Tabiiyki, tariflar o'sishiga ta'sir qila olmaymiz, ammo kvitansiyalardagi qiymatni kamaytirishga qurbimiz yetadi

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Tabiiyki, tariflar o’sishiga ta’sir qila olmaymiz, ammo kvitansiyalardagi qiymatni kamaytirishga qurbimiz yetadi.

 

1.Cho’g’lanma lampalarni diodlilariga alishtiring

Bu ma’lum harajatlarni nazarda tutadi, ammo ular o’zini oqlaydi. Diodli lampalar oddiylariga nisbatan 8-10 barobarga kamroq energiya iste’mol qiladi.

 

2.Ketayotganda chiroqlarni o’chiring

Juda oddiy maslahat, ammo ko’pincha unga amal qilmaymiz. Ayniqsa bolalarga chiroqlarni o’chirishni o’rgatish kerak. Uyda yo’qligingizda barcha xonalardagi chiroq yoniq bo’lishi mumkin.

 

3.Harakat datchiklarini o’rnating

Bu moslamalar nafaqat ko’p qavatli uylarning yo’laklari, balki xususiy uylardagi ayvonlar va chordoqlar, yo’laklar, balkonlar, omborxonalar va kam kiriladigan hamda chiroqni o’chirish unutiladigan boshqa xonalar uchun dolzarbdir.

 

4.Maishiy texnikaning energiya samaradorligini tekshiring

 

  tehnika.expert

 

Zamonaviy maishiy texnika energiya samaradorligi toifalariga bo’linadi.

 

Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa (A++, A+, A), qurilma soatiga shuncha kam energiya iste’mol qiladi. Agar sovutgich va boshqa qurilmalaringiz S dan past belgiga ega bo’lsa, ularni alishtirish haqida o’ylab ko’ring. To’g’ri, bunga ham pul sarflanadi, ammo uzoq muddatli istiqbolda foyda ko’proq bo’ladi.

 

5.Sovutgichni tekshiring

Eshiklardagi rezinalar va muzlatgichdagi muzni tekshiring. Agar sintetik o’tkazmalar yaxshi yopishmagan bo’lsa sovutish samarasiz kechadi. Mahsulotlarning sarhilligi aziyat chekadi va elektr energiyasi deyarli bekorga sarflanadi.

Muzlatuvchi va ayniqcha, sovutuvchi bo’limdagi muz qoplamasi uning samaradorligini kamaytiradi. Iloji boricha tez-tez sovutgichni tozalashga harakat qiling, zero bu faqat gigiyena uchun zarur emas.

 

6.Mahsulotlarni muzlatgichdan oldinroq oling

Birinchidan, tabiiy eritish foydaliroq. Ikkinchidan, bir necha soatda hammasi erishi mumkin bo’lganda mikroto’lqinli pech yoki gaz pechini yoqishning nima keragi bor?

 

7.Elektr plitasini avvalroq yoqing

Odatda, elektr plitalarining yuzasi uzoq vaqt davomida issiqni tutib turadigan keramik materiallardan ishlanadi. Shu bois, retsept oxirida “past olovda yana 5-10 daqiqa pishiring” deb yozilgan bo’lsa, plitani oldinroq yoqib qo’yavering. Pishiriladigan yuza sovigunicha taom tayyor bo’ladi.

 

8.Tez qiziydigan materiallardan ishlangan idishlardan foydalaning

Keramik, shisha va mis idishlar cho’yan va po’latga nisbatan tezroq qiziydi. Bu – fizika qonuni. Tova qancha tez qizisa, shuncha kam energiya sarflanadi. Bu – tajamkorlik qonuni.

Shuningdek, bir-ikki kishilik chuchvarani pishirish uchun uch litrli kastryuldan foydalanish shart emas. Katta idishlar uzoq isiydi, demakki, pullaringiz sarflanadi.

 

9.Choynakka aynan hozir kerak bo’lgan suv miqdorini quying

Elektr choynak ko’p energiya iste’mol qiladi. To’la ikki litrli choynak qaynashi uchun qariyb besh daqiqa kerak. Biroq, bu qaynagan suvning hammasini doim ham ishlatasizmi?

Bir bokal suvning qaynashi bir daqiqadan ortiq vaqt olmaydi, demak bir necha vattni tejab qolasiz. Ya’ni, oylik ko’rsatkichlarga o’girganda ancha sezilarli bo’ladi (15–20 kVt/s). Choynakni sardakdan tozalang, shunda u elektr energiyasini tejab tezroq qaynaydi.

