•  
  •  
  •  
  •  

Zamonaviy ko‘cha rassomlarining ishlari jamoat mulkiga aylanib, shahardagi har qanday joyni o‘zgartirib yuborishga qodir. Ayniqsa, hozirda turli qiziq ishlar yaratilayotgan poytaxt bo‘lmagan shaharlarning jihozlanishida strit-artning o‘rni katta.

His etish

Rassom — Danila Shmelev

Muxabbat. Orenburgdagi oddiy besh qavatli bino devorlarida toza va haqiqiy muxabbat ramzi 3D-ko‘rinishida aks ettirilgan.

Tovonbaliq

Rassom — Aleksandr Dergachev

Bir yil avval ushbu devorda paydo bo‘lgan ayiq zerkimasligi uchun rassom unga sho‘xchan baliqni joylashtirishga qaror qildi. Umuman olganda, Xanti-Mansiyskdagi bolalar ijodiyot markazi derazasi ro‘parasidagi o‘ziga xos beton yuzani butunlay chizish va bo‘yash graffitistar rejasiga kirgan.

King-Kong

Rassom — Andrey Toporov

Ikki metrli panjaga ega muloyim King-Kong Omskda suratga tushish uchun mashhur stendga aylangan.

G‘olib Georgiy

Rassom — Thiago Mazza

Yekaterinburg ko‘chalaridagi yuzalardan biriga braziliyalik rassom tomonidan chizilgan “G‘olib Georgiy” nafaqat bizning mamlakatda, balki muallif vatanida ham mashhur. Shuning uchun mazkur ish xalqlarimiz madaniyatini birlashtiruvchi sanaladi.

Qog‘oz kemacha

Rassom — Maksim Chukin

“Qog‘oz kemacha” — “Stenograffiya” festivalining o‘ziga xos ramzidir. U o‘tgan yildan beri jamoa bilan turli shaharlar bo‘ylab sayohat qilmoqda. Bu safar esa Orenburg bo‘g‘oziga o‘rnatildi.

Bamborinkalar

Rassom— Danila Shmelev

Bamborinkalar — bu mandarinli kapalaklardir. 3D-stend Omsk aholisi tomonidan juda sevimli, ular mandarinli haqiqat fonida o‘zlarini suratga olish uchun tashrif buyurishadi.

Baxt qushi

Rassom— Anastasiya Moskvina

Bu ishning eskizi bolalar rasmlari chizmalari asosida yaratilgan. Yorqin, baxt keltiruvchi qush qutb aylanasida joylashgan deyarli yerning qirg‘og‘ida joylashgan, aniqrog‘i Yangi Port qishlog‘idagi, bino devorini bezab turibdi.

Don Kixot

Rassom — Aleksandr BLOT

Yekaterinburgdagi mazkur ijod muallifi ko‘cha rassomi va Don Kixot o‘rtasida paralel o‘tkazgan, axir ikkala ritsar ham ezgulik keltiradi.

Bolalar orzusi

Rassom— Marina Yagoda

Bu o‘tgan yilgi festivaldagi ish bo‘lib, uni ko‘rsatmaslikning iloji bo‘lmadi. Rassomga tasvirni chizishda Yangi Port qishlog‘idagi bolalar internati tarbiyalanuvchilari yordam berishdi. Bu joylar uchun kamyob sanalgan shimoliy qutb jilosi bilan tabiat uning dekoratsiyalarini o‘zi yaratdi.

Royal

Rassom — Andrey Toporov

Omskdagi musiqa bilim yurti binosining burchagida o‘qituvchi va o‘quvchilar qanday ishlayotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan ijod namunasi paydo bo‘ldi.

Bola tushi

Rassomlar — Aleksandr Dergachev va Sergey Ivanov

Noyabrsk tumanlarining birida uxlayotgan bu yoqimtoy qiz va uning uyqusini qo‘riqlayotgan ayiqni ko‘raganda oyoq uchida yurging va pichirlab gapirging keladi.

Dengiz mushugi

Rassmolar —“Baquvvat barmoq” jamoasi

Yangi Port qishlog‘idagi yana bir strit-art-obyekti. Tabassum qilayotgan dengiz mushugi va yorqin baliqlar – yarim yil quyosh ko‘rmaydigan hudud uchun ayni kerakli narsa.

Manaslik yigit

Rassom — Konstantin Zmogk

Omskdagi bu uy qirg‘iz xalqining yirik asari Manaslik yigit to‘g‘risidagi afsonaning alohida bo‘limlarini birinchi bo‘lib yozib olib, tarjima qilgan tarixchi va etnograf Chokan Valixanov sharafiga qo‘yilgan ko‘chada joylashgan.

Yulduz yo‘li

Mualliflar: Andrey Kolokolov, Taisiya Spirina, Maksim Parfenov, Aleksandr Galeshnikov

Katta shahar aholisi yulduzlar ostida kamdan kam orzu qilishadi. “Stenograffiya” jamoasi Sankt-Peterburgdagi bu vaziyatni to‘g‘rilashga qaror qilishdi. Festival kunlari Moyka daryosi bo‘ylab shahar aholisi yordamida deyarli 400 yulduz “sochib yuborildi”. “Yulduz yo‘li” an’anaviy tushunchadagi strit-art bo‘lmasa ham uni sizga namoyish etishga qaror qildik, axir u mazkur yilning eng yoqimli loyihalaridan biridir.

Buyuklar soyasi

Mualliflar Andrey Kolokolov, Taisiya Spirina, Maksim Parfenov, Aleksandr Galeshnikov

Qorong‘u tushishi bilan Sankt-Peterburgdagi Milliy kutubxona binosi tashqi qismida noyabr oyida bir hafta davomida adabiyot olamini “to‘ntarib yuborgan” rus yozuvchilarining portretlari aks ettirildi. Yoritish va soyaning g‘aroyib texnologiyasidan ko‘cha obyektlarini yaratishda ilk marta foydalanildi.

“Neft gaz sanoati”ning ko‘magi festivalga nafaqat geografiyani kengaytirish, balki imkoniyatlarni oshirishda yordam berdi. Rassomlar mahalliy boshqaruv vakillarining ruxsati bilan shahar yuzasida suratlar chizishadi. Bu esa ishlarning saqlanishini ta’minlaydi. Ularning to‘liq shakli bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, shahar aholisi ham chizishga jalb etilmoqda. Bu ularga o‘zlarini hayotimizni qutqarishni boshlagan go‘zallikning bir qismi sifatida his etishda ko‘mak beryapti.