Bizning sayyoramiz – haqiqiy mo'jizalar makonidir. Biz u haqida hamma narsani bilamiz deb o'ylaymiz, ammo ba'zida shunday hududlar uchshari mumkinki, ularni ko'rib bu Yer sayyorasi ekanligiga shubha qilasiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizni Yer yuzidagi barchasi shu qadar noodatiy ko’ringanidan fazoviy uyimiz sarhadlaridan tashqariga chiqqandek tuyuladigan turli burchaklarni tanishtiramiz.

16. Yashirin plyaj, Mariyeta orollari, Meksika

Qoyalar orasida butun dunyodan yashiringan plyaj Mariyeta orollarida 100 yil avval o’tkazilgan harbiy sinovlardan so’ng paydo bo’lgan. Bugungi kunda orollarga qo’riqxona maqomi berilgan bo’lib, tutash suvlarda delfinlar va kitlarni kuzatish mumkin.

15. «Lassen-Volkanik» Milliy bog’i, AQSH

Kaliforniyada joylashgan «Lassen-Volkanik» milliy bog’i o’zga sayyoralarga xos manzaralaridan tashqari, vulqonning barcha 4 turi mavjud bo’lgan Yer yuzidagi yagona hududligi bilan mashhurdir. Bular: stratovulqon, qalqonli vulqon, shuningdek lavali va toshqolli konuslar.

14. Rorayma tog’i, Braziliya — Venesuela — Gayana

© reddit  

Bir qarashda oldingizda yer bo’lagi bulutlar aro erkin suzib yurgandek ko’rinishi mumkin. Aslida esa bu Rorayma tog’idir. Uning cho’qqisi atrofidagi bulut hech qachon yo’qolmaydi, shuningdek ushbu tog’ etagidagi ko’plab o’simlik turladi boshqa hech qayerda uchramaydi.

13. «Chjanye Dansya» Milliy geoparki, Xitoy

Ushbu tog’dagi rang-barang “qatlamli pishiriqlar” – qumloq va boshqa yer jinslarining 24 mln. yil davomida bir-birining ustiga to’planishi natijasidir. Millionlab yillar davomida esgan shamollar va yoqqan yomg’irlar ushbu tog’ga yumaloqdan tortib to konussimongacha bo’lgan turli shakllarni bergan.

12. Uyuni sho’rhok yeri, Boliviya

Qurib qolgan Uyuni ko’li o’zida 10 mlrd. tonna tuzni saqlaydi. Har yili yomg’irlar mavsumida Uyuni ingichka suv qatlami bilan qoplanadi va sun’iy yo’ldoshlarni kalibrlash uchun qo’llaniladigan dunyodagi eng katta tabiiy ko’zguga aylanadi.

11. Salvador Dali cho’li, Boliviya

100 kv. metrdan ortiq maydonni egallagan jonsiz cho’l go’yoki mashhur dahoning suratidan aslga aylangandek ko’rinadi. Silliq, huddi akvarel bo’yoqlari bilan chizilgandek ko’rinadigan tog’lar, yo’q yerdan o’sadigan daraxtlarni eslatadigan g’alati toshlar hamda adadsiz qum – Dali aynan shu yerda o’zining syurrealistik asarlarini yaratgandek tuyuladi.

10. Danakil botig’i, Efiopiya

Danakil botig’ini — insoniyat tamaddunining beshigi deb hisoblash mumkin, zero aynan shu yerdan fanga ma’lum birinchi mashhur gominid – Lyusining qoldiqlari topilgan. Ekstremal sharoitlarga moslashgan noyob mikroorganizmlar yashaydigan oltingugurtli ko’llar tufayli mahalliy landshaft Yupiter yo’ldoshlaridan biri bo’lgan Io ko’rinishini eslatadi.

