Janubiy Koreya – zamonaviy texnologiyalar va ko'p asrlik an'analarga sodiqlik o'zaro uyg'unlashib ketgan qarama-qarshiliklar mamlakati. Mazkur g'aroyib davlatga har safar tashrif buyurganda hisobsiz yangi sirlar ochilishini eslatmasa ham bo'ladi. Janubiy Koreya haqidagi sizni hech bo'lmaganda hayratga soladigan eng kutilmagan holatlarni sizga namoyish etishga harakat qilamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Homilador ayollarga davlatning ko’magi

Janubiy Koreyada barcha homilador ayollarga hukumat tomonidan kredit kartasi beriladi. Kartada zarur mablag’ – $500 bo’ladi. Bu pulni faqat shifokorlar qabuliga va bo’lajak ona uchun dorilarga sarflash mumkin. Jumladan, ayol jamoat transportidagi qulaylik uchun ijtimoiy kalit tasmasini olishi mumkin. Metroda homilador ayollar uchun mo’ljallangan joylar pushti rangga bo’yalgan, tasma esa nishonni faollashtirish orqali atrofdagilarga vagonda homilador ayol borligiga sha’ma qiladi. Bu uyatchan ayollar, shuningdek homila muddati kichik bo’lgan xonimlar uchun yordam. Shuningdek, homilador ayollar uchun maxsus mashina to’xtash joylari ham mavjud.

2. Deyarli har bir bekatda avtobusning joriy qatnoviga oid ma’lumot ko’rsatilgan tablo bor

Bu yerda barcha avtobuslar yangi va konditsionerlar bilan jihozlangan. Haydovchilar oq qo’lqoplar va quyoshdan himoyalovchi ko’zoynakdan iborat bir xil formaga ega. Avtobuslar deyarli sutka davomida qatnaydi. Aytish kerakki, taksida yurishning qiymati ham xuddi shunday bo’ladi, ammo buning uchun 3-4 kishi birga ketishi kerak.

3. Supermarketlarda mahsulotlarni bepul yeb ko’rish mumkin

Aksariyat mahalliy supermarketlarda cheklanmagan miqdorda tatib ko’rish uchun mo’ljallangan yeguliklar bo’ladi. Xaridor nimadir sotib olish….yoki olmasdan avval qancha mahsulotni tatib ko’rganini hech kim nazorat qilmaydi.

4. Koreyaliklar foydali sovg’alar berishni va olishni yaxshi ko’rishadi

Yangi uyga ko’chgan xonadon egalariga beriladigan an’anaviy sovg’a, bu – bir quti xojatxona qog’ozi o’ramlaridir. Koreyaliklar o’ramning uzunligi umr davomiyligiga sha’ma qilishiga ishonadilar. Umuman olganda koreyaliklar foydali, ayniqsa yeyish mumkin bo’lgan sovg’alarni yaxshi ko’rishadi. Masalan, Janubiy Koreyadagi bir kompaniyaning rahbariyati o’z xodimlariga oziq-ovqat to’plamlarini sovg’a qilgan. Ushbu maxsus to’plamlar turli birikmalarda katta bayramlar oldidan sotiladi.

5. Koreyada telesuhandonlar Yangi yilga milliy libos kiyishadi

6. Har bir bolalar bog’chasi shahar bo’ylab sayrlar chog’ida omma orasida bolalarni yo’qotib qo’ymaslik uchun o’zining ma’lum rangdagi formasiga ega

7. Cherkovlarda tashrif buyuruvchilarga kichkina, ammo yoqimli sovg’alar beriladi

Har chorakda yirik cherkovlar tomonidan o’z qatnovchilari uchun bir necha marotaba stomatolog yoki sartaroshga bepul tashriflar uyushtiriladi. Janubiy Koreya ko’chalarida turli din vakillari juda ko’p bo’lib, ular faol tarzda odamlarni jalb qiladilar. Eng ommalashgan usul – cherkov manzili yozilgan nam salfetkalarni bepul tarqatishdir. Aytgancha, dunyodagi eng ko’p qatnovchiga ega cherkov ham aynan Janubiy Koreyada joylashgan bo’lib, unga yiliga 1 mln.dan ortiq odam tashrif buyuradi.

8. Yuqori sinf o’quvchilari yarim tungacha o’qishadi

Koreyalik bolalar juda ko’p o’qishadi. Boshlang’ich sinflarning o’quvchilari soat 9:00dan 18:00gacha o’qishadi, o’rta maktab uyiga soat 22:00da qaytadi. Yuqori sinflar esa tungi soat birgacha dars qilishi mumkin. Atayin shunday holatlar uchun maktab kutubxonalari sutka davomida ishlaydi. Biroq, haddan ortiq o’qish tufayli bolalar dahoga emas, aksiga aylanishadi. Ularning aksariyati ishtiyoq va xobbiga bo’lgan qiziqishni yo’qotadi, chunki shaxsiy hayotga shunchaki vaqt qolmaydi. Ular o’qiydilar, yo’lda uxlaydilar va vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazadilar.

