Yer sharining barcha burchaklaridagi ko'p millionlik auditoriya biladigan va sevadigan eng boy tarixga ega o'yin – futbol amaliyotidan g'aroyib ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Amkar futbol klubi

Permdagi «Amkar» futbol klubi o’z nomini ikki kimyoviy modda – ammiak va karbamidning qisqartmasidan olgan, chunki bular klubga asos solgan “Mineral o’g’itlar” OAJning asosiy mahsuloti bo’lgan.

2. Qizil kartochkalar

70-yillarning oxirida meksikalik jamoalarning matchida hakam Gonsales 26 ta qizil kartochka ko’rsatgan. Qo’pol o’yin uchun bir nechta o’yinchi chetlashtirilganidan keyin ikkala jamoa kim haqlini aniqlashtira boshlagan. Nizo umumiy janjalga aylanib ketganidan so’ng, barcha futbolchilarni chetlashtirishga qaror qilingan. Maydonga yugurib chiqqan murabbiylar ham shu jazoga yo’liqqanlar – ular maydondan chiqarib yuborilgan.

3. Ispaniya vs. Malta

Futbolda ko’pincha yirik janjallar ham bo’lib turadi. Ana shunday janjallardan biri Yevropa chempionatida 1983 yilning 21 dekabrida saralash bosqichining autsayderi bo’lgan Malta termasi va Ispaniya jamoasi o’rtasida yuz bergan. Gollandiyaliklar guruhidagi yetakchilarni aniqlash uchun ispanlarga 11 to’pga farq qiladigan g’alaba kerak bo’lgan. O’yin 12:1 hisobi bilan yakunlanganida tomoshabinlar va UEFA hayratdan yoqa ushlaganlar. Hamma pora berilganidan shubha qilgan, ammo videoqaydlar o’rganilganida hech narsa aniqlanmagan. Faqat keyinchalik o’sha yili Malta terma jamoasi samolyotda Rojedstvoga nufuzli dam olish maskanlaridan biriga borgani haqida mish-mishlar yurgan.


4. Uembli


Angliyaning Uembli shahridagi futbol stadioni faqat o’yinlar uchun qurilgan bo’lib, unda mashq qilish ta’qiqlangan.

5. Braziliya


Braziliya – futbol bo’yicha barcha jahon chempionatlarida ishtirok etgan yagona davlat.

6. Asr goli

Asr goli — XXI asrning birinchi jahon chempionatini o’tkazish chog’ida FIFA saytida tashkil etilgan so’rov natijasiga ko’ra futbol bo’yicha butun jahon chempionatlari tarixida davomida e’tirof etilgan eng yaxshi gol. U 1986 yilda o’tkazilgan jahon chempionatida Angliyaga qarshi chorak finalining 54-daqiqasida argentinalik Diyego Maradona tomonidan urilgan. Ushbu match 1986 yil 22 iyun kuni Mexikodagi «Atsteka» stadionida bo’lib o’tganyu “Asr goli” ingliz jamoasining jarima maydoniga Maradonaning ajoyib hujumini yakunlab bergan. Bu hujumda u oltita o’yinchi, jumladan darvozabonni aldab o’tishga muvaffaq bo’lgan. Maradona bu holatdan atigi uch daqiqa avval “Tangri qo’li” deya nom olgan o’ta munozarali golni urgan.

7. Luts Pfannenshtil


Nemis darvozaboni Luts Pfannenshtil FIFAning barcha olti mintaqaviy konfederatsiyasida o’ynagan yagona futbolchi bo’lib, 2001 yilda kelishuvli matchlar uchun Singapur qamog’ida o’tirgan.

8. O’g’irlik

1966 yilda Angliyada futbol bo’yicha jahon chempionati o’tkazilishidan sal avval asosiy sovrin ommaviy namoyishdan o’g’irlab ketilgan. Qidiruv ishlariga politsiya va Skotland-Yard biriktirilgan, ammo kubok yetti kundan keyin egasi bilan aylanib yurgan Pikls ismli kuchukcha tufayli London bog’laridan biridagi maysalar orasidan topilgan. Chempionatda Angliya terma jamoasining g’alabasidan so’ng kuchukcha banketga taklif qilingan va futbolchilarning likobchalarini yalab chiqish huquqiga ega bo’lgan.

9.  Alishtirish


https://www.crystalsport.ge/contentimage/ARBITRO-HACIENDO-CAMBIO.jpg

1960-yillarning o’rtalarigacha futbolda alishtirishlar ta’qiq ostida bo’lgan va darvozabon jarohat olgan taqdirda uning o’rnini maydondagi o’yinchi egallagan.

10.  Diyego Maradona


Argentina futbolining afsonasi va yulduzi Diyego Maradona «Napoli» uchun o’ynagan davrlaridanoq katta qiymatdagi soliqlarni to’lamagan, hozirda bu summa deyarli 40 million dollarni tashkil etadi. Shuning uchun Maradona Italiyaga kelganida doim qaysidir buyumidan ayrilib qolish havfi ostida bo’ladi. 2006 yilda Italiya politsiyasi futbolchining Rolex soatini, 2009 yilda esa – qulog’idagi ziragini musodara qilgan. Zirak keyinchalik auksionda sotilgan.