9. «To’lqin» galereyasi, Arizona shtati, AQSH

«To’lqin»— qumloqdan hosil bo’lgan tabiiy galereya. 200 mln. yil muqaddam bu yerda mavjud bo’lgan qumli barhanlar vaqt va tabiat hodisalari ta’sirida mahalliy landshaftni o’zga sayyora manzarasiga aylantirgan. Bu hududga kirish oson emas – mahalliy hukumat kuniga ko’pi bilan 20 ta yo’llanma taqdim etadi va ularni lotereyada yutib olish kerak.

8. Oy vodiysi, Atakama cho’li, Chili

Oy vodiysi sayyoramizning eng qurg’oq hududlardan birida – Atakama cho’lida joylashgan. Vodiy manzarasi huddi oynikiga o’xshaydi, chunki mahalliy ko’llar ham faqat tuzli qatlamdan tashkil topgan bo’lib, toshli qoyalar esa u yer, bu yerda qad ko’tarib turadi.

7. Uchuvchi geyzer, Nevada shtati, AQSH

Flay geotermal manbai inson aralashuvi tufayli hosil bo’lgan: quduq qurilishi chog’ida yo’l qo’yilgan xato oqibatida qaynab turgan suv tashqariga chiqib ketgan. Uning tarkibidagi minerallar balandligi 1,5 metrga teng “vulqonni” yuzaga keltirgan bo’lib, uning hajmi hozir ham kattalashishda davom etmoqda.

6. Proxodna g’ori, Bolgariya

Proxodna g’ori yoki “Yaratgan ko’zlari” – Bolgariyadagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biridir. Qoyadagi ikki tomoni ochiq teshiklar g’aroyib ravishda simmetrik bo’lib, haqiqatdan ham ko’zlarni eslatadi. Ayniqsa, yomg’ir vaqtida ulardan go’yoki ko’z yoshlaridek suv oqa boshlaydi.

5. Egri o’rmon, Pomeraniya, Polsha

Polshadagi o’rmonlarning birida tanasi yerdan bir necha o’n santimetr balandlikdan boshlab keskin ravishda shimol tomonga qaragan 400 ga yaqin qarag’ay o’sadi. Mazkur hodisaning kelib chiqishi sirligicha qolmoqda: kimdir buni tabiat bilan bog’lasa, boshqalar insonning qo’li bor deb o’ylaydi.

4. Sokotra arxipelagi, Yaman

Sokotra arxipelagidagi manzaralarga balandligi 10 metrga yetadigan daraxtlar – simobli qizg’ish rangdagi dratsenlar o’ziga xoslik bag’ishlaydi. Agar daraxtning po’stlog’i kesilsa, u qonga o’xshash sharbat ajrata boshlaydi. Bunday daraxtlar sayyoraning boshqa yerida uchramaydi, shu bois arxipelag alohida o’zga olamdek ko’rinadi.

3. Brays darasi, Yuta shtati, AQSH

Huddi daraxtlarni eslatadigan g’aroyib o’tkir uchli hosilalar – Brays darasi manzarasini o’ziga xos qilib turadigan holatdir. Ayniqsa, kun botishida oqdan qizil rangga o’tish vaqtida manzara mutlaqo o’zgacha tus oladi.

2. O’lik vodiy, Namib cho’li, Namibiya

Dead Vlei vodiysidagi o’lik daraxtlar – o’zlarining nomlariga turgan o’ziga xos yodgorlikdir. Qachonlardir qumli barhanlar vodiyni daryodan uzib qo’ygan va daraxtlar qurib o’lgan. Olimlarning fikricha, ular 600 yildan ko’proq vaqt davomida shu holatda qolib keladi.

1. Perito-Moreno muzligi, Patagoniya, Argentina

Perito-Moreno muzligining antiqa rangiga sabab – zich bostirilgan muzning ko’kdan tashqari spektrning barcha ranglarini singdirib olishidir. Ushbu ulug’vor muzlikni nafaqat ko’rish, balki eshitish ham mumkin – darz ketayotgan muz o’ziga xos va hech narsaga o’xshamaydigan kuy taratadi. 

Asosiy surat: wikimedia