Dubay – butun dunyodagi millionlab sayohatchilar va turistlar uchun orzular shahridir. Aksariyat odamlar bu makonda shukuhli, g'ayrioddiy kelajak mavjud. Qiziq, aslida ham shundaymikan?

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Dubay – butun dunyodagi millionlab sayohatchilar va turistlar uchun orzular shahridir. Aksariyat odamlar bu makonda shukuhli, g’ayrioddiy kelajak mavjud. Qiziq, aslida ham shundaymikan?

 

1.Dubay — sayyoradagi eng boy odamlar shahri

Statistika boshqa ma’lumotlarni ko’rsatmoqda: jami bo’lib sayyoramizda 5 ming nafar dollarlik milliarder istiqomat qiladi. Ularning eng katta qismi Pekinda yashaydi. Ikkinchi o’rinni Nyu-York egallagan bo’lsa, Dubay ularning atigi 20 tasiga “boshpana” hisoblanadi.

 

2.Dubayda nochorlik yo’q

Mutlaqo yolg’on. Bu yerda yashaydigan ko’p sonli juda faqir muxojirlar arzimagan uchun mehnat qilib, kichkina xonachalarda bir necha kishilab yashab kelishadi.

 

3.Dubayda bolalarni o’stirish juda yaxshi


Agar bolalarni deyarli hamma vaqt konditsionerli xonalarda bo’lishga majbur qiladigan iqlim hisobga olinmasa, bu yerda bolalarni tarbiyalash bilan bog’liq eng katta qiyinchilik ulkan mablag’lar sarflanadigan ta’limdir. Masalan, oddiy maktabdagi 11 yillik ta’lim uchun 100 ming dollar sarflanadi. Universitetlarning qiymatlariniku aytmasa ham bo’ladi. Ularda faqatgina BAA fuqarolari bepul o’qiydi.

 

4.Dubay — bu davlat

BAA – Dubay, Abu-Dabi, Al-Fujayra, Sharja, Ras-al-Haym, Ajman, Umm-al-Qavayn – Amirlikning 7 poytaxti

Eng keng tarqalgan xato fikrlardan biri. Dubay oddiy shahar hisoblanadi.

 

5.Dubayda alkogol ichimliklar ichilmaydi

Bu mutlaqo noto’g’ri. Barcha sayyohlar va musulmon bo’lmagan fuqarolar alkogol iste’mol qilishi mumkin. Uni sotib olish uchun maxsus karta yoki sayyohlik vizasi kerak.

 

6.Dubayda ishsizlar bo’lmaydi

Chindan ham shunday, chunki ishga joylashmagan chet ellik fuqarolar darhol deportatsiya qilinadi, mahalliy aholi uchun esa ish topish qiyin emas.

 

7.Dubay yaxshi ekologiyaga ega

Dubayda ekologiyaga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish degan tushuncha yo’q. Shahar aholisi, shu bilan birga yangi osmono’par binolar va uylarning soni tezkor sur’atlarda o’sib bormoqda. Bunga yana sun’iy usullarda ichimlik suvini olishga bo’lgan doimiy ehtiyoj va chiqindi to’planishi bilan bog’liq yechilmagan muammoni qo’shing.

 

8.Dubayda yil davomida yaxshi ob-havo bo’ladi

Bu yerdagi osmonga deyarli doim kulrang chang pardasi tortilgan bo’ladi, bahor va yoz kunlarida esa harorat +48°S ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, namlik huddi hammomdagidek o’ta baland bo’ladi.

 

9.Dubay bugungi turmush darajasiga uzoq yillar natijasida erishdi

BAA davlati 1971 yildagina paydo bo’lgan. Dubay – tovush tezligida rivojlanib borayotgan juda “navqiron” shahar.

 

10.Dubaydagi politsiya faqat super avtoulovlarni minadi

Lamborghini toifasidagi mashinalar politsiyaga yo’llarda ancha ko’p bo’lgan huddi shunday avtoulovlarga ega tezkor dubayliklarga oson yetib olish va qo’lga tushirish imkoniyati uchun kerak. Biroq, shaharda ko’pincha oddiy politsiya avtoulovlari ham uchrab turadi.

 

11.Dubay — eng ilg’or texnologiyalar shahri

Bu qisman haqiqat. Ko’chalarni sovutib turuvchi konditsionerlar (!), robot-politsiyachilar va boshqa g’aroyib texnologiyalarga befarq qolish qiyin. Shu bilan birga, Dubayning ko’plab hududlarida shu paytgacha oddiy kanalizatsiya va oqava tizimi mavjud emas.

 

12.Uyda sher yoki yo’lbars boqish — dubayliklarda oddiy holat

Dubayda yirtqichni uy hayvoniga aylantirish qonunan ta’qiqlangan. Bu jinoyat uchun kamida yarim yilga qamalish va davlatga katta miqdorda jarima to’lash mumkin.

 

13.Dubay — osmono’parlar shahri

Barcha mashhur suratlarda shahar aynan shunday qiyofada namoyon bo’ladi. Aslida esa, “fazoviy” osmono’parlardan tashqari, bu yerda bir necha qavatli eng oddiy uylar hamda hech bilan qo’shni bo’lishni istamaydigan dubayliklar yashaydigan umuman baland bo’lmagan villalarni ko’plab uchratish mumkin.

 

14.Dubay aholisining katta qismi — mahalliy arablar

Tasavvur qiling-a, Dubayda yashaydigan aholining to’rtdan bir qismi hindistonlik muxojirlardir. Umuman olganda Dubayda tashqaridan kelganlar 91% ni tashkil qiladi! Mahalliy aholining soni esa – atigi 9%.

 

15.Dubay boyligi neft qazib olishga asoslangan

Dubay byudjetiga ulkan mablag’larni keltiradigan yana bir muhim tarmoq – bu marvarid qazib olish. Mazkur hududning marvaridi jahondagi eng zo’r, sifatli va qimmatlilardan hisoblanadi.

Ushbu maqolani do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!