Kaloriyalarni sanashga majbur bo'lganlar uchun istalgan narsani yeyish va semirmaslik mumkinligini tushunish uchun turli toifadagi mahsulotlar solishtirmasini taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Kaloriyalarni sanashga majbur bo’lganlar uchun istalgan narsani yeyish va semirmaslik mumkinligini tushunish uchun turli toifadagi mahsulotlar solishtirmasini taqdim etamiz.

1/2 qadoq maxsus non = 3 ta naggets

100 g brokkoli = 1 ta zefir

100 g quruq meva = 1 ta maffin

1 ta olma = bir siqim marmeladli ayiqchalar

100 g myusli-miks = kichkina qadoqli chips

1 stakan kefir (2,5 %) = o’rtacha stakanda kapuchino

1 stakan mevali smuzi = kichkina Coca-Cola butilkasi

Bir siqim yong’oq (100 g) = katta o’ramdagi fri kartoshkasi

100 g mayiz = 100 g marmelad

4 ta pishirilgan tuxum = gamburger

3,2 % meva bo’laklari bor yogurt = o’rtacha kruassan (15 g)

100 g qo’ng’ir guruch = 2 ta Vena vaflisi

Parhez uchun fitnes-batoncha = qulupnayli muzqaymoq

Pishirilgan tovuq go’shti = bitta mazali uy quymog’i

Demak, istalgan narsani yeyish mumkin ekan-da?

  • Ham ha, ham yo’q. Muhimi, me’yor haqda unutmaslik. Ba’zan parhezbop mahsulotlarni mazali va hattoki, bir oz zararli narsaga alishtirish mumkin. Bu ruhiy yengillik bag’ishlab, parhezga rioya qilish va natijalarga erishish imkonini beradi.
  • Biroq, taomda kaloriyalardan tashqari organizmimizni shakllantiradigan va o’simlik hamda parhez taomlarida ko’plab mavjud bo’lgan boshqa elementlar (aminokislotalar, foydali yog’lar, vitaminlar) ham muhimligini yodda tutish zarur.
  • Shu bois, ko’pincha zararli taom foydasiga tanlov qilish orqali o’zimizni ana shu elementlardan mosuvo qilamiz, demak vaznimiz oshmasa-da baribir sog’lom bo’lmaymiz.