Sayyoramizda faqatgina lol qolgan holda tomosha qilib turish mumkin bo'lgan ajoyib joylar mavjud. Zero, bu manzaralar chindan ham kishini hayratga soladi. Lifehaq.uz sizda haqiqiy taassurot qoldiradigan manzaralarni taqdim etadi. Biz qachonlardir albatta u yerlarga boramiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Sayyoramizda faqatgina lol qolgan holda tomosha qilib turish mumkin bo’lgan ajoyib joylar mavjud. Zero, bu manzaralar chindan ham kishini hayratga soladi. Lifehaq.uz sizda haqiqiy taassurot qoldiradigan manzaralarni taqdim etadi. Biz qachonlardir albatta u yerlarga boramiz.

Daxshtayn muzligidagi ko’prik, Avstriya

Alp tog’laridagi Daxshtayn muzligida dunyodagi eng baland ko’priklardan biri joylashgan. Nima ham derdik: agar tog’larga qaraganda mazangiz qochib, boshingiz aylanadgan bo’lsa, u holda bu joy siz uchun emas.

Namib cho’li Atlantika okeani bilan to’qnashadi

Namib cho’lida dunyodagi eng baland va g’aroyib qum barhanlarini ko’rish mumkin. Atlantika okeani qirg’ogacha cho’zilib borgan ushbu barhanlar tom ma’noda sehrli manzarani hosil qiladi.

Skay oroli, Shotlandiya

© imgur  

Skay oroli o’zining ajoyib jo’g’rofiyasi va yovvoyi tabiati bilan nom qozongan. U jozibador kimsasiz manzaralari, Kulin tog’i, qadimiy qasrlari va tiniq ko’llari bilan o’ziga rom etadi.

O’n ikki Havoriy, Avstraliya

O’n ikki Havoriy, bu – Port-Kempbell milliy bog’i qirg’og’idagi ohaktosh qoyalar qatori. Mazkur qoyalar okeanning ming yillik mehnati samarasida yuzaga kelgan.

Pagan, Myanma

Qadimiy Pagan shahrida ko’plab buddaviylik ibodatxonalari va monastirlar joylashgan. Avvallari ularning 10000dan ortig’i amal qilgan bo’lsa, bugungi kungacha atigi 2200ga yaqin ob’ekt saqlanib qolgan.

Oy ko’prigi, Taybey, Tayvan

© flickr  

Oy ko’prigi – shahardagi Daxu bog’ining asosiy diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. Qorong’i tushishi bilan ko’prik ko’l suvida aks etib, ko’zguga o’xshash antiqa landshaftni hosil qiladi.

Trol tili, Norvegiya

Ushbu toshli do’nglik qoya jinsi bo’lagining tog’ massividan ajralib chiqishi natijasida hosil bo’lgan. U ko’l ustida 350 metr balandlikda joylashgan. Bu yerga kelish oson emas, buning uchun uzunligi 12 kilometrga teng piyoda yo’nalishni bosib o’tish kerak.

Korkovado tog’i, Rio-de-Janeyro, Braziliya

© reddit  

Hammaga ma’lum Iso Masih haykali o’rnatilgan Korkovado tog’ining cho’qqisidan Rio-de-Janeyroning gavjum tumaniga, shuningdek mashhur Shakarli Bosh tog’iga noyob manzara ochiladi.

Pasxa orolida tong otishi

Pasxa oroli – Tinch okeani uzra yo’qolib ketgan bo’m-bo’sh yer bo’lagidir. Orol butun dunyoda go’yoki orol sirini saqlab turuvchi toshdan ishlangan antiqa ulkan haykallari bilan nom qozongan.

Melissani g’ori, Kefaloniya oroli, Gretsiya

Yunon afsonalariga ko’ra, bu g’orda yashagan parilar o’z husni bilan odamlarni unga aldab chaqirganlar. Biroq, hozir bu yerga hech kimni aldab keltirishga hojat qolmagan. Aksariyat suzuvchilar quyosh nuridagi yorqin moviy suvni o’z ko’zlari bilan ko’rishni istaydilar.

Fyatlabaksleyd, Islandiya

Biz uchun talaffuz qilish juda qiyin bo’lgan tog’ so’qmog’i olib boruvchi yo’nalish minglab yillar ilgari bu yerga ko’chib kelgan Mirdalsyokudl muzligidan shimol tomonga boradigan tog’ tepaliklari orqali ajoyib manzarali sayohatni taqdim etadi.

Kilimanjaro tog’i, Tanzaniya, Afrika

© imgur  

Har yili Kilimanjaro tog’iga yuk tashuvchilar, oshpazlar va gidlardan tashqari 40000 nafar sayyoh ko’tariladi. Va, bu chindan ham arzirli sayohat.

Kezenoy-am ko’li, Checheniston Respublikasi, Rossiya

© mastermeeting  

Kamyob chiroyga ega bo’lgan Kezenoy-am ko’lini “Kavkaz durdonasi” deb ataydilar. U dengiz sathidan 1870 metr balandlikda joylashgan bo’lib, Shimoliy Kavkazdagi eng katta va chuqur ko’ldir.