Lifehaq.uz qat'iy ravishda avloddan avlodga o'tib kelayotgan homiladorlik bilan bog'liq 13ta mashhur uydirmani yo'qotishga tayyor.

  •  
  •  
  •  
  •  

Homiladorlik har bir ayolning hayotidagi juda muhim va hayajonli davr. Bunday noyob voqea atrofida ko’p sonli turli uydirmalar va irimlarning mavjudligi hayratlanarli emas.

1. Homilador ayol “ikki kishi” uchun ovqatlanishi kerak

AQSH tibbiyot institutining ta’kidlashicha, ayol sog’lom vaznga ega bo’lsa birinchi uch oylikda qo’shimcha kaloriyalar kerak emas. Ikkinchi uch oylikda ratsionga kuniga 340 kkal, uchinchi uch oylikda esa – 450 kkal atrofida qo’shish kerak. Bu – ikki stakan kefir bilan bir siqim pista yoki pishloqli buterbroddir.

Shu bois bo’lajak ona ko’p emas, balki to’g’ri ovqatlanishi kerak.

2. Ayollar homiladorlikda ahmoqqa aylanadi

Haqiqatdan ham gormonal o’zgarishlar ayolni yanada hissiyotga beriluvchan, ta’sirchan, ba’zan esa mantiqsiz qilib qo’yadi. Lekin, aynan shu davrda ko’plab ayollar o’zlarida avvallari hayollariga ham kelmagan is’tedodlarni kashf qiladilar. Xususan, xitoylik Lo Syansi kabi ajoyib suratlar chizadilar, bo’lajak bolalari uchun kitoblar yozadilar va hattoki o’z bizneslarini yo’lga qo’yadilar.

Ko’plab aktrisalar homilador paytida omadli suratga tushib, haqiqatdan ham noyob va chuqur rollarni hadya etadilar. Shu bilan birga, “mamneziya” (baby brain) holati chindan ham mavjud. Ayolning miyasi ijtimoiy moslashuv ustida ishlaydi va bola bilan bo’lajak ona o’rtasidagi bog’liqlikni shakllantiradi. Shu bois ayol uchun bir vaqtning o’zida ko’p ishni bajarish qiyin kechadi va u haqiqatdan ham nimanidir unutishi mumkin.

3. UZI bola salomatligiga zarar yetkazadi

Sog’liqni saqlash vazirligining normativlariga ko’ra, homiladorlik norml rivojlangan taqdirda 3 marta UZI qilinadi – har uch oylikda bir martadan. Skrining ko’proq onaning salomatligi nimadir havf solganida amalga oshiriladi.

UZI ionlashmaydigan nurlanishga asoslangani bois, masalan rentgen nurlari kabi xavfga ega emas. Ultratovush tekshiruvi bachadondan tashqaridagi homiladorlikni istisno qilish, homilaning ehtimoliy patologiyalarini bilish, ham ayol, ham bolaga o’z vaqtida yordan ko’rsatish imkonini beradi.

4. Birinchi bolani 30 yoshgacha tug’ishga ulgurish kerak

Agar 30 yoshli ayol o’zini parvarish qilsa, to’g’ri ovqatlansa, sport bilan shug’ullansa va muntazam ravishda ginekolog tekshiruvidan o’tib tursa, unda asoratlar xavfi 20 yoshli bo’lajak onanikidan ko’p bo’lmaydi. Bola va homilani ko’tarib yurish patologiyalari biologik yosh emas, balki tanamiz holatiga bog’liq. Zamonaviy diagnostika eng erta muddatlarda bola rivojlanishidagi og’ishlarni aniqlash imkonini beradi. Shuning uchun ayollar homiladorlikni jismonan va ruhan tayyor bo’lganlarida rejalashtirishlari mumkin.

Aksariyat shifokorlarning fikricha, birinchi bolani dunyoga keltirish uchun eng yaxshi yosh, bu – 20-30 yosh oralig’i. Texaslik doktor Jon Mruoskining ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko’ra esa, sog’lom bolani tug’ish uchun eng maqbul yosh – 34 yoshdir.

5. Homiladorlar doim sho’r narsalarni yegisi keladi

Homilador ayolning organizmi o’ziga yetishmaydigan ozuqaviy elementlar va minerallarni juda g’alati usulda talab qilishi mumkin. Masalan, bir bo’lak mel yoki bir siqim kulni yeyish istagi orqali. Antiqa ovqatlanish istaklarining yana bir sababi gormonal o’zgarishlarga, ba’zida esa shunchaki o’zini mehmon qilish xohishiga bog’liq.

Bunda ham sho’r, ham shirin yoki nordonga ko’ngil ketishi, ba’zida esa hammasini tatishga istak bo’lishi mumkin. Aytgancha, homilador ayollarning eng sevimli mahsulotlari ro’yxatida 1-o’rin shokoladga berilgan.

6. Sport zali, basseynga borish? Yo’q, faqat tinchlik va hotirjamlik

Agar homiladorlik normal kechayotgan bo’lsa, muntazam jismoniy yuklamalar bo’lajak ona uchun zarurdir. Sport tonusni ushlab turishga yordam berib, bolaning rivojlanishida foyda beradi, tug’ish jarayonini yengillashtirib, keyinchalik onaning tez o’ziga kelishiga ko’maklashadi. Tabiatda hammasi o’ylangan: homiladorlik vaqtida ayollarning mushaklari va paylari yanada egiluvchan va chidamli bo’ladi.

