Tishlar sog'lom bo'lishi uchun ularni kuniga ikki marotaba tozalash, chayish, yiliga ikki marotaba stomatolog huzuriga borish kerak. Shuningdek, quyidagi odatlarni yo'qotish zarur.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Sport bilan himoyasiz shug’ullanish

Axir xokkeyni shlemsiz o’ynamaysizku? Yoki kapasiz boks tushasizmi? Har qanday aloqali sport bilan shug’ullanganda tishlar uchun mo’ljallangan maxsus himoyasiz boshlamang. Hech qachon maxsus kiyimdan bosh tortmang. Aks holda tishingiz har yili sport maydonlarida sinadigan besh million tishlardan biriga aylanadi. Amerika stomatologiya uyushmasining ma’lumotlariga ko’ra, shlem va kapa kabi himoya vositalari yiliga 200 000ta tishni saqlab qoladi.

Himoya qancha turishini va yangi tishlarga ketadigan mablag’ni taqqoslang hamda to’g’ri tanlov qiling.

MMA, boks, kurash, xokkey, futbol, basketbol, amerikacha futbol, suv polosi, skeytbording, regbi kabi sport turlari bilan shug’ullansangiz, albatta himoyadan foydalaning. Aslida bu ro’yxat yanada uzun bo’lishi mumkin. Maxsus himoya vositalari nafaqat tishlarni, balki til, milklar va yanoqlarni sport bilan shug’ullanish vaqtida tishlab olishdan saqlab qoladi.

2. Til pirsingiga qiziqish

Stomatologlar til pirsingi va boshqa barcha metall shtangalarni yoqtirmaydilar, chunki:

  • Pirsing tishga shikast yetkazishi va hattoki uni parchalashi mumkin.
  • Pirsing milkka bosim o’tkazishi tufayli u yupqalashib ketadi (hattoki tishni yo’qotish darajasida) va sezuvchan bo’lib qoladi.
  • Og’izda millionlab bakteriyalar mavjud. Bezaklar tufayli ular tezroq ko’payadi va nosog’lom muhitni yaratadi.
  • Pirsingni tishlab olish mumkin, shuningdek undagi toshlar parchalanib ketishi mumkin.
  • Teshilgan joy yallig’lanishi mumkin, agar shish boshlansa, nafas olishda qiyinchilik paydo bo’ladi.
  • Bezaklardagi ayrim materiallar allergiyaga sabab bo’ladi.
  • Pirsing tufayli tildagi asab tolalariga shikast yetishi mumkin. Odatda bu vaqtincha holat.
  • Pirsing tishlarning rentgen suratlariga ta’sir qilishi mumkin.

3. Jeleli konfetlar yeyish

Hammamiz karies rivojlanishiga sababchi bo’lgan shakar haqida bilamiz. Lekin ayrim shirinliklar boshqalariga nisbatan xavfliroqdir. Masalan, tishlarga yopishib qoladiganlari zararli. Agar jelening parchalari tishlar orasida kirib qolsa, ularni olish juda qiyin va so’lak ularni zararsizlantira olmaydi. Jeledan tashqari, karamellar, quritilgan shakarli mevalar, marmelad ham xavfli. Biroq ularning bari shakar o’rnini bosuvchi variantlar sanaladi. Oxir oqibat, shirinlik yegandan so’ng shunchaki tishlarni tozalasa ham bo’ladi.

4. Yo’talni shimiladigan dorilar bilan davolash

Ular yo’talni yengillashtirib, tomoqdagi og’riqni kamaytiradi, ammo kariyesingiz bo’lsa, shimiladigan dorilar uni chuqurlashtiradi, chunki ularning aksariyatida shakar miqdori ko’p bo’ladi. Dorilarni doim shimish orqali og’zimizda tishlar va milklarni yemiradigan bakteriyalar uchun ajoyib oziqlanish muhitini yaratamiz. Dorini olganda tarkibini o’rganing va shakarsiz turlarini izlang.

5. Tishlarni g’ijirlatish

Umuman olganda ko’pchilik tunda tishlarini g’ijirlatadi. Bu holat bruksizm deb nomlanadi va unga irsiyat yoki xavotirlilik va stress sabab bo’lishi mumkin. Odatda tishlarni uyquda g’ijirlatamiz, ammo ba’zida uyg’oq holatda ham shunday qilishimiz mumkin.

Aslida bu holat xavfsiz, ammo u tishlarga zarar yetkazishi mumkin: emalni yupqalashtirishi, tishning sinishi yoki tushishiga olib kelishi.

Ko’pchilik uyqusida tishlarini g’ijirlatishini hattoki bilmaydi. Biroq tongda tushunarsiz sababga ko’ra tomoq, quloq, bosh og’risa, jag’da zo’riqish his etilsa, tishlar nimagadir parchalanib, tusha boshlasa, ehtimol bunga aynan bruksizm sabab bo’lishi mumkin.

Agar buning sababi stressda bo’lsa, masalani psixolog huzurida hal qilish zarur. Tish shifokori esa faqatgina tishlar uchun himoyani va karavotda yotish holatini o’zgartirishni tavsiya qiladi.

6. Gazli ichimliklar ichish

Shakar va kislotalar – emal uchun dahshatli birikma. Limonadda shakar o’rnini bosuvchi modda bo’lgan taqdirda ham, unda baribir emalni yemiradigan va tishlar sezuvchanligini oshiradigan kislota qoladi.

Tishlar tozalanganidan keyin kamida 30 daqiqa davomida gazli ichimlik ichmaslik zarur. Agar ko’p ichsangiz, naychadan foydalaning.

