Parhezshunoslarning maslahatlariga amal qilgan holda, sizga go'yoki bir-biri uchun yaratilgan mahsulotlar birikmalarini taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Parhezshunoslarning maslahatlariga amal qilgan holda, sizga go’yoki bir-biri uchun yaratilgan mahsulotlar birikmalarini taqdim etamiz.

1. Olma va qora shokolad

Bu birikmani an’anaviy deb bo’lmaydi, ammo uni ta’tib ko’rish foyda beradi, chunki olma tarkibida mavjud katexin fermenti hamda kversetin antioksidanti birgalikda mo’jiza yaratadi: immunitetni mustahkamlaydi, miya faoliyatini kuchaytiradi, yurak va tomirlar ishlashini yaxshilaydi hamda onokologik xastaliklar havfini kamaytiradi.

2. Suli yormasi va yangi siqilgan apelsin sharbati

Ovsyanka va apelsin sharbati – ajoyib fenol manbaidir. Ya’ni, ular hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilab, organizmdan shlaklar va zaharli moddalar chiqarilishiga yordam beradi.

3. Pomidor va jigar

Organizmda temir moddasining yetishmasligi holsizlik, surunkali charchoq, metabolizm sekinlashishi hamda yurak va tomirlar bilan bog’liq muammolarga sabab bo’ladi. Biroq, jigar tarkibida mavjud temir faqatgina S vitamini bilan birga yaxshi o’zlashtiriladi va shu yerda pomidor yordamga keladi – uning tarkibida askorbin kislotasi bor.

4. Kashnich va limon

Kashnich sitrus mevalari bilan yaxshi chiqishadi. Ko’katda mavjud temir moddasi S vitaminining qonga yaxshiroq so’rilishiga yordam beradi. Ushbu muhim vitamin mustahkam immunitet va yaxshi metabolizm uchun javob beradi.

5. Sabzavotlar va yogurt

Tarkibida rang beruvchilar, konservantlar va shakar bo’lmagan tabiiy yogurtni tanlang. Unda ko’p bo’lgan kalsiy oshqozon ishini yaxshilab, ichak mikroflorasini me’yoriga keltiradi. Unga sabzavotlar, masalan sabzi yoki karafs (selderey) qo’shing va vitaminlarga boy taom hosil bo’ladi. Sabzavotlardagi kletchatka esa kalsiyning yaxshiroq so’rilishiga yordam beradi.

6. Ko’k choy va limon

Ko’k choy va limon chanqoqni yaxshi bosadi hamda quvvat beradi. Ko’k choyda uzoq umr ko’rish va immunitet uchun javob beradigan kaxetinlar mavjud. Unga yana limon qo’shsangiz S vitamini bu ta’sirni bir necha barobarga oshiradi.

7. Pomidor va zaytun moyi

Har bir italiyalik bu juda mazali birikma ekanligini tasdiqlashi mumkin. Qayd etish kerakki, Italiya aholisi yurak-tomir kasalliklariga kamdan-kam duchor bo’ladi va buning sababi bor. Pomidor tarkibidagi likopin yurak va tomirlar ishini yaxshilab, ateroskleroz hamda salbiy o’simtalar hosil bo’lishining oldini oladi. Yog’lar bilan birga iste’mol qilinganida esa u organizmga yaxshiroq so’riladi.

8. Go’sht va rozmarin

Go’sht – muhim oqsil manbaidir, ammo uni to’g’ri tayyorlash kerak. Parhezshunoslar qat’iy maslahat qiladi: faqat pishirish va dimlash. Agar go’shtni pechda pishirish yoki qovurish kanserogen birikmalar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Biroq, go’shtni rozmarin bilan oldindan marinovka qilish yordamida to’g’ri tayyorlash orqali salbiy natijalarni yo’qotish mumkin. Rozmarin o’z holicha ham foydali, uning tarkibidagi antioksidantlar esa go’sht pechda pishayotgan vaqtda zararli moddalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.

kitchenmag.ru materiallari asosida