Ko'pchilik uchuvchi kasbi haqida orzu qiladi, chunki bu bir vaqtning o'zida ham butun dunyoni ko'rish, ham o'zingizni eng qiziq ish bilan ta'minlash va mo'maygina pul topishning ajoyib imkonidir. Biroq bunday lavozimni egallash oson bo'lmay, buning uchun bir necha yil o'qish zarur. Buning uddasidan chiqqanlar esa nafaqat eng romantik kasblardan biriga, balki oddiy odamlarning xabari bo'lmagan aviaparvozlarga xos ayrim sirlarga ham ega bo'ladilar.

  •  
  •  
  •  
  •  

Quyida sizni parvozlar borasida haqiqiy ustaga aylantiradigan 14ta qiziqarli xususiyatni o’rtoqlashamiz.

1. Uchuvchilarga soqol qo’yish taqiqlanadi, chunki favqulodda vaziyatda kislorodli niqob yuzga mahkam yopishmasdan turadi.

2. Samolyot ichida bir oz salqin harorat saqlanadi, chunki bu bosim o’zgarishlari natijasida gipoksiya hosil bo’lishi xavfini kamaytiradi.

3. Agar xaritaga samolyotlar parvozi trayektoriyasidan qaralsa, ular doim to’g’ri emas, yoysimon yo’nalishda parvoz qilishini ko’rish mumkin. Aslida buning hayron qoladigan yeri yo’q, axir Yer dumaloqku.

4. Uchuvchilar va bort kuzatuvchilari parvoz vaqtida mustahkam va yopiq poyabzal kiyishni tavsiya qiladilar, chunki favqulodda evakuatsiya holatida hech qachon qanday sharoitda qolishingizni bilmaysiz.

5. Uchuvchilar va dispetcherlar orasidagi muloqot har doim ham rasmiy ohangda bo’lmaydi. Masalan, dispetcherlar uchuvchilarni doim bayramlar bilan tabriklashadi.

6. Gollivud filmlarida nimalarni ko’rsatishlaridan qat’iy nazar, haqiqat haqiqatligicha qoladi – oddiy odam samolyotni yerga qo’ndira olmaydi.

7. Reyslar ushlanib qolgan vaqtda nafaqat yo’lovchilar, balki styuardessalar ham noqulay sharoitda qoladilar. Chunki bu vaqt uchun ularga to’liq haq to’lanmaydi.

8. Agar uchuvchilardan birining hojatxonaga chiqishi kerak bo’lsa, uning o’rniga samolyotni boshqarayotganning holatini nazorat qilish va biron kor-xol yuz berganda, masalan hushidan ketganda yordamga chaqirish uchun styuardessa o’tiradi.

9. Samolyotdagi tushlik qandaydir bemazadek tuyulgan bo’lsa, kimnidir ayblashga shoshilmang. Gap shundaki, balandlikda ta’m va hid bilish sezgilarimiz boshqachasiga ishlaydi.

10. Eng ko’p chayqaladigan joylar samolyotning oxirida, eng tinchlari esa – qanotlar tomonda bo’ladi.

11. Samolyot o’g’irlab qochilganda uchuvchilar qo’nayotganda qanot mexanizatsiyasi elementlarini o’ziga xos tarzda burash orqali aeroport xodimlariga ishora bera oladi.

12. Noqulay ob-havoda qo’nish yo’lagi suv bilan qoplangan bo’lsa, uchuvchi xavfli akvaparvozning oldini olish uchun atayin qattiq qo’nishni amalga oshirishi mumkin.

13. Tungi vaqtda samolyotni qo’ndirishda salondagi chiroqlar ataylab xiralashtiriladi. Bu shtatdan tashqari holat yuz berganda, yo’lovchilarning ko’zlari qorong’ilikda yaxshiroq ko’ra olishi uchun qilinadi.

14. Kislorodli niqoblar faqatgina 15 daqiqaga havo bilan ta’minlaydi, ammo bu vaqt uchuvchi samolyotni mustaqil nafas olish mumkin bo’lgan balandlikkacha tushirishi uchun yetarlidir.