Biz uchun odatiy ahamiyat kasb etuvchi aksariyat buyumlar mutlaqo boshqa maqsadlar yo'lida ixtiro qilingan va ma'lum darajada qiziq kelib chiqishga ega.

  •  
  •  
  •  
  •  

Ichimliklarning qopqoqlaridagi bo‘rtma nuqtalar

Odatda oshxonada avvaldan ichimliklar solingan bir necha stakan tayyor turadi. Ichimlik sovib qolmasligi uchun ularning qopqoqlari yopib qo‘yiladi. Qopqoqni ochmasdan stankanlarda nima borligini aniqlash uchun xodim yonida ichimlik nomi yozilgan tugmalarga qaraydi. Bu xaridor uchun ham qulay – tugma bostirilgan bo‘ladi va Siz qopqoqni ochmasdan o‘z ichimligingizni tanishingiz mumkin.

Kedrdan kiyim ilgichlar

Nima uchun shu kungacha yog‘ochdan ishlangan buyumlar bozorning katta ulushini egallab kelishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz, vaholanki, ularni boshqa material bilan alishtirish mumkin (masalan, plastik bilan)? Ma’lum bo‘lishicha, kedr daraxti kuyalarni haydaydigan tabiiy moylarga ega bo‘lib, u buyumlaringizni saqlab beradi.

Yegulik uchun tayoqchalardagi ulagich

Ko‘pchilikning fikricha, ulagich – bu tayoqchalar ostiga qo‘yiladigan taglik. Aslida, u faqat bir martta foydalaniladigan tayoqchalarda bo‘ladi. Ulagich bu tayoqchalar bilan hech kim avval ovqatlanmaganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi qadoqqa joylashtirishda tavakkalning oldi olinadi (mashina faqat bitta tayoqchani qadoqlay olmaydi).

Tish cho‘tkasidagi ko‘k qilchalar

Agar tish cho‘tkangizdagi ko‘k qilchalar rangini yo‘qotayotganini sezsangiz, bu uni alishtirish vaqti kelganining aniq alomatidir. Ko‘k rang – tish cho‘tkasini alishtirish kerak bo‘lgan vaqtni ko‘rsatib turadigan indikator.

Quyosh ko‘zoynaklari

Qora ko‘zoynaklar XII asrdan buyon ishlatilgan, ammo quyosh nurlaridan saqlanish uchun emas, balki begonalarning qarashlaridan qochish uchun. Bunday ko‘zoynaklarni his-tuyg‘ularini hech kim ko‘ra olmasligi uchun sud majlislaridagi hakamlar kiygan.

Frisbi

Yel universiteti talabalari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida Frisbie Pie Company firmasining pishiriq uchun temir tagliklarini bir-birilariga qarata otganlar. «Frisbi» nomi talabalar orasida shu qadar ommalashgan-ki, Wham-O vakillari o‘zlarining uchar likobchalari nomini Frisbee deya o‘zgartirganlar (ular 1957 yilda ishlab chiqarila boshlagan).

Brendi

Bugungi kunda ma’lum bo‘lgan brendi birinchi martta XII asrda paydo bo‘lgan. Dastlab vinoni haydash uni saqlash usuli bo‘lib, vinoni tashish jarayonini osonlashtirgan. Brendini iste’mol qilishdan avval unga suv qo‘shilgan va shu tariqa yana vino olingan. Biroq, yog‘och bochkalarda saqlanganidan so‘ng mahsulot o‘zi olingan vinoga nisbatan yaxshiroq bo‘lishi aniqlangan.

Pufakli qatlam

Hozirda pufakli qatlam nozik buyumlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Biroq, dastlab 1957 yilda Alfred Filding va Mark Chavann oson tozalash mumkin bo‘lgan gulqog‘oz uchun yangi materialni ixtiro qilishga uringanlar. Keyinchalik pufakli qatlam IBM kompaniyasiga qadoq sifatida tavsiya qilingan va kompaniya undan o‘z kompyuterlarini qadoqlashda foydalana boshlagan.

Yostiq

Yostiq hasharotlar uxlayotgan odamlarning burni, quloqlari va og‘ziga kirib ketmasligi uchun o‘ylab topilgan. Qadimgi xitoyliklar yumshoq yostiq tana quvvatini tugatishiga ishonib, qattiq yostiqlardan foydalanganlar. Afrikaliklar esa, yostiqda uxlaganda ajdodlar bilan muloqot qilish mumkinligini ta’kidlagan. Yevropada erkaklar yostiqlardan deyarli foydalanmagan, chunki ular zaiflik belgisi hisoblangan.

