Bilamizki, uy bekalari gaz pechida taom pishirishda azaldan zar qog'ozdan foydalanib keladilar. Shu bois, u doim qo'l ostida bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, zar qog'ozni ovqat tayyorlashdan tashqari boshqa ishlarda ham qo'llash mumkin ekan.

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga uy xo’jaligida zar qog’ozdan foydalanishning eng yaxshi usullarini taqdim etamiz. Ularning barchasini qo’llab ko’rganlar uchun – maqola oxirida bonus ham bor.

Voronka sifatida ishlating

Agar suyuqlikni zudlik bilan boshqa idishga quyish yoki nimanidir sochish kerak bo’lib qolsa, suratda ko’rsatilganidek zar qog’ozdan voronka yasang.

Kiyimni bir yo’la ikki tomondan dazmollang

Kiyimga dazmol bosishdan avval uningtagiga suratda ko’rsatilganidek zar qog’oz qo’ying. U tez isiydi va kiyim bir yo’la ikki tomondan tekis bo’ladi.

Qaychini chaxlang

Agar qaychilarni chaxlab, zangini ketkazmoqchi bo’lsangiz, mana bu blogda yozilganidek zar qog’oz bo’lagini 7-10 martta kesing.

Batareyalar ish muddatini uzaytiring

Agar batareyalar o’chgan bo’lib, yoningizda yangisi bo’lmas, zar qog’oz bo’laklaridan foydalaning. Uni mazkur yo’riqnomaga muvofiq qo’ying. 

Buyumlardan statik kuchlanishni oling

Kir yuvish mashinasiga kirlar bilan birga zar qog’ozdan yasalgan bir nechta sharchani soling (batafsil shu yerda ko’ring). Yuvilganidan so’ng kiyimlar elektrlashmaydi va o’ziga sochlar, jun, mayda chiqindilarni yopishtirmaydi.

Dazmolni tozalang

Dazmolni quyida ko’rsatilganidek zar qog’oz sharchasi yordamida tozalang.

Kumushni tozalang

Kumushni tozalash uchun idish tubiga zar qog’oz solib, soda, tuz va qaynagan suv qo’shing. Batafsil yo’riqnoma mana bu blogda ko’rsatilgan.

Mebelni oson ko’chiring

Mebel jihozlarini surish oson bo’lishi uchun oyoqchalari ostiga quyida ko’rsatilganidek zar qog’oz bo’lakchalarini qo’ying. Zar qog’oz tirgaklarning yaxshiroq sirpanishiga yordam beradi.

Wi-Fi signalini kuchaytiring

© techgyd    

Zar qog’oz Wi-Fi signalini kuchaytirishga yordam beradi. Qog’ozni bir necha qavat qilib buklang va antenna ortiga ekran sifatida joylashtiring. Tafsilotlar bu yerda.

Yelim to’pponchasini tozalang

Bir bo’lak zar qog’oz yelim to’pponchasini eskirgan yelimdan oson tozalashga yordam beradi. Yo’riqnoma shu yerda.

Taomlarni kuyishdan himoyalang

Tovani kuyishdan himoyalash uchun unga bir qavat zar qog’oz qo’ying. Natijada, taomni yog’ ishlatmasdan tayyorlash mumkin bo’ladi.

Xromlangan yuzalarni zangdan tozalang

Bir bo’lak zar qog’ozni shar shaklida buklab namiqtiring va kuch bilan zanglagan xromli yuza ustidan yurgazing. Batafsil yo’riqnoma mazkur blogda.

Haltalarning yoping

Agar ochiq qadoq yoki haltani zichlab yopish zarur bo’lsa, halta chetiga mana bu yerda ko’rsatilganidek bir bo’lak zar qog’ozni qo’ying va ustidan dazmol bosing.

Zar qog’ozdan sensor ekrani uchun

Ma’lum bo’lishicha, telefonning sensor ekrani zar qog’oz bilan tegishga ta’sirchan ekan. Agar oddiy qalamni zar qog’oz bilan o’rasangiz, qo’lbola stilus paydo bo’ladi. Qo’l ostingizda sensorli qo’lqoplar bo’lmasa, ko’rsatkich barmog’ingizni zar qog’oz bilan o’rang va hattoki oddiy qo’lqopda ham smartfondan foydalanavering.

Pechenye uchun shakllar yasang

Pechenye uchun mo’ljallangan deyarli istalgan shaklni mazkur yo’riqnoma yordamida bir necha daqiqada zar qog’ozdan yasash mumkin.

Bonus: tishlarni oqartiring

Bir oz ozuqa sodasini tish pastasi bilan aralashtiring, so’ngra qalin qilib zar qog’ozga suring va tishlaringiz ustidan mahkam yopishtiring. Bir soatdan so’ng zar qog’ozni olib tashlang va og’zingizni yaxshilab chaying.