birdan o’chirish mumkin.

 

  • Barcha keraksiz ilovalarni o’chiring.
    Siz deyarli ishlatmaydigan aksariyat ilovalar internet tezligini sezilarli pasaytiradi. Yaxshisi, ishlatmaydigan barcha vidjetlarni ekrandan o’chiring. Axir, ular hattoki fon rejimida ishlab turganda ham trafikning salmoqli hajmini sarflaydi.

 

  • Brauzerda o’qish rejimini yoqing.
    Agar Sizga tasvirlarning keragi bo’lmay, faqat matn axborotini izlash bilan band bo’lsangiz, brauzeringizda matn rejimini yoqing va tasvirlarni o’chiring. Natijada sahifalar ancha tez yuklana boshlaydi.

 

 

  • Brauzerni alishtiring.
    Mobil telefoningizdagi veb-brauzer ham internet tezligiga ta’sir qiladi. Ko’plab mobil veb-brauzerlar mavjud, ammo ayrimlari ancha tez ishlaydi.

 

  • Tarmoq sozlanishini tekshiring.
    Buning uchun sozlashga kirib, unda mobil tarmoqni sozlash bo’limini topish zarur. Menyuning aniq nomlanishi turli qurilmalarda farq qiladi. Siz telefoningiz to’g’ri turdagi tarmoqqa ulangani va u faqat 2G yoki 3G bilan cheklanmaganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Dunyoning aksariyat hududlari GSM/ WCDMA/ LTE tarmoqlarida ishlaydi – boshlanishiga ularda ishlab ko’ring. Agar ular ishlamasa, sizning hududingizda qanday tarmoq qo’llanilishini tekshiring. Asosiysi – eng yaxshi keng polosali texnologiyani faollashtirishdir.

 

 

 

  • Tarmoq marshrutizatorini to’g’ri joylashtiring hamda uning kompyuter bilan o’rtasidagi masofani qisqartiring.
    Ulanishning past tezligiga Wi-Fi-routerning zaif signali sabab bo’lishi mumkin. Buni to’g’rilash uchun kompyuter va marshrutizatorni iloji boricha bir-biriga yaqin joylashtiring. Router uchun eng yaxshi joy – uy markaziga yaqinroq, mukammal joy esa – devorda yoki baland tokchada turishdir. Iloji boricha qo’shnilarning Wi-Fi-routeri, oziqlantirish kabellari, simsiz telefonlar, kompyuter simlari, mikroto’lqinli pechlar, videoenagalar va galogen lampalardan uzoqroq saqlang. Zero bunday simlar va to’lqinlar radiosilganllarni qabul qilishda halaqit berishi mumkin.

 

 

  • Kamida haftada bir marta kompyuterni antivirus bilan skanerlang.
    Viruslar qimmatli ma’lumotlar sirqishi tahdidini yuzaga keltirish bilan birga, internet-trafik tezligini pasaytiradi.

 

  • Keshni maqbullashtiring.
    Brauzerlar keyinchalik sahifalarni tezroq ochish uchun saytlarning ma’lumotlarini keshda saqlab qoladi. Agar kesh to’lib ketgan bo’lsa, bu brauzerning ishlash tezligini pasaytiradi.

 

  • Hozirda keragi bo’lmagan yangilanishlarni o’chiring.
    Qisman tezlik begona dasturlar ishlagan vaqtda, ayniqsa ular o’z versiyani yangilaganda pasayadi. Internet tezligini foydalanilmaydigan dasturlarni o’chirish yordamida oshirish mumkin.

 

 

  • Saytlardagi reklamani blokka tushiring.
    Reklamani blokka tushirish – befoyda reklama havolalari va bannerlarni yashirish imkoniyatidir. Axir, bu ma’lumot sahifa “hajmining” qariyb 70%ni egallaydi va ulanish tezligini sezilarli kamaytiradi. Saytlardagi reklamani antivirus sozlashlarida yoki maxsus dasturlar yordamida o’chirish mumkin.

 

  • Wi-Fi da parol borligini tekshiring.
    Internet Wi-Fi orqali tarqatilganida uning tezligi barcha ulanganlarga bo’linadi. Shu bois, Sizning Wi-Fi ga bir vaqtning o’zida 20 kishi ulangan bo’lib, maksimal tezlik soniyasiga 20 megabit bo’lsa, har bir odam atigi 1 megabitga ega bo’ladi. Buni bartaraf etish uchun shunchaki Wi-Fi tarmog’ingizga parol qo’yish kerak.