Futbolka

Ikkinchi jahon urushi davrida futbolka ichki kiyim sifatida ishlatilgan. Shahar ommasining orasida futbolkada paydo bo‘lish kiyimsiz sayr qilishga teng bo‘lgan. Ushbu fikr 1951 yilda ekranlarga chiqqan «„Istak» tramvayi» kinodramasi tufayli o‘zgargan. Ushbu filmda Marlon Brando deyarli har bir kadrda oq futbolkada ko‘ringan. Vaqt o‘tishi bilan futbolka ichki kiyimdan ustki kiyimga aylangan.

Yugurish yo‘lakchasi

Yugurish yo‘lakchasining o‘tmishdoshi 1818 yilda dastlab mahbuslarni jazolash uchun (mahbuslar tayoqlarni tutib, parraklarda oyoqlarini aylantirganlar), keyinchalik ahloq tuzatish muassasalarida donni maydalash uchun qo‘llanilgan.

Veb-kamera

Birinchi veb-kamera 1991 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, kofe qaynatuvchi mashinani ko‘rsatib turgan. Kembridj universitetida katta ilmiy loyiha jamoasi uchun atigi bitta kofe qaynatuvchi mashina bo‘lib, u ham boshqa qavatda joylashgan. Shuning uchun ayrim hamkasblar ko‘pincha kofesiz qolgan. Natijada, vaziyatdan yo‘l topishga to‘g‘ri kelgan – masofadagi kompyuterda daqiqasiga uch martta yangilanib turadigan tasvir paydo bo‘lgan.

Choy xaltachasi

Choy xaltachasi 1904 yilda savdogar Tomas Sallivan tomonidan tasodifan ixtiro qilingan. Choy katta temir qutilarda sotilgan, ammo Sallivan mayda qadoq foydaliroq bo‘lishini tushungan va idish sifatida shoyi xaltachalarni ishlatgan. Nyu-Yorklik restoratorlar esa choyni yangi qadoqning o‘zida damlash qulayligini aniqlaganlar.

Spinner

Spinner o‘yinchog‘i 2017 yilda ommalashib ketgan bo‘lsa-da, shu kabi moslamalar 1993 yildayoq ixtiro qilingan. Dastlab spinnerning yaratilishi qizi uchun gazeta va yopishqoq tasmadan o‘yinchoq yasab bergan Ketrin Xettinger ismi bilan bog‘langan. Bugungi kunda spinner diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammo va xavotir alomatlariga ega odamlar uchun stressga qarshi o‘yinchoq sifatida ko‘rsatiladi.

Simlardagi poyabzal

«Shufiti» ingliz tilidagi shoe (poyabzal) va graffiti so‘zlaridan yuzaga kelgan bo‘lib, «poyabzal graffitisi» sifatida tarjima qilinadi. Mazkur san’at turining paydo bo‘lishi borasida bir nechta fikr mavjud.

  1. Talabalar o‘qish tugaganini shu tariqa nishonlaydilar. Harbiylar esa – qo‘llariga tushgan hamma narsani havoga otib, xizmat tugaganini nishonlaydilar. Dastlabki poyabzal jufti simlarda ilinib qolganidan so‘ng bu an’anaga aylangan.
  2. Ba’zilarning fikricha, osilgan poyabzal kelajakda kerak bo‘ladi. Masalan, kelgusi hayotda – inson vafot etganidan so‘ng uning ruhi ertami yo kech yerga qaytadi.
  3. Simlardagi poyabzal ta’sir ko‘rsatish hududining chegarasini belgilaydi, ya’ni – bu yerda sizning qonunlaringiz tugab, bizning qonunlar amal qila boshlaydi.
  4. Nyu-York yoki Los-Anjelesda bu mahalliy jinoiy to‘dalarning bir-biriga maxfiy belgilaridir – ya’ni shu oradagi uy egalari narkotik savdosi bilan shug‘ullanishini bildiradi. Poyabzalning rangi va fasoni bo‘yicha aynan nima sotib olish mumkinligi aniqlanadi.
  5. O‘g‘rilar qisqa tutashuv hosil qilish uchun simlarga poyabzallarni otadilar. Dispetcherlar kuchlanishni o‘chirganlarida, o‘g‘rilar simlarni yechib oladilar.