Sizni eng tajribali xaritashunos va tadqiqotchilar ham bilmaydigan “yashirin” qishloqlar bilan tanishtirish istagidamiz. Ushbu suratlar sizni o‘ziga butunlay maftun etadi!

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizni eng tajribali xaritashunos va tadqiqotchilar ham bilmaydigan “yashirin” qishloqlar bilan tanishtirish istagidamiz. Ushbu suratlar sizni o‘ziga butunlay maftun etadi!

1. Aogashima, Filippin dengizi

Bu qishloqni “dunyodagi eng jasur” deb atash mumkin. U Filippin dengizidagi Aogashima orolida joylashgan bo‘lib, aholisi 200 nafar kishini tashkil etadi. Eng qizig‘i shundaki, bu odamlar vulqon krateri markazida yashaydilar.

2. Monemvasiya, Gretsiya

U tog‘ qoyasi ortiga yashiringan! Kichik, biroq g‘aroyib grek qishlog‘i 375 yildagi kuchli yer silkinishi natijasida qit’adan ajralib qolgan ulkan tosh orol ortida qiziquvchan ko‘zdan berkingan.

3. Putgal ibodatxonasi, Hindiston

Ajoyib maskan. Putgal ibodatxonasi Hindistonda joylashgan. U Zanskar viloyatidagi g‘orlardan biriga kirishdagi qoya yonida yashiringan. Tadqiqotchilar ibodatxona 12 asrning boshida tashkil etilib, 1800 yillargacha ma’lum bo‘lmay qolgan degan fikrdalar.

4. Isortok, Grenlandiya

Grenlandiya sharqidagi bu sokin qishloqchada suratda ko‘rish mumkin bo‘lgan katta qizil bino – supermarketga ega. U yerda barcha kerakli mahsulotlarni topish mumkin. Qor va muz qurshovidagi bu qishloqda jami 64 kishi istiqomat qiladi.

5. Gasadalur qishlog‘i, Daniya

Bu sivilizatsiyadan uzoqda joylashgan mitti qishloqchada bor-yo‘g‘i 16 kishi yashaydi. U Farer orolining chiroyli qirg‘og‘idagi baland qoyada joylashgan. 2004 yilda ushbu qishloq aholisini zamonaviy hayot bilan bog‘lash maqsadida tog‘ orqali maxsus yer osti yo‘li qurilgan. Biroq bu yo‘lakka tushishdan oldin balandligi 400 metr bo‘lgan tog‘ga ko‘tarilish kerak.

6. Xuakachina, Peru

Qishloq yerdagi eng quruq joylardan birida joylashgan. U Xuakachina deb nomlangan. Iqlimga qaramay, u yerda daraxtlar, mehmonxonalar, do‘konlar va hatto vodiy-kutubxona ham bor. Bu qishloqning 98 nafar aholisini o‘z biznesini ilgari suradilar.

7. Bandiagar tepaligi, Mali

Bu g‘aroyib shaharchada Dogon qabilasi yashaydi. Ushbu inshoot rangli loydan barpo etilgan. Majmua tarkibiga turar joylar, don saqlanadigan omborxona, mehrob va ibodatxonalar kiradi.

8. Andredal, Norvegiya

Bu ertaksimon joy Norvegiyadagi ingichka vodiyAurlands-fordda yashiringan. Tan oling, u Disney multfilmidagi kadrni yodga soladi. Bu yerda 100 ga yaqin odam yashaydi, ular qaramog‘ida 500 ta echki bor. Bu maskan echki sutidan tayyorlangan jigarrang pishloq va hatto echki go‘shtidan tayyorlangan g‘aroyib kolbasasi bilan dong taratgan. 1998 yilga qadar bu aholi punktiga faqat kemada borish mumkin edi, hozirda esa u yerda yo‘llar barpo etilgan.

9. Furora, Italiya

Ertakka o‘xshash qishloq Italiyadagi qirg‘oqlardan birida joylashgan. Shahar meri qishloq qirg‘oqbo‘yi yo‘ldan ko‘rinish uchun bu shahar aholisiga o‘z uylarini maksimal darajada yorqin ranglarga bo‘yash majburiyatini yuklagan.

10. Sapa, Vyetnam

Sapa, shubhasiz sayyoradagi eng go‘zal joylardan biri. Bu yerda mahalliy aholining uylari, fermalari, o‘z mahsulotlarini eksportga yuboradigan guruch dalalari joylashgan.

11. Kuber Pedi, Avstraliya

Janubiy Avstraliyaning shimoliy qismida bu mamlakatning mingdan ortiq aholisi maxsus joylarda istiqomat qilishadi. Joy “KuberPedi” nomi bilan mashhur.

12. Yumronqoziqning ulkan uyumlari

Agar bu inshootga tashqaridan nazar solsangiz, u ulkan yumronqoziq tomonidan “barpo etilgan” uyumlar kabi ko‘rinadi. Ushbu majmua kunduz kunidagi chidab bo‘lmas jaziramadan saqlanish uchun ataylab yer ostiga qurilgan.

13. Tristan da Kunxa, Muqaddas Yelena

Sayyoramizdagi eng uzoq maskanlardan biri. Bu joyning 300 nafar aholisi bo‘lib, ular eng yaqin qirg‘oqdan 1000 mil uzoqlikda joylashgan. U yerga Janubiy Afrikadan olti kunlik dengiz sayohati bilan yetib borish mumkin.

14. Monsanto, Portugaliya

Bu Portugaliyadagi qishloq 200 tonnali tosh tagida qurilgan. Bu joyning 828 nafar aholisini haqiqatan ham jasur odamlar deb atash mumkin!

15. Suzuvchi orollar. Boliviya va Peru

Uros oroli Boliviya va Peru chegarasida joylashgan. U butunlay qamish bilan qoplangan. Orollar aholisi esa Uru nomli ink qabilasidir.

16. Rougon, Fransiya

Manzarasi go‘zal fransuz qishlog‘i Verdon g‘orining chiroyli ko‘rinishi bilan nom qozongan. Aytishlaricha, bu yerda juda ko‘p yovvoyi hayvonlar yashaydi.

Manba