 

10.Changyutgichni tozalang

Changyutgich ham elektr energiyasiga o’ch bo’ladi. Agar u chang va ifloslarga to’lgan bo’lsa, foydasi ham nolga teng bo’ladi. Bir joyni o’n marttadan tozalashga to’g’ri keladi. Bu esa ortiqcha vaqtdan tashqari, ortiqcha kilovattlar ham degani.

 

11.Kichikroq quvvatlarda kir yuving

Ko’pincha kir yuvish rejimini buyumlarning yorlig’iga qaramasdan tanlaymiz.

Suvning 60 °C gacha isishi 30 °C ga nisbatan to’rt marttaga ko’p energiya sarflanishini talab qiladi.

Ayrim kirlarni yuvish uchun har doim ham issiq suv (60 °S va balandroq) kerak emas. Keyingi safar kir yuvishda shuni yodda tuting.

Tejashning yana bir usuli – kamroq aylanishlarda siqish (1 200 o’rniga 600 yoki 800). To’g’ri, nisbatan namroq kirlarni olasiz, ammo elektr energyasini tejaysiz.

 

12.Maxsus ustani chaqiring

Agar krandan suv tomchilayotgan yoki unitazning qutidonidan suv oqayotgan bo’lsa, quvurga suv emas, pullaringiz oqib ketayotgan bo’ladi. Barcha santexnik kamchiliklarni mustaqil yoki usta yordamida bartaraf eting.

 

13.Suvni bekorga oqizmang

Tishlarni tozalaganda, soqol olganda yoki idishlarga yuvish vositasini surayotganda kranni o’chirib qo’ying. Besamar oqayotgan suv – shunchaki isrofgarchilik.

 

14.Aeratorlar o’rnating

Bu – aralashtirgichlarga o’rnatilib, suvni sachratib beradigan va uning sarflanishini 2-3 barobarga kamaytiradigan moslama. Moslama ishlab chiqaruvchilarining ta’kidlashicha, oddiy suv oqimida krandan 10-15 litr oqsa, moslama bilan atigi 5-6 litr oqadi. Aerator u qadar qimmatligini hisobga olsak, sezilarli tejamkorlik bo’ladi.

 

15.Idish yuvish mashinasi sotib olishni o’ylab ko’ring

Bir tomondan, bunday mashina ko’p elektr energiyasini ist’emol qiladi. Boshqa tomondan, u suvni sezilarli tejashga yordam beradi.

Idish yuvish mashinasi bilan qo’lda kran ostida idishlarni yuvgandagiga nisbatan 2-3 barobarga kamroq suv sarflanadi.

Qator shartlarga amal qilinsa, foyda yanada yaqqol ko’rinadi:

  • Energiya samaradorligi toifasi maksimal darajada yuqori bo’gan idish yuvish mashinasini sotib oling.
  • Kun davomida idishlarni to’plang va mashinani sutkada bir martta ishlating.
  • Agar hisoblagichingiz ikki tarifli mashinadan soat 23 dan so’ng foydalaning.

 

16.Kommunal hisob yuriting

Tadqiqotlarga ko’ra, 71% fuqarolar turar-joy kommunal xizmatning asosiy muammosi sifatida xizmatlar sifatini emas, balki yuqori qiymatini qayd etgan. Ishtirokchilarning qariyb yarmi kommunal xizmatlar uchun to’laydigan aniq qiymatni ayta olmagan.

Mamlakatimizda kommunal to’lovlar hisobini yuritish va ularning to’g’ri hisoblanganidan shubhalanish odat tusiga kirmagan. Afsus.

Doim kvitansiyadagi raqamlarni hisoblash moslamalarining ko’rsatkichlari va amaldagi tariflar bilan taqqoslang.

Boshqaruvchilar va energiya ta’minoti kompaniyalaridan, jumladan, xonadonda yashamagan vaqtingiz uchun ham qayta hisoblashni talab qilishga tortinmang va kommunal xizmatlar uchun komissiyalarsiz to’lang.

Bu maslahatlarga kompleks ravishda amal qiling va tejamkorlik ancha sezilarli tus oladi. Agar Sizda ham zarur maslahatlar bo’lsa, izohlarda o’rtoqlashing.