11.  «Quturgan» muxlislar

Bu voqea 60-yillarning boshida Portu-Alegridagi (Braziliya) futbol matchidan keyin yuz bergan. Qattiq hayajonlangan tomoshabinlar stadion maydoniga chiqib hakam tomon yurishgan. Qo’rqib ketgan hakam bor kuchi bilan kiyinish xonasi tomon yugurgan. Bu to’siq oldida to’xtamagan muxlislar eshikni sindirishgan. Hakam burchakka biqinib olib, deyarli hushdan ketar darajada dahshatli o’limini kutishga hozirlangan. Biroq, ma’lum bo’lishicha, tomoshabinlar shunchaki unga ajoyib hakamligi uchun minnatdorlik bildirish niyatida bo’lishgan.

12.  Oqsoqol

Angliya Premer-ligasidagi eng yoshi katta futbolchi Jon Barrij bo’lgan. 1955 yilda u 43 yoshu 5 oyligida Marchester Siti tarkibida o’ynagan. Futbolchi uzoq vaqtli karerasi davomida 26 ta turli klubda o’ynagan.

13.  Darvozabon-tomoshabin


50-yillarning oxirida «Yurgorden» (Stokgolm) o’smirlar jamoasining darvozaboni o’ziga xos rekordni o’rnatgan. Uning jamoasi 18:0 hisobida g’alaba qozongan matchlarning birida u koptokka biron martta ham tegmagan. Koptok ortigan yugurib yurgan himoyachi ikkita zarbani darvozadan qaytargan.

14.  Arxeolog


Italiyaning Astitsentr shaharchasidagi o’rtoqlik uchrashuvi vaqtida mahalliy jamoaning forvardi Maskio to’pni tepolmay yerga zarba bergan. Zarba shu qadar kuchli bo’lganidan u oyog’ini jiddiy shikastlagan. Tuproq tekshirilganida qimmatli tarixiy topilmaga aylangan skelet topilgan. Maskio pul mukofoti va “arxeologik tadqiqotlarga bo’lgan qiziqishi uchun” nishoniga ega bo’lgan.

15.  Okulist

Italiyalik darvozabon Grosso o’yin chog’ida hakamga ko’zoynak taqishni maslahat qilgani uchun o’yindan chetlatilgan. Mazkur vaziyat tekshirilganida Grosso optik do’kon egasi ekanligi, hakamning esa haqiqatdan yaxshi ko’ra olmasligi aniqlangan. Shu bois, intizom komissiyasi darvozabonning hakamga aytgan so’zlarini haqorat emas, balki foydali va o’ta oqilona maslahat sifatida baholagan. Natijada, darvozabon kechirilgan, hakam esa uning do’konidan ko’zoynak harid qilgan.

16.  Korrida

Ispaniyaning Fuente shahrida mahalliy jamoa «Gonsha» klubi o’yinchilarini qabul qilgan. Bir necha daqiqa o’tgach mehmonlar 2:0 hisobi bilan yetakchilik qilayotgan bo’lgan. Birdan maydonda, huddi korrida manejida bo’lganidek, quturgan buqa, so’ngra ikkinchisi va uchinchisi paydo bo’ladi. Matador ko’nikmalariga ega bo’lmagan o’yinchilar va hakamlar qocha boshlaganlar. Tomoshabinlar ham shu yo’lni tutishgan. Kiyinish xonasida zo’rg’a bekinishga ulgurgan hakam ehtiyotkorlik bilan derazadan qaragan: buqalar hamon maydonda yugurib yurishar edi. O’yinni bekor qilishga to’g’ri kelgan. Tez orada aniqlanishicha, korrida uchun tayyorlangan buqalarni sevimli jamoasi mag’lubiyatga uchramasligi uchun mahalliy klubning chin muxlisi chiqarib yuborgan.

17.  Lev Yashin

Ma’lumki, Lev Yashin nafaqat futbol, balki xokkeyda ham darvozabon bo’lgan. 1953 yilda u xokkey bo’yicha SSSR Kubogi va SSSR chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. Yashinni jahon chempionati uchun xokkey termasiga chaqirishga qaror qilishganida, u futbolga e’tibor qaratishni xohlagan.

18.  Bekxem va soch turmagi


Devid Bekxem angliyalik jahon futboli yulduzi bo’lib, 2002 yilda mashhur «irokez» soch turmagi tufayli moda ustunlaridan biriga aylangan. Bu turmak sport olamidagi eng unutilmasi sifatida e’tirof etilgan. Buyuk Britaniyadagi yetakchi imidj-agentliklardan biri o’tkazgan so’rovlarga ko’ra, Bekxem sport maydonida nafaqat professionalligi, balki o’ziga xos soch turmagi bilan ajralib turadigan 20 ta mashhur shaxs ro’yhatida birinchi o’rinni egallagan. Bir yil o’tgach Bekxem yana mashhur nashrlarning sahifalaridan o’rin olgan – bu safar qattiq o’rilgan sochlari bilan. Bu turmak ham 12-o’rinni egallagan. Bekxemdan tashqari, 20 ta noodatiy turmak qatoridan quyidagi sportchilar kiritilgan – angliyalik darvozabon «ot yolilik» Devid Simen, «kal» amerikalik tennischi Andre Agassi, qizil sochli shvetsiyalik futbolchi Freddi Yungberg, 1998 yilgi jahon chempionati uchun sochlarini sariq rangga bo’yagan Ruminiya futbol terma jamoasi to’liq tarkibda, kichik turmakli braziliyalik Ronaldo, boshida “moychechakli” Karlos Valderrama, shuningdek, britaniyalik stilistlar tomonidan «A-lya mikrofon» deb nomlangan turmakli amerikalik tennischi Jon Makinroy.