Afsuski, turli odamlar bor. Yo'limizda bezorilar uchramas degan umid bilan yuramiz, ammo shunday uchrashuv sodir bo'lib qolgan taqdirda nima qilish kerakligini baribir bilish zararli emas.

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga havfli vaziyatlarda qutulishga yordam beradigan usullarni taqdim etamiz.

  • Agar orqangizdan hujum qilgan bo’lsalar, tirsagingizni bukib kaftingizni boshqa qo’lingiz bilan ushlang va hujum qilayotganga bor kuchingiz bilan tirsakda zarba bering. Agar omadli harakat bo’lsa, raqibni bir necha soniyaga harakatsizlantirishingiz mumkin. Bu vaqt esa qochib ketish uchun yetarli.
  • Qizlarga raqibning oyog’iga poshnalari bilan bosishning o’zi yetarli bo’ladi.
  • Agar hujum qilayotgan Sizni bo’g’ishga urinayotgan bo’lsa, uning jimjiloqlarini ushlab, bor kuchingiz bilan burang.
  • Agar sumkangizda sepish mumkin bo’lgan qandaydir vositalar bo’lsa, ularni olishga va raqibning yuziga sepib harakatsizlantirishga urinish kerak.

Sizni tunamoqchi bo’lishsa nima qilish kerak

  • Agar o’g’ri qandaydir qurol bilan tahdid solayotgan bo’lsa, u bilan urushmang. Bahslashmasdan, qimmatli bo’lsa ham so’ragan narsanini bering.
  • Jinoyatchi tashqi qiyofasidagi detallarga e’tibor bering: xollar, chandiqlar, suratlar.
  • Uyga kirmang, darhol politsiyaga boring: o’g’rini qancha tez izlash boshlansa, buyumlaringiz shuncha tez qaytarilishi ehtimoli kattaroq bo’ladi.

Yopiq joyda hujumga uchrasangiz nima qilish kerak

  • Agar jinoyatchi ko’p qavatli uy yo’lagida ortingizdan yugurayotgan bo’lsa, hech qachon lift yoki podvolga bekinmang, chunki jinoyatchining ham Siz bilan birga o’sha yerga kirishi ehtimoli katta.
  • Yo’lakdan iloji boricha odamlarni uchratish yoki kuzatuvdan oson qutulish mumkin bo’lgan joyga qoching.
  • Yopiq joylarda, aksincha, sepiladigan vositalarni ishlatmang: ular nafas yo’llaringizga tushishi mumkin va Siz qocha olmaysiz.

Ehtiyotkorlik choralarini ko’ring

  • Darhol yugurmang. Avval qandaydir to’siqdan o’ting (yo’ldan o’ting, burchakka qayriling yoki metroga tushing), so’ngra yugura boshlang.
  • Yo’lda ketayotgan odam bilan suhbatlashing. Kuzatayotgan ortingizdan qolganini ko’rmaguncha suhbatni davom ettiravering. Odatda, jinoyatchi yolg’iz bo’lmagan odamga hujum qilmaydi.
  • Agar taksi haydovchisi shubhali ko’rinsa, shu zahoti safarni to’xtatish kerak. Taksiga o’tirar ekansiz doim mashina raqamini yaqinlaringizga xabarda jo’nating.
  • To’g’ridan-to’g’ri xatarni kutish shart emas: agar Sizni qorong’u yo’l yoki hiyobondagi o’rindiqda o’tirgan shubhali odamlar ikkilantirayotgan bo’lsa, boshqa yo’ldan yuring. Agar uy yo’lagida chiroq o’chgan bo’lsa, qo’shningizni kuting va u bilan birga kiring yoki Sizni kutib olishlarini so’rang.
  • Qayerdaligingiz va qachon uyga kelishingiz haqida doim yaqinlaringizga xabar bering.