7. Butilkalar va qadoqlarni ochish

Tishlar ovqat va tabassumlar uchun yaratilgan! Ularni boshqa maqsadlarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Tishlar – pichoq, ochqich va qaychi emas. Shu bois qadoqlar, butilkalarni ochish, iplarni uzish va buyumlarni ushlashda maxsus asboblardan foydalaning, aks holda tishlarni sindirish mumkin.

8. Mevali sharbatlar ichish

Tabiiyki, ular gazli ichimliklarga nisbatan sog’lomroq, ammo baribir shakarga boy. Ulardagi shakar miqdori taxminan limonaddagidek. Shu bois og’zingizda shakar qolmasligi uchun mevali sharbatlarni suv bilan iching.

9. Kartoshka chisplarini yeyish

Ingichka chipslar mayda bo’lakchalarga parchalanadi va tishlar orasiga kirib qoladi, so’ngra so’lak ta’siri ostida ularga yopishib qoladi. Bunda natija huddi marmeladli konfetlardagidek. Taomning bunday yopishib qolgan bo’laklari bakteriyali karash rivojlanishi uchun ajoyib zamindir. Shuning uchun yegulikdan so’ng og’izingizni hech bo’lmaganda chayib yuboring.

10. Muntazam ovqatlanish

Ma’lum bo’lganidek, muntazam ravishda nimanili chaynasak, ovqat tishlar orasida qolib ketmasligi uchun og’izni ham doim chayishga yoki tishlarni tozalashga to’g’ri keladi. Biroq tish cho’tkasidan tez-tez foydalanish ham shubhali mashg’ulot bo’lib, foyda keltirish o’rniga tishlarning sezuvchanligini oshirishi mumkin. Yaxshisi taom qabul qilish vaqtlarini aniq belgilang va tishlarni tozalashga yordam beradigan qattiq mevalar va sabzavotlarni yeyishga harakat qiling. Masalan, olma yoki sabzi.

11. Qalamlar va ruchkalarni chaynash

Ko’piincha hayajonlanganda yoki diqqatni jamlashga uringanida odamlar qalam yoki ruchkaning uchini chaynaydilar. Shu tariqa tishlar yoki milklarni shikastlash mumkin. Hayajonni zararsiz usullar bilan yengishga urinib ko’ring. Masalan, shakarsiz saqich to’g’ri keladi.

12. Ko’p qahva ichish

Afsuski, tongdagi sevimli bir fnjon qahva tishlarga zarar yetkazishi mumkin. Kofein tufayli og’iz qurishi hissi paydo bo’ladi, so’lak yetishmasligi esa kariyes rivojlanishiga olib keladi. Shakarli qahva ichilsa, bu jarayon yanada tezlashadi.

13. Chekish

Chekish uchun yana sabab izlayapsizmi? Marhamat. Tamaki ham og’iz shilliq qavatini quritadi va tishlardagi karash miqdorini oshiradi. Shuningdek, chekuvchilarda ko’pincha parodontit kuzatiladi. Bundan tashqari, chekish tomoq yoki lab saratoni, xullas og’iz bo’shlig’ida yangi hosilalar yuzaga kelishi xavfini oshiradi.

14. Qizil vino ichish

Oppoq dasturxondan qizil vino dog’ini ketkazish naqadar qiyinligini eslab ko’ring. Endi esa bu ichimlikning tishlaringizga ta’sirini tasavvur qiling.

Qizil vinodagi uchta tarkibiy qism tishlarga bo’yoq beradi:

  • Qizil vinoga chuqur rang beradigan xromogen.
  • Bo’yoqlar tishga osongina kirishi uchun emalni bir oz shikastlaydigan kislota.
  • Bo’yoq moddasini emalda qoldiradigan moddalar – taninlar.

Tishlar bo’yalmasligi uchun vino ketidan oqsilli yegulik (masalan, pishloq) yeng, bir bokal vinodan keyin toza suv iching yoki bo’yoqni o’chiradigan so’lak ko’proq ajralishi uchun saqich chaynang.

Hayriyatki, qizil vino izlari uzoq vaqt saqlanmaydi.

15. Oq vino ichish

Oq vino tarkibida kuchli bo’yoqlar bo’lmaydi, ammo ular siz yeydigan taomda bo’lishi mumkin. Huddi qizil vinodagidek oq vinoda ham mavjud taninlar va kislotalar esa bu bo’yoqlar tishlarda qoladi. Shunchaki nimani iste’mol qilayotganingizga e’tibor bering va kislotali mahsulotlardan (ya’ni vino) keyin emalni shikastlamaslik uchun 30 daqiqa davomida tishlarni tozalash mumkin emasligini unutmang.

16. Ortiqcha yeyish

Kompulsiv ortiqcha yeyish deganda insonning ko’p shirinlik, shakar, fastfud va kariyes rivojlanishiga sabab bo’ladigan boshqa narsalarni iste’mol qilishi tushuniladi.

Ortiqcha yeyish hazm qilish faoliyatining boshqa kasalligi – bulimiyani boshlab beradi. Bunda odam me’yorsiz ovqat yeydi va qayt qilishga sabab bo’ladi. Oshqozon kislotadan iborat bo’lgani uchun, tez-tez qayt qilish tishlar va ularning atrofidagi to’qimalar yemirilishiga olib keladi. Ovqatlanishga doir kasalliklarni mutaxassislar, ya’ni stomatologlar emas, balk psixiatrlar yoki psixoterapevtlar davolaydi.