Mashg’ulotlaringiz sxemasi va takroriyligini shifokor va tajribali murabbiy bilan muhokama qiling.

7. Homiladorlikda jinsiy aloqa bolaga shikast yetkazishi mumkin

Chamasi, eng ko’p uydirmalar homiladorlik vaqtidagi jinsiy aloqaning zarariga bog’langan. Go’yoki, bu ham zararli, ham xavfli, ham yoqimsiz, ham umuman ahloqsizlik ekan. Biroq homiladorlik yaxshi kechayotgan bo’lsa, bunday aloqa bolaga hech qanday zarar yetkazmaydi.

Aksincha, muntazam jinsiy aloqa maqsadga muvofiqdir, chunki u tos mushaklarining mustahkamlanishiga yordam berib, bo’lajak onaga ijobiy hissiyotlarni taqdim etadi. Ayolning bu davrdagi ruhiy holati esa juda va juda muhimdir.

8. Homilador ayol sochi va tirnoqlarini bo’yashi mumkin emas

Homiladorlik davrida chiroyli va parvarishlangan bo’lish mumkin. Asosiysi mahsulotning tarkibini yaxshilab o’rganish zarur. Agar tarkibiy qismlar orasida toluol, formaldegid, kamfar, ammiak yoki rezorsin topgan bo’lsangiz, bu vositani bola tug’ilishigacha chetga qo’ygan ma’qul.

Mashhur brendlarning sifatli zamonaviy kosmetik vositalarida xavfli moddalar bo’lmaydi, shuning uchun ulardan foydalanish mumkin.

9. Baliq va yong’oq yeng – aqlli bolani dunyoga keltiring

Ushbu mahsulotlarning foydali xususiyatlarini inkor eta olmaymiz. Yong’oq tomirlar va yurakni mustahkamlaydigan, shuningdek asab tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan kaliy va magniyga boy. Baliq tarkibidagi yod qalqonsimon bez uchun foydali. Shu bois bo’lajak ona ularni taomnomasiga qo’shishi kerak.

Baliq va yong’oqda miya salomatligini saqlashga yordam beradigan omega-3 yog’ kislotalari mavjud. Biroq, ularning bo’lajak boladagi aqliy qobiliyatlar rivojlanishiga ta’siri isbotlanmagan.

10. Homiladorlar uchun stresslar juda zararli

Doimiy va kuchli stress holatlari umuman hech kimga foydali emas. Lekin hammamiz ham turli stress vaziyatlariga tushamiz va bu normal holat. Bunda noxush vaziyatning o’zi emas, balki unga bo’lgan munosabat ahamiyatliroqdir.

Aslida “asabiyligim tufayli bolam ozor chekyapti” qabilidagi oxiri yo’q havotirlar qisqa vaqtli ruhiy kechinmaga nisbatan ancha yomonroqdir. O’zingizga kichik noxushliklar kayfiyatingizni buza olmasligini ayting yoki xuddi Skarlett O’Xara singari bu haqida ertaga o’ylashga imkon bering.

11. Teri cho’zilishiga qarshi krem — 1-sonli yordamchingiz

Teri cho’zilishiga qarshi krem haqiqiy da’vo hamda barcha muammolarning samarali yechimi sifatida ta’riflanadi. Biroq uning tarkibi namlantiruvchi losondan u qadar ko’p farq qilmaydi. Albatta, bunday kremni qo’llash teringizni yanada egiluvchan qilishi mumkin, ammo sizdagi cho’zilgan teri qismlarini mo’jizaviy ravishda yo’qotishga uning kuchi yetmaydi.

Bu masalada irsiy omilni, shuningdek teringiz tipini ham hisobga olish zarur. Onangiz, xolangiz yoki buvingizda homiladorlikdan keyin teri cho’zilishi qanday kechgani haqida surishtiring. Sizni ham shunday natija kutishi ehtimolga yaqin.

12. Uchinchi uch oylikda kamroq suv ichish kerak

Avvallari shishlar bo’lmasligi uchun uchinchi uch oylikda homiladorlarga kamroq suv ichishni maslahat qilishgan. What to expect when you’re expecting asarining mualliflari olimlar bilan hamkorlikda shishlar ham, tug’ish jarayonida suvning ko’p bo’lishi ham ayolning qancha suv ichishiga bog’liq emasligini isbotladilar. Aksincha, yetarlicha miqdordagi suv ularni yengishga yordam beradi.

Olimlar ichayotgan suvingiz yetarli ekanligini aniqlash uchun mutlaqo oddiy testni taklif qildilar. Tabiiyki, alkogol bu ro’yxatdan joy olmagan. 

13. Bola tug’ilganidan keyin hayotingizda hech narsa o’zgarmaydi

Yosh ona maqomidagi hayotingizning dastlabki yillarini yengillashtirishning juda ko’p usullari mavjud. Masalan, sling yordamida yanada harakatchan bo’lish mumkin. Biroq avvalgi hayot tarzi o’zgaradi. U yaxshi yoki yomon emas, shunchaki boshqacha bo’ladi.

To’g’ri, farzandingizning birinchi oyidayoq ishga chiqishingiz va u bilan dam olishga ketishingiz mumkin. Lekin, endi bu jarayonlarni bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil qilasiz.

Homiladorlikka oid yana qanday uydirmalarni bilasiz? Biz bilan o’rtoqlashing.