9. Janubiy Koreyada deyarli barcha sevishganlar bir xil kiyinishadi

Har bir sevishgan juftlik ular birga ekanligini albatta atrofdagilarga bildirishi kerak. Ular buni bir xil liboslar yordamida amalga oshiradilar. Mahalliy do’konlarda bir-birini sevadigan yosh va o’rta yoshdagi odamlar uchun ko’plab bir xil kiyimlar va poyabzallar mavjud.

10. O’qituvchiga eng yaxshi minnatdorlik – bir finjon qahva yoki shirinliklar

O’qituvchilar va boshqa har qanday davlat xizmatchilariga yirik sovg’a berish pora hisoblanadi. Odatda, o’qituvchilarga minnatdorlik bildirishni istagan ota-onalar va bolalar ularga qandaydir shirinliklar yoki bir finjon qahva sovg’a qiladilar.

11. Metrodagi mavzuga doir vagonlar

Janubiy Koreyadagi metroda turli multiplikatsiya qahramonlariga bag’ishlangan ko’plab mavzuga doir vagonlar mavjud. Bekatlar ushbu qahramonlarning ovozida e’lon qilinadi, shuningdek o’rindiqlarga ularning haykallari o’tqizilgan.

12. Janubiy Koreya – g’arb odatlarini bilmaydigan yopiq

Agar koreyalikdan dunyodagi eng mashhur xonandaning ismini so’rasangiz, uning javob berishi ehtimoldan yiroq. Koreyaliklar boshqa davlatlar haqida deyarli hech narsa bilmaydilar. Mutlaqo. Ular g’arb kinolarini ko’rmaydilar, g’arb musiqasini tinglamaydilar, G’arb odatlarini bilmaydilar, maktablarda jo’g’rofiy fani yo’q. Ular uchun har qanday xorijlik – amerikalikdir. Biroq, ular o’zlarining pop-sanoati vakillari haqida sizga mamnuniyat va ishtiyoq bilan so’zlab berishadi. Koreyalik yoshlar orasida eng mashhur musiqiy guruh – BTS guruhidir.

13. Janubiy Koreyada itlarni yeyishmaydi

Deyarli barcha yosh avlod vakillari hech qachon it go’shtini yeb ko’rmagan. Biroq Janubiy Koreyada hozir ham bunday taomni tatib ko’rsa bo’ladi, ammo mazkur tajriba o’ta qimmat turadi. Zamonaviy koreys oshxonasi juda sog’lom hisoblanadi. Odatda, bu – yog’siz grilda pishirilgan go’sht, juda ko’p sabzavotlar va ko’katlar va albatta, guruch. Juda ko’p guruch. Koreyaliklar guruchdan ham ko’proq faqat qahvani sevishadi.

14. Chiqindi idishlarining yo’qligi va ko’p jamoat xojatxonalari

Bu yerda chiqindi idishlari yo’q, chunki koreyaliklar juda ozoda xalq. Har metro bekati, har bir hiyobon va jamoat binosida xojatxonalar bor. Ular juda toza va nogironlar uchun alohida xonalarga ega. Ayollar uchun mo’ljallangan xojatxonalarda bolalarning tagliklarini alishtirish uchun maxsus joylar mavjud.

15. Koreyaliklarning mehnatsevarligi chegara bilmaydi

Yaqindan buyon Janubiy Koreya hukumati mamlakatni qamrab olgan mehnatsevarlikka qarshi urush e’lon qildi. Endi me’yoridan ortiq ishlashni yaxshi ko’radigan ofis xodimlarining kompyuterlari juma kuni kechqurun avtomat ravishda o’chadi. Bularning bari odamlar normal hayot bilan yashay olishlari uchun qilinadi. Yangilik barchaga taalluqli, ammo alohida holatlarda istisnolar bo’lishi mumkin. Biroq, koreyaliklarning hammasi ham yangilikni qo’llamadi. 67% davlat xizmatchilari ofis texnikasini majburiy o’chirish ular uchun qo’llanilmasligini so’rab murojaat qilgan.

Janubiy Koreyaga yo’lingiz tushganmi? Javobingiz ijobiy bo’lsa, mazkur ajoyib mamlakat sizda qoldirgan taassurotlaringiz bilan bo’lishing. Salbiy javob bo’lsa, yuqoridagi holatlarning qaysi biri sizni ko’proq hayratga solganini bilishni istardik.