Bugun Sizga foyda berishi mumkin bo'lgan ota-onalarning ajoyib maslahatlarini taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Bugun Sizga foyda berishi mumkin bo’lgan ota-onalarning ajoyib maslahatlarini taqdim etamiz.

***

Namunaviy ota-onalik: bolalarga nonushtada shirinlik yeyilmasligini aytasan, o’zing esa ular maktabga ketganidan so’ng shirinlik yeysan.

***

 ***

“Ba’zan o’sib qolgan qizlarimning xonasi yonidan yoqilmagan quloqchinlar taqib o’taman. Ular meni eshitmayapti deb o’ylashadi. Ko’p narsani bilib oldim”.

 ***

Bugun shu darajada jahlim chiqqandiki, farzandim meni bezovta qilmaslik uchun o’zi uxlashga yotdi. Ana shunaqa gaplar.

 ***

 ***

Sakkiz yoshli qizimizni changyutgich ovozini yomon ko’rishimga ishontirdim. Endi u har safar mendan jahli chiqqanida uylarni changyutgichda tozalashni boshlaydi.

 ***

 ***

Men g’alati va tushunarsiz so’zlarni ayta boshlasam qizim harxasha qilishdan to’htashini sezdim. Natijada “So’z boyligi” nomli she’r yuzaga keldi: “Ambulator, pragmatik, seysmik, kronshteyn. Parabola, genezis, abstraksiya, glintveyn. Isyonchilik, empirik, nayrangboz va postuplat”. Urinib ko’ring, balki sizning farzandingizni ham tinchlantirar.

 ***

 ***

Hali yangi, ammo bolalarning nigohida birdan jilosini yo’qotgan o’yinchoqlarni o’ynashga qanday majburlash mumkin? Ularni tashlab yuboriladigan buyumlar to’planadigan eshik oldidagi qutiga qo’yish kerak.

 ***

Ertalablari qizimni tez uyg’otish qiyin, ammo yechim kutilmaganda topildi. Odatda men tongda budilniksiz turib, so’ngra qizimni uyg’otardim. Bir kuni qattiq charchadim va uxlab qolmaslik uchun mobil telefonimda budilnikni yoqib qo’ydim. U ishga tushganida qizim birinchi bo’lib o’rnidan turib, telefonga yugurib kelganda va menga uzatganida hayratlandim.

Endi har tong o’zimni uxlagandek ko’rsataman, qizim esa meni uyg’otishga yugurib keladi. Men unga sal qolsa uxlab qolardim, vaqtida uyg’otding deb aytaman.

 ***

 ***

 Asosiy surat: imgur